Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
Xulosa
• Shunday qilib, inson yashar ekan turli-tuman ehtiyojlari mavjud. Ehtiyojlar kishilarni yashashi, kamol topishi uchun zarur. Ularni qondirish uchun zarur bo’lgan ne’matlar cheklangan. Sababi ularni ishlab chiqarish uchun resurslar cheklangan. Cheklanganlik bizni har qadamda tanlashga majbur qiladi. Tanlab qaror qabul qilishimiz uchun muqobil variantlarni taqqoslashimiz, taqqoslash uchun esa uning mezonlarini belgilashimiz kerak. • Ehtiyojlar tarkibi nihoyatda xilma-xil bo’lgani uchun ularga turli jihatdan yondoshib, qo’yilgan maqsadga ko’ra ma’lum bir guruhlarga ajratish mumkin. Bu tanlovni osonlashtiradi. Turli variantlardan birini tanlash qolgan ehtiyojlardan voz kechishga yoki miqdorini kamaytirishga olib keladi. Insonning butun hayoti tanlov asosida qanday qarorga kelishiga bog’liq. • Iqtisodiyot nazariyasining asosiy vazifasi ham ana shu tanlovni eng maqbul yo’llarini topib, to’g’ri qaror chiqarishni o’rganishdir. • Ehtiyojni qondirishdan qanday maqsad ko’zlanganiga qarab, ularni: shaxsiy ehtiyojlar va ishlab chiqarish ehtiyojlariga bo’linadi. Shaxsiy ehtiyojlar kishilarning yashash uchun zarur, shaxsiy iste’molini qondiradigan ne’matlarga bo’lgan ehtiyoji bo’lsa, ishlab chiqarish ehtiyojlari esa ana shu ne’matlarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan iqtisodiy resurslarga ehtiyoji bo’lib, ular moddiy, mehnat, axborot, moliyaviy resurslardan iborat. • Mavjud iqtisodiy resurslardan to’la foydalanish evaziga eng ko’p mahsulot ishlab chiqarish «ishlab chiqarish imkoniyati» deyiladi. Resurslarni cheklanganligi ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklaydi. Asosiy tayanch tushunchalar: 1. Ehtiyoj- 2. Extiyojlarning yuksalib borishi iqtisodiy qonuni- 3. Iqtisodiy resurslar- 4. Iqtisodiyotning bosh muammosi 5. Tanlovning muqobil qiymati- 6. Ishlab chiqarish imkoniyati chegarasi 7. Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’i- a) turli ehtiyojlarni qondiradigan ne’matlar ishlab chiqarish uchun zarur barcha vositalar va mehnatga layoqatli kishilar. b) insonning yashashi, kamol topishi uchun hayotiy ne’matlarga bo’lgan obektiv zaruriyat. v) resurslar cheklanganligi sharoitida jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini qondirish muammosi. g) ishlab chiqarish va madaniyat rivojlanishi bilan inson ehtiyojlarining yuksalib borishini, uning miqdoran o’sib, tarkiban yangilanib borishi. d) tanlov natijasida voz kechilgan imkoniyat ichidan tanlovchi uchun eng katta naf keltiruvchi yoki qadrlanuvchi imkoniyat. e) mavjud resurslardan to’la foydalanish evaziga turli kombinatsiyalarda eng ko’p mahsulot ishlab chiqarishning grafikda ifodalanishi. j) mavjud iqtisodiy resurslardan to’la foydalanish evaziga eng ko’p mahsulot ishlab chiqarish. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling