Iqtisod moliya


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

1. Lahzalik muvozanatodatda ju-da qisqa 
vaqt davomida, asosan narx-ni ko’tarilishi hisobiga 
yuz beradi. Aytaylik, bozorga baliq olib kelindi, 
deylik. Baliqni taklifi o’z-garmagan holda unga 
o’sayotgan talab bilan muvozanatga kelishi uchun 
narx shu qadar tez o’sadiki, natijada cheklangan 
miqdordagi baliq sotib olishni istaganlar o’rtasida 
taqsimlanib bo’ladi. 
Baliqqa talab baho ko’tarilishi 300 so’mga chiqishi bilan taklif o’zgarmagani holda 
muvozanatga keladi. Lekin bu muvozanat juda qisqa muddat davom etadi. 
2. Qisqa muddatli muvozanat. Bunday yuqori narx bozorga qo’shimcha baliq 
keltirilishini rag’batlantiradi. Natijada bo-zorga ilgarigiga qaraganda ko’p baliq olib kelinadi. 
Buning natijasida narx pasayadi. 
Qisqa muddatli muvoza-natda u yoki bu turdagi tovar ishlab chiqarishning bor 
imkoniyatidan foydalanib, ko’paytiriladi. Narx dara-jasi lahzalik muvozanatga qaraganda 
pastroq bo’ladi, lekin unga nisbatan uzoqroq muddat o’zgarmaydi. 
3. Uzoq muddatli muvozanat. Bunda bozordagi narxga qarab tovar ish-lab 
chiqaruvchilar moslashadilar. Yangi firmalar, korxonalar vujudga keladi. Taklif yanada 
ko’payadi. Narx qisqa muddatli muvozanat narxiga qaraganda past bo’ladi.
Narx yuqori bo’lganda talab qisqarishi, ya’ni taklif talabdan ancha ortiqcha bo’lishi, 
bozor uchun tabiiy bir holdir. Talab, taklif narxining va xarid qobiliyatining o’zgarishiga qarab 
tebranib turadi. Bu harakat talab bilan taklif tenglashguncha davom etaveradi. Tenglashish yuz 
bergach, taklif va talab miqdoran va tarkiban bir-biriga mos tushadi. Odatda, bir tovarga doir 
talab va taklif o’rtasidagi muvozanatga juz’iy muvozanat deyiladi. Ammo, tovarlar dunyosi 
g’oyat boy bo’lib, tovarlar bozori o’zaro bog’liq qismlardan iborat. Ana shu turli tovarlar va 
xizmatlarga bo’lgan talab va takliflarning ham miqdor, ham tarkib jihatidan bir-biriga muvofiq 
kelishi bozor muvozanati deyiladi. Ana shunday muvozanatlar bo’lmasa, bozor muvozanati 
izdan chiqqan bo’ladi. Talab va taklif uzoq vaqt bir-biridan ajralib qolsa, bozor o’zining 
at 

P
2
300
P
3
275 
P 200 
100
50 100 150 Q
D

D

S

E
E

E

NARX 
MIKDOR 


me’yoridagi holatini, qiyofasini yo’qotadi. Udan tashqari makroiqtisodiy muvozanat borki, u 
yalpi talab bilan yalpi taklifning muvofiq kelishini bildiradi(keyingi bo’limda o’rganamiz). 
Bozor muvozanati talab va taklifning mutlaq va abadiyligi emas. Bunday hol umuman 
olganda, barcha tovarlarga nisbatan va uzoq davrga xos bo’lishi mumkin. Juz’iy, ya’ni ayrim 
tovarlarga nisbatan moslikning buzilishi muqarrar. Chunki, ehtiyojning yuksalishi oqibatida 
yangi talab paydo bo’ladi va u darhol qondirilmaydi. Talab va taklif o’zgaradi, muvozanat 
buziladi va yana qaytadan o’rnatiladi. 
Bozorda muvozanatga erishish birinchidan, narxlar orqali amalga oshiriladi. Narxlarning 
o’zgarishiga qarab ishlab chiqarish hajmi o’zgaradi. Narxlar ishlab chiqarish texnologiyasini 
tanlashga ta’sir etadi. Narxlar oxir-oqibat daromadlar darajasiga ko’ra qaysi mahsulot ko’proq 
sotib olinishini ham belgilaydi. 
Ikkinchidan, talab va taklif o’rtasidagi nisbat. Talab bilan taklif o’rtasidagi nisbatni 
o’zgarib turishi bozor narxlarini ham tebranishiga olib keladi. Mana shu tebranishlar orqali 
shunday narx belgilanadiki, u bozordagi talab va taklif muvozanatiga va oxir-oqibat ishlab 
chiqarish bilan iste’mol o’rtasidagi muvozanatga olib keladi. 
Uchinchidan, raqobat kurashi. Har bir tadbirkor maksimal darajada foyda olishga intiladi. 
Buning uchun bozorga xaridorgir tovar ishlab chiqarish kerak. Ishlab chiqaruvchilar o’rtasida 
xaridorning puli uchun kurash boradiki, buning natijasida bozorda to’kinchilikka erishiladi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling