Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
Testlar:
1. Iqtisodiyotda ishlab chiqarish omillari unumdorligi pasayib borishi qonuni amal qiladi. U holda iqtisodiy o’sish qanday tarzda ta’minlanadi? a) borgan sari kamroq resurslar talab qilinadi; b) qo’shimcha resurslarning o’sishi ishlab chiqarish umumiy hajmini ko’paytirmay, balki kamaytiradi; v) qo’shimcha resurslar zarur, lekin ularning narxi ortib boradi; g) borgan sari ko’proq resurslar talab qilinadi, ularni tejab ishlatish yo’llari topiladi; d) resurslarni tejab-tergab ishlatish yo’llari topiladi. 2. Industrial bosqich quyidagi qaysi asosiy xususiyati bilan boshqa bosqichlardan ajralib turadi? a) iqtisodiyotda asosiy rolni mashinalashgan sanoat ishlab chiqarishi o’ynashi; b) xizmat ko’rsatish nihoyatda tez rivojlanishi; v) moddiy ishlab chiqarish ustunligi; g) qishloq xo’jaligi ustun bo’lishi; d) nomoddiy ishlab chiqarish ustunligi. 3. Boylik faqat moddiy ishlab chiqarishda yaratiladi deb ta’kidlash nimaga olib keladi? a) xizmatlar ko’rsatishni nazar-pisand qilmaslikka, bu sferaning rivojlanishini sekinlashtirishga; b) ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga; v) aholini to’la bandligini ta’minlashga; g) moddiy ishlab chiqarishda xarajatlarni pasaytirishga; d) resurslarni tarmoqlar o’rtasida optimal tarzda taqsimlanishiga olib keladi. 4. Ishlab chiqarishning to’rt omili er, kapital, mehnat, tadbirkorlik evaziga muvofiq ravishda yaratilgan mahsulotdagi ulushini uning egasi qaysi ketma-ketlik shaklida oladi? a) er rentasi, ish haqi, foiz-divident, foyda; b) er rentasi, foiz-divident, foyda, ish haqi; v) er rentasi, foiz-divident, ish haqi, foyda; g) foiz-divident, foyda, ish haqi, er rentasi; d) foyda, er rentasi, ish haqi, foyda-divident. 5. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi bu… a) ishlab chiqarish natijalarini mehnat xarajatlariga nisbati; b) ishlab chiqarish natijalarini kapital sarflariga nisbati; v) ishlab chiqarish natijalarini er omiliga nisbati; g) ishlab chiqarish natijasi (mahsulot)ni sarflangan xarajatlarga nisbati; d) erga va kapitalga qilingan xarajatlar natijasidir. 6.Naflilikni pasayib borishi qonunining amal qilishini izohlashga quyidagilardan qaysi biri to’gri kelmaydi? a) universal qonun bo’lib, doimo amal qiladi; b) uning amal qilishi doirasi cheklangan bo’lib, eng avvalo, kundalik ehtiyojlarni qondiradigan tovar, xizmatlarga tegishli; v) qisqa muddatli davrga xos; g) ko’plab tovarlarga nisbatan qo’llab bo’lmaydi; d) naflilikni baholovchi yagona o’lchov yo’q. 7.F.Kene, A.Smit va .Rikardolardan farqli ravishda A. Marshall boylikka: a) ijtimoiy zaruriy mehnat natijasi deb; b) moddiy ishlab chiqarish natijasi deb; v) qishloq xo’jaligida yaratilgan moddiy ishlab chiqarishgan mahsulot deb; g) savdo-sotiq natijasi deb; d) inson ehtiyojlarini to’laroq qondirishi nuqtai nazaridan; qarash to’griroq bo’lardi deb ta’kidlaydi. 8. Izokvanta: a) maxsulotning umumiy hajmi egri chizigini; b) ishlab chiqarish funktsiyasini; v) mavjud resurslar evaziga turli hajmda mahsulot ishlab chiqarishni; g) o’rtacha mahsulot egri chizig’ini; d) me’yoriy mahsulot egri chizig’ini ko’rsatadi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling