Iqtisod moliya
a)3 – ishchidan so’ng b)15 dona v)2 - ishchi
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV BOB. MULK MUNOSABATLARI
- 1-§. Mulk — iqtisodiy hamda huquqiy kategoriya
3. a)3 – ishchidan so’ng
b)15 dona v)2 - ishchi T/N 1T, 2N, 3N, 4T, 5T, 6N, 7T, 8T, 9N, 10T, 11T, 12T. Testlar: 1g, 2a, 3a, 4v, 5g, 6a, 7d. IV BOB. MULK MUNOSABATLARI Tovar xo’jaligini, tovar ishlab chiqarishni vujudga kelishiga birinchi mehnat taqsimoti va uning chuqurlashuvi sabab bilsa, ikkinchidan ishlab chiqaruvchilarni mulk egasi sifatida iqtisodiy alohidalashuvi asos bo’lganini ko’rib chiqqan edik. Jamiyatning taraqqiyoti iqtisodiy munosabatlar, xususan mulk munosabatlari bilan chambarchas bog’liq, chunki har qanday jamiyat mulkchilikdan boshlanadi. Mulkchilik sub’ektning biron buyumdan foydalanishining faqat unga xos bo’lgan xuquq orqali ifodalanishida namoyon bo’ladi. Mazkur bobda mulk iqtisodiy hamda xuquqiy kategoriya ekanligi, jamiyatda mulkchilikka ko’ra ne’matlarni o’zlashtirish yuz berishi mulk turlariga xos mulk shakllarini ko’rib chiqamiz. Agar mulk iqtisodiy jihatidan ro’yobga chiqarilmasa, ya’ni, ishlab chiqarishda foydalanilmasa yoki o’z egasi tomonidan daromad keltirish uchun foydalanilmasa, bunda u faqat ‘huquqiy kategoriya sifatida qoladi. Mulkni biron shakli monopol mavqega ega bo’lishi, ne’matlarni o’zlashtirishda adolatni buzilishi natijada bir omilga tegishli mahsulotni ma’lum qismini monopol mavqega ega omil tomonidan o’zlashtirib olish imkoni yaratilishi, bozor iqtisodiyotining muxim afzalligi ham mulkchilikni turli shakllari va ularning tengligiga asoslanganligi, shu sababdan bozor iqtisodiyotiga o’tish mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish zarurligi masalalarini o’rganamiz. 1-§. Mulk — iqtisodiy hamda huquqiy kategoriya Xar birimiz bilamizki, inson yashar ekan, hayot kechirishi uchun turli ne’matlarni ishlab chiqaradi va iste’mol qiladi. Biroq, bir ne’matni iste’mol qilish, ya’ni undan foydalanishi uchun bu ne’mat undan foydalanmoqchi bo’lgan kishining o’ziniki bo’lishi kerak. Birovning narsasidan egasidan ruxsatsiz foydalanib bo’lmaydi. Demak, biror ne’matdan foydalanish uchun avvalo, butunlay yoki vaqtinchalik o’ziniki qilib olish kerak. Undan tashqari, odamlar o’rtasida mana shu jarayonda tushunmovchiliklar, nizolar chiqmasligi uchun ma’lum tartib, qoidalar belgilangan bo’lishi zarur. Odamlar o’rtasida ne’matlarga o’ziniki yoki o’zganiki tarzda qaralishi mulk munosabatlarida namoyon bo’ladi. Xar qanday jamiyat mulkchilikdan boshlanadi. Mulkning egasi bo’lish yoki bo’lmaslikka qarab shaxsning jamiyatdagi mavqei, sotsial maqomi yuzaga keladi. Mulkiy munosabatlarga asoslanmagan iqtisodiyot bo’lishi mumkin emas. Mulkchilik murakkab kategoriya. Uni o’rganadigan har bir ijtimoiy fan, o’zi uchun mulkchilikda tadqiqot predmetini topadi. Lekin iqtisodiy nazariya bilan huquqshunoslik fanlari alohida e’tibor qaratadi, chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, u shaxsning mavqeini, sotsial maqomini, qolaversa jamiyatdagi adolat darajasini belgilaydi. Iqtisodiyot nazariyasi odamlar o’rtasida ne’matlarni o’zlashtirish orqali eng muhim xo’jalik aloqalari yuzaga chiqishini o’rgansa, huquqshunoslik mulkchilikning huquqiy tomonlarini, uni o’zlashtirishning tartib-qoidalarini o’rganadi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling