Iqtisod moliya
A. Smit tadbirkorni tijorat bilan shug’ullanib, foyda olish uchun iqtisodiy tavakkalchilik qiluvchi mulk egasi deb ta’riflaydi. J. B. Sey
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- V. Zombert
A. Smit tadbirkorni tijorat bilan shug’ullanib, foyda olish uchun iqtisodiy tavakkalchilik
qiluvchi mulk egasi deb ta’riflaydi. J. B. Sey tadbirkorlikni kengroq ma’noda talqin etadi. Tadbirkor o’z foydasi uchun faol iqtisodiy agent sifatida ishlab chiqarish omillarini o’z tajribasi va bilimi asosida tavakkalchilik xataridan qo’rqmay ishga soluvchi kishi sifatida ta’riflaydi. Sey fikricha, tadbirkorning daromadi uning tadbirkorlik faoliyati evaziga olingan. Tadbirkorlik haqidagi nazariyaga nemis olimi V. Zombert va Avstriya iqtisodchisi Y. Shumpeter katta hissa qo’shganlar. Zombert fikricha tadbirkor bu «zabt etuvchi», g’alaba uchun kurashuvchi (xatarga tayyor, ruhan erkin, g’oyalarga boy, irodali, tirishqoq) tashkilotchi, ya’ni u birgalikda ishlash uchun kishilarni birlashtira oladi. U haqiqiy savdogar, tovarlarini sotish uchun odamlarni jalb qila oladi, ularni ishontira oladi. Zombert tadbirkorning maqsadi foydaning o’sishiga erishish bo’lib, buning uchun u o’z ishini o’sishi, ravnaq topishiga intiladi, harakat qiladi. I. Shumpeter esa tadbirkorni novatorligiga alohida e’tibor beradi. Uning fikricha tadbirkor deb, ishlab chiqarish omillarini yangi nisbatlarini (kombinatsiyasini) izlovchi, vujudga keltiruvchi, shu bilan iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi kishi tushuniladi. Shumpeterning fikricha tadbirkor ishlab chiqarishda individual xususiy mulk egasi bo’lishi shart emas. U bank boshqaruvchisi bo’lishi yoki aktsioner jamiyatining boshqaruvchisi bo’lishi ham mumkin. Tom ma’nosi bilan mulk egasi va tadbirkorni yagona kishi sifatida qarash kredit vujudga kelishi bilan buzila boshladi. Tadbirkorlikni mulkdan ajralishi aktsionerlik jamiyatlarida nisbatan osongina ko’zga ko’rinadi. Korporativ mulk aktsionerlik jamiyatida har bir aktsiya egasi o’zi alohida mulkni tasarruf qilish huquqini yo’qotadi. Bu yuridik fakt. Ishlab chiqarishda hokimiyat mulk egasidan ishlab chiqarishni tashkil etuvchiga o’tadi. Mulk egasining roli passivlashib boradi. An’anaviy mulk sifatida tushunilgan aniq buyumlar o’rniga aktsioner bir parcha qog’oz, mulk tituli — aktsiyaga ega xolos. Korxona ishi yuzasidan aktsiya egasi shartli nazorat o’rnatadi. U korporatsiya faoliyati yuzasidan javobgar emas. Bunday javobgarlik mulk egasi bo’lmagan tadbirkor — menejer zimmasida bo’ladi. Shunday qilib, kredit munosabatlarining rivojlanishi boylikni individual xususiy mulk shaklidan korporativ xususiy mulk shakliga o’tishi tadbirkorni tasarruf etishini egalik qilishdan ajralishiga olib keladi. Bundan shunday nazariy xulosa chiqarish mumkin: tadbirkorlik bilan mulk egaligi o’rtasida qat’iy aloqa yo’q. Tadbirkorlik bu faqat mulk egasiga xos xislat emas. Iqtisodiy nuqtai nazardan tadbirkorlik deganda nimani tushunish mumkin? Ilmiy adabiyotlarda uni uch jihatdan qarash tavsiya etiladi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling