Moliyaviy vositachilarning asosiylari sifatida banklar, investitsiya va sug‘urta
Download 21.74 Kb.
|
1 Moliyaviy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3Inflyatsiya indeksi
1 Moliyaviy vositachilarning asosiylari sifatida banklar, investitsiya va sug‘urta kompaniyalarini ko‘rsatish mumkin. Ularning moliyaviy mahsulot-lariga, boshqalar qatorida, chek hisobvaraqlari, kreditlar, ipotekalar, o‘zaro fondlarning qimmatli qog‘ozlari va keng ko‘lamli sug‘urta shartno-malari kiradi. Moliyaviy vositachiga eng oddiy misol sifatida o‘zaro fondni olishimiz mumkin. U ko‘pchilik mayda investorlarning moliyaviy resurslarini birlashtiradi va yig‘ilgan mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga qo‘yadi (joylashtiradi). Bunday fondlar o‘z operatsiyalari masshtabining kengligi tufayli qimmatli qog‘ozlar hisobi va savdosida sezilarli darajada tejamkorlikka erishadi va tabiiyki, mijozlarga mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilishning bevosita fond bozoridagi qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisidan ko‘ra samaraliroq usullarini taklif qiladi. Hozirgi kunda banklar eng yirik (aktivlari nuqtai nazaridan) va qadimiy moliyaviy vositachilar hisoblanadi. Birinchi banklar bundan yuzlab yillar avval Uyg‘onish davrida Italiya shaharlarida paydo bo‘lgan. Ularning asosiy funksiyasi hisob va kliring operatsiyalarini amalga oshirish uchun to‘lov mexanizmlarini taklif qilish bo‘lib, bu o‘sha paytda keskin o‘sish davrini boshdan kechirayotgan savdo-sotiqning tovar va xizmatlar bilan rivojlanishiga yordam bergan. Birinchi banklarni ayirboshlovchi (almash-tiruvchi)lar ochgan. Aytish joizki, “bank” so‘zi "banca" (italyanchadan tarjima qilganda – suyanchiqli uzun kursi) so‘zidan kelib chiqqan. Sababi, ayirboshlovchi (almashtiruvchi)lar pullarni suyanchiqli uzun kursida o‘tirib almashtirganlar. 2 Xalqaro moliya korporatsiyasi, XMK (IFC, International Finance Corporation) — BMTning ixtisoslashtirilgan muassasasi; Jahon banki guruhiga kiradi. 1956 yilda Xalkaro tiklanish va tarakkiyot banki (XTTB) ning filiali tarzida tashkil etilgan, keyinchalik mustaqil yuridik shaxs. Aʼzo davlatlar soni 174 ta (1998). Shtabkvartirasi Vashingtonda. XMK ning oliy organi — Boshqaruvchilar kengashi va direktorat (24 ijrochi direktorlar)ga XTTBning boshqaruvchilari va ijrochi direktorlari kiradi va ular XMKda ham tegishli lavozimlarni egallaydilar. XTTB prezidenti XMKning ham prezidenti xisoblanadi. XMKning ijrochi vitseprezidenti umumiy boshqaruv va korporatsiyaning joriy operatsiyalariga javob beradi. Bundan tashqari XMKda 7 ta vitseprezident boʻlib, ular 5 mintaqaviy [Afrika (Saxara jan.rogʻidan), Osiyo; Urta Osiyo, Yaqin Sharq va Shim. Afrika; Yevropa; Lotin Amerikasi va Karib havzasi] va 4 tarmoq (agrobiznes; kimyo, neft kimyosi va oʻgʻitlar; infratuzilma; neft, gaz va togʻkon sanoati) departamentlari ishini nazorat qiladi. XMK huzurida bank ishlari maslahat komissiyasi faoliyat koʻrsatadi. Korporatsiyaning rasmiy maqsadlari: xususiy sektorga molshshiy yordam koʻrsatish bilan rivojlanayotgan mamlakatlarning iqgisodiy oʻsishiga koʻmaklashish, shuningdek, i.ch. sohasida tadbirkorlikni ragʻbatlantirish orqali aʼzo mamlakatlarning iqtisodiy oʻsishiga yordam koʻrsatish. XMK faqat yuqori rentabelli loyihalarga kreditlar ajratadi. Qarzlar 15 yilga qadar muddat bilan ssuda kapitali bozoridagi oʻrtacha yillik foiz stavkalaridan yuqoriroq foiz stavkalarida beriladi. 1961 yildan korporatsiya kreditlar ajratish bilan birga qurilayotgan korxonalar aksiyadorlik kapitaliga investitsiyalar kiritish va keyinchalik bu aksiyalarni xususiy investorlarga sotishni ham amalga oshiradi. Korporatsiya ishtiroki hissasi, odatda, aksiyadorlik kapitalining 1/5 qismidan ortiq boʻlmaydi. 1986 yilda XMKda xorijiy investitsiyalar boʻyicha Maslahat xizmati tashkil etilgan. Bu xizmat hukumatlarga uzoq muddatli rivojlanish ehtiyojlari uchun kapital jalb etish, maqbul investitsiya muhitini yaratish uchun qonunchilik, strategiyalar, qoida va tartiblar masalalarida maslahatlar beradi. XMK moliyalashtirishda hukumatlar kafolatlarini qabul qilmaydi va xususiy moliya tuzilmasi tarzida oʻzining moliyaviy va boshqa xizmatlarini bozor narxlarida taqdim etadi. 3Inflyatsiya indeksiPulning qadrsizlanishining asosiy va ko'rinadigan ko'rsatkichlaridan biri bu inflyatsiya indeksidir. Uni hisoblash formulasi ma'lum vaqt ichida tovarlar va xizmatlar qiymatining umumiy o'sishini aniqlashga yordam beradi. Hisobot davri boshidagi narxlarning bazaviy darajasi (biriga tenglashtirilib) va ko'rib chiqilgan interval uchun inflyatsiya darajasini qo'shib aniqlanadi. Inflyatsiya formulasi bu holda quyidagicha: II t \u003d 1 + TI t, bu erda TI t - yillik inflyatsiya darajasi. Ushbu ko'rsatkich ma'lum bir vaqt oralig'ida narx darajasining umumiy o'sishini tavsiflaydi va foizda ifodalanadi. O'z navbatida, bu ko'rsatkich inflyatsiya darajasi formulasi yordamida hisoblanadi: TI t \u003d (1 + TI m) 12 -1, bu erda TI m - o'rtacha oylik inflyatsiya darajasi, yil davomida bir xil bo'lishi sharti bilan. Kompaniyaning yillik byudjetini rejalashtirishda quyidagi ko'rsatkichlarni hisobga olish kerak: 1) vaqt o'tishi bilan o'zgarib turadigan inflyatsiya. Bu erda inflyatsiya dinamikasi ko'pincha valyuta kurslarining o'zgarishi bilan mos kelmasligini hisobga olish kerak; 2) byudjetga bir nechta pul birliklarini kiritish imkoniyati; 3) inflyatsiyaning bir xilligi. Boshqacha qilib aytganda har xil turlari tovarlar, xizmatlar, resurslar, narxlar har xil o'zgaradi va ularning o'sish sur'atlari turlicha bo'lishi mumkin; 4) tovar va xizmatlarning ayrim guruhlari qiymatini davlat tomonidan tartibga solish. Download 21.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling