Iqtisod moliya
Takrorlash va munozara uchun savollar
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masala va mashqlar.
Takrorlash va munozara uchun savollar:
1. Ehtiyoj nima? Nima sababdan uni biz obektiv va subektiv xarakterga ega deymiz? 2. Iqtisodchilar tomonidan ehtiyojlarni qanday guruhlarga ajratiladi. 3. Yakka va birgalikda qondiriladigan ehtiyojlarga qanday extiyojlarni kiritiladi? 4. Iqtisodiyotning bosh muammosi nima? Nima sababdan uni bosh muammo deb ataymiz? 5. Tanlov nima? Uning mezonlari-chi? 6. Ishlab chiqarish imkoniyati yoki transformatsiya egri chizig’i nima? 7. Nima sababdan iqtisodiyot nazariyasini o’rganishni ehtiyojlarni o’rganishdan boshladik? Masala va mashqlar. 1. Zahro opasi va singlisi Adiba bilan kichik korxona ochdi. Zahro bir yilda 400 ta qizlar ko’ylagi yoki 450 ta erkaklar ko’ylagi tika oladi. Opasi esa 350 ta qizlar ko’ylagi yoki 400 ta erkaklar ko’ylagi tika oladi. Singlisi esa 300 ta qizlar ko’ylagi yoki 350 ta erkaklar ko’ylagi tika oladi. Oilaviy kichik korxonaning ishlab chiqarish imkonini xisoblang va uni grafikda tasvirlang. 2. Uch opa-singil oilaviy kichik korxona tashkil ilishdi. Korxonada jun va aralash iplardan bolalar uchun paypoq, nimcha to’qiladi. Opa-singillarning kattasi yil davomida 500ta nimcha yoki 600 juft paypoq, ikkinchi singil esa 420 ta nimcha yoki 700 juft paypoq, uchinchi singil 300ta nimcha yoki 600 juft paypoq to’qiy oladi. Oilaning ishlab chiqarish imkoniyati egri chizig’ini chizing. 3. Ota, qiz va o’g’il xovliga qulupnay terish va o’toq qilish uchun kelishdi. Uchastkada 6 soat ishlashlari mumkin. Ota soatiga 1 chelak, qiz ikki chelak, o’g’li 0,5 chelak qulupnoy teradi. Qiz o’toqni 2 soatda, o’g’il 7 soatda, otasi 6 soatda bajaradi. Oilada ishni qanday taqsimlash kerakki, o’toq qilib bo’lib, eng ko’p miqdorda qulupnay terishsin. 4. Respublikamizda avtomobil va traktor ishlab chiqariladi va u quyidagi jadvalda ifodalangan: Avtomobil 5 4 3 2 1 0 Traktor 0 7 13 18 22 25 Muqobil (alternativ) xarajatlarni aniqlang. • Bitta qo’shimcha avtomobil ishlab chiqarish uchun; • Qo’shimcha bitta traktor ishlab chiqarish uchun. 5 .Mamlakatda ikki xil A va V turdagi tovar ishlab chikariladi deylik. Ularning imkoniyati chegarasi quyidagi jadval ma’lumotlarida ko’rsatilgan. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling