III-BO’LIM. MIKROIQTISODIYOT NAZARIYASI ASOSLARI
XI BOB. BOZOR IQTISODIYOTIDA
TADBIRKORLIK. TADBIRKORLIK
KAPITALINING HARAKATI
Iqtisodiyot murakkab, ko’p bosqichli tizim. Uning barcha bo’g’inlari o’zaro bog’liq va
bir-birini taqozo qiladi. Firma, korxona tarmoqlar, uy xo’jalik yuritish
printsiplari iqtisodiyotni
bir butun tizim sifatida rivojlanishi qonunlaridan farq qilishi mumkin emas. Shuning uchun ham
iqtisodiyot nazariyasi cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammolarini
mikrodarajada o’rganadi.
Rusurslarni
etishmasligi, extiyojlarni esa cheksizligi iqtisodiyot nazariyasi fanining bosh
masalasi, aynan ana shu muammo bizni tanqis resurslardan samarali foydalanish metodlarini
qidirishga majbur qiladi. Uni ikki yo’l bilan hal qilishga harakat qilinadi:
1. Mavjud resurslarni to’la
bandligi, ishlatilishini ta’minlash. U makroiqtisodiy tadqiqot
predmeti.
2. Ishlatilayotgan resurslarni tejab,
tergab samarali foydalanish, unga mikroiqtisodiy
darajadagi tahlil yordam beradi.
Mazkur bo’limimiz mikrodarajadagi muammolarni o’rganishga bag’ishlangan bo’lib, u
tadbirkorlik nazariyasini o’rganishdan boshlanadi.
Aynan bozor iqtisodiyotining muhim afzalliklaridan biri ham uning tadbirkorlikka
asoslanishidir. Mavzuni o’rganishni eng avvalo tadbirkorlik
deganda nimani tushunamiz,
tadbirkorlik birinchidan iqtisodiy kategoriya sifatida, ikkinchidan xo’jalik yuritish metodi,
uchinchidan, iqtisodiy fikr yuritishning o’ziga xos tipi sifatida qarasak
nimalarni ifodalaydi,
tadbirkorlik faoliyati turlarini chuqur o’rganishdan boshlaymiz.
Bozor iqtisodiyotining asosiy iqtisodiy sub’ektlari firma, korxonalar ekan, ularning
turlarini turli jihatidan
yondashgan holda kichik, individual xususiy korxona, sherikchilik asosida
tashkil etilgan o’rta korxona, yirik korporatsiyalarning afzalliklari va kamchiliklarini ko’rib
chiqamiz. O’zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash
qanday amalga
oshirilayotganiga diqqat qaratamiz.
Bu bob yana shu bilan ajralib turadiki, unda tadbirkorlik kapitali va uning harakatini ham
tahlil qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: