Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanish
- Tasarruf etish
Egalik qilish — mulkdorlik huquqining mulk egasi qo’lida saqlanib turishidir. Mulkni
ishlatish mulk egasining o’z qo’lida yoki o’zga qo’lida bo’lishiga qarab boylik to’la yoki qisman o’zlashtiriladi. Masalan, bino, er kabilar ijaraga, pul qarzga berilganda egalik qilish mulkdorning qo’lida qoladi. Bu mulkdan kelgan daromadning bir qismi ijara haqi, foiz shaklida o’zlashtiriladi. Boshqa qismini esa ijarachi o’zlashtiradi. Bu mulk egasi xohishi bilan yuz beradi. Mulk egasi mulkni tasarruf etishni ma’lum bir chegarada undan foydalanayotganga topshirishi ham mumkin. Foydalanish — bu mulk bo’lgan resurslarni ishlatib, undan natija olish, daromad topish yoki shaxsiy ehtiyojni qondirishdir. Mulkdor mulkini o’zi ishlatganda egalik qilish va foydalanish qo’lida bo’ladi. Olingan natijani mulkdor tanho o’zi o’zlashtiradi. Egalik qilish bilan foydalanish ajralganda mulk keltirgan naf ham taqsimlangan holda o’zlashtiriladi. Tasarruf etish deganda mulk bo’lgan boylikning taqdirini mustaqil hal etish, ya’ni mulkni sotib yuborish, merosga qoldirish, asrab-avaylab ko’paytirish yoki uni yo’qotib yuborishdan iborat xatti-harakatlarni tushunamiz. Shunday qilib, mulkchilik yagona bir butunlik bo’lib, uning elementlari egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishdan iborat. Ular o’rtasida bog’lanish quyidagicha: tasarruf qilish foydalanish bilan aniqlanadi. Foydalanish esa egalik qilish bilan, egalik qilish esa mulk shakllari bilan aniqlanadi. Foydalanish bilan tasarruf etishning birligi egalik qilishni ifodalaydi. Mulkka dastlabki ta’rif beshinchi asrda imperator Yustinianning «Rim huquqi» kodeksida berilgan bo’lib, unda mulkchilik, egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqi tarzida ko’rsatilgan. Turli iqtisodiy maktablar mulk va uning mohiyatini turlicha talqin etishadi. Bir guruh iqtisodchilar, chunonchi o’arb iqtisodchilari mulkchilik (mulk munosabatlari)ni mulk sub’ektining mulk ob’ektiga bo’lgan munosabati tarzida talqin etsa, ikkinchi guruh iqtisodchilar esa ko’proq sub’ektlar o’rtasidagi munosabatlar tarzida talqin etishadi. Birinchi guruh iqtisodchilar mulk egasining o’z mulkiga munosabatida uni tasarruf etish va undan foydalanishiga e’tiborni ko’proq qaratishsa, ikkinchi guruh esa ko’proq odamlar o’rtasida yuz beradigan munosabatlar tarzida o’zlashtirishga ahamiyat beradi. Mulkchilik iqtisodiy kategoriya sifatida odamlarning xohish-irodasidan qat’i nazar amal qiladi. Bir guruh iqtisodchilar mulkchilikka ko’proq iqtisodiy kategoriya sifatida yondashadilar. Umuman olganda, qonunlar mulkchilik munosabatlarini yaratmaydi, aksincha, jamiyatdagi aniq tarkib topgan munosabatlarni mustahkamlaydi, xolos. Mulkchilik yuridik kategoriya sifatida ob’ektiv tarzda tarkib topgan o’zlashtirish munosabatlarini sub’ektiv ifodalanishi, bosh-qacha aytganda, bu munosabatlarni jamiyat tomonidan mustahkamlash zaruriyatining namoyon bo’lishidir. Boshqa guruh iqtisodchilar esa chunonchi, o’arb iqtisodchilari ko’proq huquqiy kategoriya sifatida yondashadilar. Xozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining «Institutsional yo’nalish» amoyandalari, taniqli amerikalik iqtisodchilar, Chikago universitetining faxriy professori, Nobel mukofotining laureati Ronald Kouz va Los-Anjeles universitetining professori Armen Alchianlar «Mulk huquqi» iqtisodiy nazariyasiga asos solishdi. Keyinchalik, bu nazariya bo’yicha tadqiqot o’tkazish va undan foydalanishda Y. Bartsel, G. Demets, D. Nort, R. Pozner va bosh-qalar faol qatnashdilar. Ular biz uchun o’rganib qolganimiz mulk tushunchasi o’rniga «Mulk huquqi» atamasini ishlatadilar. Ularning fikriga ko’ra, resurs o’zicha mulk bo’lmaydi, balki resurslardan foydalanish bo’yicha mulk huquqigina uni mulkka aylantiradi. Bunda «Xuquq dastasi» to’liq yoki uning ayrim elementi asosida yuzaga chiqadi. To’la huquq dastasi quyidagi 11 elementdan tashkil topgan: 1.Egalik qilish, ya’ni boylik ustidan nazorat qilish huquqi. 2.Foydalanish huquqi, ya’ni narsalarning xossalaridan foydalanish huquqi. 3.Boshqarish huquqi, ya’ni narsalardan kim, qanday foydalanishini ta’minlash masalasini hal etish, echish huquqi. 4.Daromad olish huquqi, ya’ni narsalardan foydalanishdan kelgan natijalarga ega bo’lish huquqi. 5.Tasarruf qilish (suverenlik huquqi), ya’ni narsalarni begonalashtirish, boshqacha aytganda, sotib yuborish, iste’mol qi-lish, o’zlashtirish yoki yo’q qilib yuborish huquqi. 6.Xavfsizlik huquqi, ya’ni boylikni ekspropriatsiya (tortib olish) qilishdan, tashqi muhitdan etkaziladigan ziyonlardan himoya qilish huquqi. 7.O’z boyligini meros qoldirish huquqi. 8.Narsa sohibi bo’lishning muddatsizligi huquqi. 9.Tashqi muhitga zarar keltiradigan foydalanish usullarini taqiqlash huquqi. 10.Qarzini to’lash javobgarligi huquqi, ya’ni narsadan qarzini to’lash uchun foydalanish imkoniyatlariga ega bo’lish. 11.Buzilgan huquqni tiklashni ta’minlovchi tartib va institutlarning mavjud bo’lishini ta’minlash huquqi. Shunday qilib, mulk huquqi deganda kishilar o’rtasida ne’matlar va undan Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling