Iqtisod moliya


A. Smit tadbirkorni tijorat bilan shug’ullanib, foyda olish uchun iqtisodiy tavakkalchilik  qiluvchi mulk egasi deb ta’riflaydi.  J. B. Sey


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

A. Smit tadbirkorni tijorat bilan shug’ullanib, foyda olish uchun iqtisodiy tavakkalchilik 
qiluvchi mulk egasi deb ta’riflaydi. 
J. B. Sey tadbirkorlikni kengroq ma’noda talqin etadi. Tadbirkor o’z foydasi uchun faol 
iqtisodiy agent sifatida ishlab chiqarish omillarini o’z tajribasi va bilimi asosida tavakkalchilik 
xataridan qo’rqmay ishga soluvchi kishi sifatida ta’riflaydi. Sey fikricha, tadbirkorning daromadi 
uning tadbirkorlik faoliyati evaziga olingan. 
Tadbirkorlik haqidagi nazariyaga nemis olimi V. Zombert va Avstriya iqtisodchisi Y. 
Shumpeter katta hissa qo’shganlar. Zombert fikricha tadbirkor bu «zabt etuvchi», g’alaba uchun 
kurashuvchi (xatarga tayyor, ruhan erkin, g’oyalarga boy, irodali, tirishqoq) tashkilotchi, ya’ni u 
birgalikda ishlash uchun kishilarni birlashtira oladi. U haqiqiy savdogar, tovarlarini sotish uchun 
odamlarni jalb qila oladi, ularni ishontira oladi. Zombert tadbirkorning maqsadi foydaning 
o’sishiga erishish bo’lib, buning uchun u o’z ishini o’sishi, ravnaq topishiga intiladi, harakat 
qiladi. 
I. Shumpeter esa tadbirkorni novatorligiga alohida e’tibor beradi. Uning fikricha 
tadbirkor deb, ishlab chiqarish omillarini yangi nisbatlarini (kombinatsiyasini) izlovchi, vujudga 
keltiruvchi, shu bilan iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi kishi tushuniladi. Shumpeterning fikricha 
tadbirkor ishlab chiqarishda individual xususiy mulk egasi bo’lishi shart emas. U bank 
boshqaruvchisi bo’lishi yoki aktsioner jamiyatining boshqaruvchisi bo’lishi ham mumkin. 
Tom ma’nosi bilan mulk egasi va tadbirkorni yagona kishi sifatida qarash kredit vujudga 
kelishi bilan buzila boshladi. Tadbirkorlikni mulkdan ajralishi aktsionerlik jamiyatlarida nisbatan 
osongina ko’zga ko’rinadi. Korporativ mulk aktsionerlik jamiyatida har bir aktsiya egasi o’zi 
alohida mulkni tasarruf qilish huquqini yo’qotadi. Bu yuridik fakt. Ishlab chiqarishda hokimiyat 
mulk egasidan ishlab chiqarishni tashkil etuvchiga o’tadi. Mulk egasining roli passivlashib 
boradi. An’anaviy mulk sifatida tushunilgan aniq buyumlar o’rniga aktsioner bir parcha qog’oz, 
mulk tituli — aktsiyaga ega xolos. 
Korxona ishi yuzasidan aktsiya egasi shartli nazorat o’rnatadi. U korporatsiya faoliyati 
yuzasidan javobgar emas. Bunday javobgarlik mulk egasi bo’lmagan tadbirkor — menejer 
zimmasida bo’ladi. Shunday qilib, kredit munosabatlarining rivojlanishi boylikni individual 
xususiy mulk shaklidan korporativ xususiy mulk shakliga o’tishi tadbirkorni tasarruf etishini 
egalik qilishdan ajralishiga olib keladi. Bundan shunday nazariy xulosa chiqarish mumkin: 
tadbirkorlik bilan mulk egaligi o’rtasida qat’iy aloqa yo’q. Tadbirkorlik bu faqat mulk egasiga 
xos xislat emas. 
Iqtisodiy nuqtai nazardan tadbirkorlik deganda nimani tushunish mumkin? Ilmiy 
adabiyotlarda uni uch jihatdan qarash tavsiya etiladi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling