Iqtisod moliya
Takrorlash va munozara uchun savollar
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masala va mashqlar
Takrorlash va munozara uchun savollar 1. Talab va taklif, uning o’zgarishiga qanday omillar ta’sir qiladi? 2. Talab egri chizig’i va talab qonunini ta’riflang. 3. Talab elastikligini aniqlash iqtisodiyotda qanday rol o’ynaydi? Taklif elastikligini aniqlash-chi? 4. Me’yoriy naflilik deganda nima tushuniladi? 5. Naflilikni pasayib borishi qonunini tushuntirib bering. 6. Taklif funktsiyasi va uning grafikda tasvirini chizing, taklif qonunini tushuntirib bering. 7. Taklif elastikligida vaqt omili qanday rol o’ynaydi? 8. Bozor muvozanati nima sababdan va qanday o’zgarishini tushuntiring. Masala va mashqlar 1. Olimjon Neksiya avtomobilini o’tgan yili bozorda 5000000 so’mga sotmagan edi. Bu yil esa 5600000 so’m narx belgilandi. U mashinasini sotdi. Agar o’tgan yilga nisbatan narx 20% ga oshgan bo’lsa, Olimjon mashinasini sotib to’g’ri qildimi? 2. Hafta davomida 60 ming so’mdan 100 dona kostyum – shim sotildi. Ikkinchi haftada esa kostyum shim narxi 5 ming so’mga pasaytirildi. Sotilgan kostyum shim miqdori 150 donaga etdi. Uchinchi haftada esa 109ta sotildi. To’rtinchi haftaga o’tgach, atigi 50 dona sotildi. Talab elastikligini hisoblang. Elastiklik ko’rsatkichidan kelib chiqib ishlab chiqarishga qanday topshiriq ketadi, izohlang. 3.Erkinjon Toshkent Davlat madaniyat institutida talaba. Kundalik mayda-chuyda xarajatlari uchun kollejda madaniy-ma’rifiy tadbirlarni uyushtirishda tashkilotchi bo’lib ishlaydi. Bajaradigan ishlaridan biri badiiy filmlar namoyish etishni tashkil etish. Asosiy ishlaridan biri kinofilm ko’rish uchun biletlarga narx belgilash. Kinoko’rsatuvlar zalida 700 o’rin, film prokati uchun to’lanadigan haq 180000so’m, zalni ijaraga olish haqi 25000 so’m, operatorga 15000 so’m, bilet tekshiruvchi kontrolyorlarga (ikki kishi) 5000 so’m. Bilet narxiga ko’ra talab quyidagicha Narx, so’m Talab, dona, bilet 700 300 - 600 400 500 500 400 600 300 700 Umumiy xarajatlar, tushum qoladigan daromad va me’yoriy tushumni aniqlang. Undan qanday xulosa chiqarish mumkin, izohlang. 4. Quyidagi jadvalda narxning o’zgarishiga ko’ra taklif hajmining o’zgarishi berilgan. Ma’lumotlar asosida taklif elastikligi koeffitsentini aniqlang. Jadvalni to’ldiring. Elastiklik koeffitsienti deganda nimani tushunamiz? Uni hisoblashning qanday ahamiyati bor? Elastiklik koeffitsientining birga teng bo’lishi, birdan katta yoki kichik bo’lishi nimani bildiradi? Fikringizni izohlab bering. Tovar turlari Narx, so’m Taklif hajmi, dona Narxga ko’ra taklif elastikligi koeffitsienti Elastikligi A 12 24 B 44 610 V 810 125 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling