Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
Ishchilar soni, kishi
0 1 2 3 4 5 6 Ishlab chiqarilgan mahsulot, dona 0 40 90 126 150 165 180 a)Me’yoriy mahsulot nechanchi ishchini qabul qilingandan so’ng qisqarishni boshlaydi? b)Oxirgi yollangan oltinchi ishchining me’yoriy mahsulotini hisoblang? v)O’rtacha mahsulot nechanchi ishchini yollaganda maksimal darajaga etadi? T/N 1. Toindustrial davrda qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish ustun bo’lgan. 2. Postindustrial davrda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ustun bo’lgan. 3. Ishlab chiqarish omillarini jalb qilish nuqtai nazaridan vaqtni qisqa va o’zoq muddatlarga ajratish shart emas. Bu bilan hech nima o’zgarmaydi. 4. Ishlab chiqarish funktsiyasi bu ishlab chiqarishning formulada ifodalangan modeli. 5. Bozor iqtisodiyotida resurslarning taqsimlanishi bozor mexanizmi orqali amalga oshadi. 6. Bozor iqtisodiyotida daromad omillarning mahsulotdagi hissasiga qarab emas, balki belgilangan reja asosida taqsimlanadi. 7. Iste’mol ishlab chiqarish natijalaridan qanday maqsadda foydalanishiga ko’ra ikki turga ajratiladi. 8. Omillarning ma’lum nisbatda birikishi deganda, har qanday mahsulot ishlab chiqarish uchun ma’lum bir miqdorda er, kapital, mehnat, tadbirkorlik omilini talab qilishi tushuniladi. Aynan tadbirkor qolgan uch omilni eng optimal variantini topishi jihatidan boshqalardan ajralib turadi. 9. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish faqat tadbirkorlarga ko’proq foyda olish uchun zarur. Uning jamiyat uchun zaruriyati yo’q. 10. Ishlab chiqarish funktsiyasining ahamiyati shundaki, u omillarning birlashuvi imkoniyatlarini muqobil variantlari borligini ko’rsatadi. 11. Ixtiyoriy ayirboshlashdan odamlar doimo yutishadi. 12. Bir omil o’zgarib, boshqa omillar o’zgarmaganda yaratilgan qo’shimcha mahsulot shu ishlab chiqarish omili uchun me’yoriy mahsulot bo’ladi degan fikr, mazmuni jihatidan qo’shimcha jalb qilingan resurs evaziga(boshqalari o’zgarmagani holda) olingan mahsulot me’yoriy mahsulotbo’ladi degan fikrdan farq qilmaydi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling