Iqtisod moliya
Quyidagilarni diqqat bilan o’qing
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
5. Quyidagilarni diqqat bilan o’qing:
«Jevons fikricha sub’ektiv jihatdan naflilikni miqdoran aniqlash va baholash faqat tovar. xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining bozor bahosida namoyon bo’ladi. («Vsemirnaya istoriya ekonomicheskix misli» M, 1989g. t.3 s.157) Pareto esa nazariyaga sub’ektiv naflilikning mikdoriy tushunchasi o’rniga tartibli, ya’ni sub’ektiv jihatdan tanlash afzalligini ketma-ketlik asosida alohida ne’matlarning nafliligini solishtirish o’rniga ularning to’plamini taqqoslashni kiritdi. («Vsemirnaya istoriya ekonimicheskoy misli» M, 1989g. t.3 s.164) Har ikki parchani tahlil qilib, ordinalistik va kordinalistik yo’nalishlari mazmunini aniqlang. 6. Quyidagi jadvalda turli omillarning talab va taklifga ta’siri ko’rsatilgan. Omil (boshqa shartlar teng) Talab egri chizig’i siljishi Talab egri chizig’i bo’yicha Taklif egri chizig’i siljishi Taklif egri chizig’i bo’yicha Taklif egri chizig’i bo’yicha 1.Raqobatdosh tovarlarga baho o’zgarishi 2.Yangi texnologiya joriy qilindi 3.Tovarga moda o’zgardi 4.Daromad o’zgardi 5.Homashyoning bahosi o’zgardi Omillarning ta’sirini talab va taklif egri chizig’i yordamida tushuntirib bering. Omillarning o’zgarishi egri chiziqda qanday ifodalanishini jadval ustunlari bo’yicha belgilar orqali ifodalang. 7. Aytaylik iste’molchining byudjeti 10 ming so’m. U bozordan go’sht xarid qilmoqchi. Qo’y go’shtinig kilosi 2500 so’m, mol go’shti esa 2000 so’m. Agarda puli 1500 so’mga ko’paysa yoki aksincha 5000 so’mga kamaysa, xaridor o’z pulini go’sht olish uchun qanday sarflashi mumkin? Uni mumkin bo’lgan variantlarini ko’rsating, grafikda tasvirlangan javobingizni izohlang. 8.Erkinjondan mavjud uch xil tovar: kostyum-shim, videomagnitafon, entsiklopediya kitobini nafliligi nuqtai nazaridan sanab chiqing deyildi. Lekin video magnitafonga etadigan pul berilganda video magnitafondan ancha arzon turadigan kostyum shim sotib oldi. Iqtisodiy nuktai nazardan uning bunday qilishi, ya’ni qarorga kelishini qanday tushuntirish mumkin? a)Erkinjon aniq bir tovarni o’zi uchun nafliligini to’g’ri baholay olmaydigan iste’molchi; b)olingan pulni sarflash haqida qaror qabul qilar ekan, faqat uch tovar nuqtai nazaridan emas, balki shu pulga sotib olish mumkin bo’lgan boshqa tovarlar nafliligini hisobga olgan; v)bepulga olish mumkin bo’lgan tovarlar nafliligi bilan pul to’lab sotib olish kerak bo’lgan tovarlar nafliligi bilan taqqoslagan; g)tovarlarni nazariy jihatdan nafliligi bilan ularni pulga sotib olgandagi nafliligi tubdan farq qiladi; d)talab qonuni bo’yicha xaridor narxi qimmat tovarlarga nisbatan arzon tovarlarni ko’prok sotib oladi; e)tovar bahosi tushganda sotib olish rejalashtirilgan tovarlar hajmi ortishini yo)tovar bahosi ko’tarilganda taklifni kamayishini ko’rsatadi. T / N 1. Bozor iqtisodiyotida kimning puli ko’p bo’lsa, u shuncha ko’p tovar sotib olishi mumkin . 2. Tovar ishlab chiqarish hajmi va usuli ishlab chiqarish resurslarining bahosiga bog’liq. 3. Mukammal raqobatga asoslangan iqtisodiyotda alohida tovar ishlab chiqaruvchi mahsulot miqdorini kamaytirish orqali narxga ta’sir etadi. 4. Bozor iqtisodiyotida qanday tovar ishlab chiqarish zarurligini ohir-oqibat iste’molchilar hal qilishadi. 5. Avtomashinalarga benzin quyish shaxobchasi – bozorga misol b¢la oladi. 6. Talab egri chizig’i narxning pasayishi tufayli, talab hajmini o’sishini ko’rsatadi. 7. Kishilarning daromadarini ortishi barcha tovarlarga talabni oshiradi. 8. Resurslar bahosining har qanday o’zgarishi talab va taklif muvozanatini taklif egri chizig’i b¢yicha yuqori yoki pastga tomon o’zgartiradi. 9. Bir vaqtning o’zida tovar taklifi va iste’molga ajratilgan daromadning o’sishi natijasida baholar o’zgarmasligi mumkin. 10. Taklif egri chizig’ini o’ngga siljishi ishlab chiqaruvchilarning har bir narx darajasida avvalgiga qaraganda kamroq tovar taklif qilinayotganini ko’rsatadi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling