Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- R. Kantilon
1-§. Tadbirkorlik va uning iqtisodiyot nazariyasida talqin etilishi Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlikka asoslanadi. Tadbirkorlik (ing. entrepreneur) insonning xislati, uning erkin, tavakkal qilib foyda yoki boshqa iqtisodiy naf ko’rish uchun o’z mulkidan ham ayrilib qolish xavf-xataridan qo’rqmay faoliyat yuritish, puxta o’ylab, natijasini ko’z o’ngiga keltirib ish tutish qobiliyati. Ana shu qobiliyatga ega kishilar tadbirkor deyiladi. Tadbirkorlik qobiliyatini ishga solish, faoliyatga aylantirishning namoyon bo’lishini g’arbda biznes (business — ish, faoliyat, mashg’ulot) deb ataladi. Biznes bilan shug’ullanuvchilarni esa biznesmen (business — ish, man — odam) deyiladi. Biznes bilan shug’ullanuvchilarni, ya’ni biznesmenlarni harbiy qo’mondon bilan qiyoslash mumkin. U o’z ishini tamal toshini qo’yar ekan, uning potentsialini vujudga keltiradi, oldindan strategiyasini ishlab chiqadi, taktikasini belgilaydi. Biznesni tashkiliy shaklini g’arbda uchga bo’lishadi: individual (xususiy) korxona, sherikchilik, korporatsiya. O’zbek tilida, odatda tadbirkorlik deganda faqatgina insonning qobiliyati emas, balki uni namoyon qilish (yuzaga chiqarish), faoliyat yuritishning tashkiliy shakli ham tushuniladi. Lekin keyingi paytda biznes so’zi ham tez-tez ishlatilmoqda. Bizning yurtimizda tadbirkorlik faoliyati bozor iqtisodiyotiga o’tish bilan yana qayta jonlandi. Yurtimizda tadbirkorlik uzoq tarixga ega. Bu avvalo, savdogarlik shaklida rivoj topgan. Buyuk ipak yo’li savdo-sotiqning o’z navbatida tadbirkorlikning rivojlanishida nihoyatda katta ahamiyatga ega bo’lgan. Qolaversa, islom aqidalari ham tadbirkorlikning rivojlanishida muhim rol o’ynagan. Chunki, islom dinida mehnat qilmay topilgan daromadni harom deyiladi. Har bir inson, albatta biron faoliyat, ish bilan shug’ullanishi darkor. Buning natijasida turli-tuman hunarmandchilik, kulolchilik, temirchilik, tikuvchilik, to’quvchilik, qandolatchilik va hokazolar rivojlangan. Bu xususiy tadbirkorlikning naqadar rivojlanganidan darak beradi. Shu bilan birga me’morchilik va sug’orish inshootlarining qurilishi o’z navbatida jamoatchilikka asoslangan tadbirkorlikni ham rivojlanishiga olib kelgan deya olamiz. Tadbirkorlik tushunchasi XVIII asrga xos bo’lib, bu atamani iqtisodiy nazariyaga ingliz iqtisodchisi R. Kantilon olib kirgan. Uning fikricha tadbirkor bu noaniq daromadga ega kishilar (dehqon, hunarmand, savdogar va boshqalar). Ular boshqalarning tovarlarini ma’lum narxlarda sotib oladilar. O’z tovarlarini qanchaga sotishlari esa noma’lum. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin: tavakkalchilik xatari tadbirkorlikning bosh farqlanuvchi xususiyatidir. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling