Iqtisod moliya
Tadbirkorlikning uchinchi xususiyati
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
Tadbirkorlikning uchinchi xususiyati uning faoliyatini muvaffaqiyatga erishishga
yo’naltirilganligi, foydani ko’proq olishga intilishidir. Hozirgi paytda esa shu maqsaddagina faoliyat yuritish emas, balki jamiyatda sotsial muammolarni hal qilish, madaniyat, fan, sog’liqni saqlash, maorif, atrof-muhitni muhofaza qilish va hokazolarda faol qatnashishi ham ko’zda tutiladi. 3.Tadbirkorlikni iqtisodiy fikr yuritishning o’ziga xos tipi sifatida qarasak, tadbirkor o’z faoliyatidagi turli muammo va masalalarni echishda o’ziga xos kutilmagan yondashuvi, original echimlar topishi, ya’ni yo’llarini qidirishi, xullas tinmay izlanishi bilan xarakterlanadi. Bunda asosiy o’rinda tadbirkor shaxsi turadi. Har qanday bozor xo’jaligining asosini iqtisodiy faol sub’ektlar —tadbirkorlar tashkil etadi. Insonning tabiat in’om etgan eng muhim xususiyatidan biri uning qanday moddiy va ijtimoiy mavqega ega bo’lishidan qat’i nazar, o’zining qobiliyatini tatbiq etishga harakat qilishi, imkon qidirishidir. O’z maqsadiga muvofiq biron ishni yo’lga qo’yish xuddi o’z eriga ishlov berishga harakat qilish kabi insonning tug’ma intilishidir. Bozor iqtisodiyotida iqtisodiy jarayonning markaziy omili tadbirkordir. Bozor iqtisodiyotini tadbirkorsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Tadbirkorlar sinfi erkin, bozor iqtisodiyotiga tayangan demokratik jamiyatdagi o’rtacha tabaqa, ular iqtisodiy faol, qonunga rioya qilishga harakat qiluvchi qatlam hisoblanadi. Ular ikki qutb: boylar va kambag’allar hisobidan ortib boradi. Tadbirkorlik bu biron ish bilan oddiygina mashg’ul bo’lish emas, u insonning o’ziga xos fikrlashi, dunyoqarashi, shaxsiy intuitsiyaga ega bo’lishi, xislatidir. Tadbirkor bo’lish — demak bosh-qalar qilmagan ishni qilishdir, deb hisoblaydi Shumpeter. Uzoqni ko’ra bilish, tasavvur qilish, doimo qoloqlik, eskilikka, to’siqlarga, chetdan ko’rsatiladigan bosimlarga dosh berish, qarshi tura bilish kabi xislatlarga ega bo’lish kerak. Tavakkal qilishni bilish, noaniqlik oldidan qo’rquvni engishi, yuz beradigan jarayonlarga qarab ish tutish emas, balki ana shu jarayonlarni izmiga bo’ysundirishga harakat qilishi kerak. Tadbirkorni g’alabaga bo’lgan intilishi olg’a undaydi. Bu uning o’ziga xos mehnati va shu mehnatining iqtisodiy xarakterga ega ekanligidir. Har bir kishi tadbirkor bo’lishi uchun eng avvalo o’zidagi xislatlarga to’g’ri baho bera olishi kerak. Tashkil etiladigan turli kichik firmalarning 15 — 20% i qolib, qolganlari kasodga uchrashining asosiy sabablaridan biri ham shunda. Tadbirkorlik iste’dod va maxsus tayyorgarlikni talab etadi. Bizni adabiyotlarimizda tadbirkorlik ko’proq xo’jalik yuritish nuqtai nazaridan qaraladi. Respublikamizda qabul qilingan tadbirkorlik to’g’risidagi qonunda tadbirkorlikka shunday ta’rif berilgan: «Tadbirkorlik mulkchilik sub’ektlarining foyda olish maqsadida, tavakkalchilik va mulkiy javobgarligi asosida amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko’rsatishdir». Jahon adabiyotida tadbirkorlikning uchta funktsiyasi ajratib ko’rsatiladi. Birinchi funktsiyasi — resurs bilan ta’minlash. Har qanday xo’jalik faoliyatining asosini resurslar tashkil etadi. Chunki, resurslarsiz hech nima qilib bo’lmaydi. Ishlab chiqarishning ob’ektiv (ishlab chiqarish vositalari, ya’ni er, kapital) hamda sub’ektiv (zarur bilim, kasb, tajriba va mohirlikka ega kishilar) omillari birlashgandagina biron ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish, umuman olganda biron faoliyat yuritish mumkin. Ikkinchi funktsiya — tashkilotchilik. Buning ma’nosi — biron faoliyat uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish omillarini birlashtirish va kombinatsiyalashning maqsadga tez va samarali tarzda olib boradigan yo’llarini topish va shu asosda ish olib borish. Uchinchi funktsiya — ijodkorlik, tashkiliy xo’jalik novatorligi, yangilikka intilishi bilan bog’liq. Hozirgi fan-texnika taraqqiyoti sharoitida, ayniqsa, narxsiz raqobat kurashi uslublari kuchaygan sharoitda biznes uchun bu funktsiyaning ahamiyati yanada kuchayadi. Natijada innovatsiya bilan bog’liq tadbirkorlik uchun yangi sharoit yaratiladi, ilmiy-texnikaviy ishlanmalar, venchur biznesi (texnika-texnologiya yangiliklarini qo’llashga asoslangan biznes) bozori rivojlanadi. Tadbirkorlikning axborot infrastrukturasi takomillashadi. Davlat tashkilotlarining foydali axborotlaridan foydalanish imkoni, patent-litsenziya xizmatlari, elektron hisoblash mashinalari, kompyuterlar yordamida ma’lumot to’plash, internet orqali axborot olish imkonlari kengayadi. Shunday qilib, tadbirkorlik risk qilgan holda, mablag’larni samarali sarflab, ishlab Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling