Iqtisod moliya
Iqtisodiy kategoriya sifatida
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadbirkorlik sub’ektlari
1.Iqtisodiy kategoriya sifatida qarash. Buning uchun uning ob’ekti va sub’ektlarini
aniqlash zarur. Tadbirkorlik ob’ekti maksimal darajada daromad olish maqsadida ishlab chiqarish omillari (kapital, er, mehnat) ni eng samarali nisbatini topib ishga tushirishdir. I. Shumpeter fikricha tadbirkorning asosiy ishi iqtisodiy resurslarni ishlatishning eng optimal-maqbul variantini va ularni eng ratsional nisbatlarini qidirishdir. Aynan ana shu xislati bilan tadbirkor oddiy xo’jalik yurituvchidan farq qiladi. Tadbirkor iste’molchilarga ma’lum bo’lmagan ne’matlar ishlab chiqarish, ishlab chiqarishning yangi usuli (texnologiyasi)ni yaratish, yangi bozorlarni egallash, yangi xom ashyo manbalarini o’zlashtirish va hokazolarga intiladi. Tadbirkorlik sub’ektlari, eng avvalo jismoniy shaxslar (yakka hol, oilaviy) bo’lishi mumkin. Bunda ular o’z mehnatlari asosida, shu bilan birga chetdan ishchi yollab ish yuritishlari mumkin. Tadbirkorlik faoliyati bir guruh shaxslar tomonidan o’zaro shartnoma va iqtisodiy manfaatdorlik asosida bog’langan kishilar jamoasi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Jamoaviy tadbirkorlik sub’ektlari sifatida aktsionerlik jamiyatlari, ijara jamoalari, kooperativ, shirkat va boshqalar, alohida tadbirkorlik sub’ekti sifatida davlat, uning tashkilotlari (organlari) ish olib borishi mumkin. 2.Tadbirkorlikka xo’jalik yuritish uslubi (metodi) sifatida qarasak, uning bosh xususiyati, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mustaqilligi va erkinligidir. Tadbirkorning mustaqilligi huquqiy jihatdan asoslangan bo’lishi kerak. Eng avvalo, tadbirkorlik faoliyat turini tanlash, ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish, moliyalashtirish manbalarini tanlash, resurslarni sotib olish, mahsulot sotish, ularga narx belgilash, foydani tasarruf qilish va hokazo. Tadbirkorlik erkinligi ma’nosida uni faoliya-ti ustidan rahbarlik qiluvchi, ya’ni nima faoliyat bilan shug’ullanishi kerak, nima ishlab chiqarishi, qancha xarajat qilishi, kimga sotishi, necha puldan sotishi, qancha ishlab chiqarishini ko’rsatadigan, belgilab beradigan tashkilot — organ yo’q. Lekin, tadbirkorning faoliyati doimo bozor, undagi talab va taklif nisbati, narx bilan chambarchas bog’liq. Tadbirkorlikning ikkinchi xususiyati natija qanday bo’lishidan qat’i nazar qabul qilingan qarorga javobgar bo’lish. Tadbirkorning faoliyati doimo tavakkalchilik xatari bilan bog’liq. U esa doimo noaniqlik, bilib bo’lmaydigan natija bilan bog’liq. Nihoyatda aniq hisob-kitob ham, uni asosida qilingan taxmin (prog-noz) ham nazariy jihatdan to’g’ri bo’lishiga qaramay, amalda hammasi puchga chiqishi mumkin. Tadbirkorning oldindan qilgan mo’ljali oqibatining noaniqligi uning doimiy yo’ldoshidir. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling