Iqtisod moliya
Mulkchilik iqtisodiy ma’noda — kishilar o’rtasida mulkni o’zlashtirish, xo’jalik
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mulk — bu turli-tuman ob’ektlarning sub’ektga mansubligini bildiradi.
Mulkchilik iqtisodiy ma’noda — kishilar o’rtasida mulkni o’zlashtirish, xo’jalik
yuritish uchun ishlatish jarayonida yuz beradigan real munosabatlarni ifodalasa, huquqiy ma’noda — mulk yuzasidan vujudga keladigan aloqalar, qonun va huquqiy hujjatlarda, davlat tomonidan belgilangan va har bir fuqaro uchun majburiy tartibda rasmiylashtiriladigan yo’l-yo’riqlarda ifodalanadi. Mulk-chilik munosabat bo’lar ekan, bu munosabatning ob’ekti va sub’ekti mavjud. Mulk munosabatlarining ob’ekti er, tabiiy resurslar, ishlab chiqarish vositalari, uy- ro’zg’or buyumlari, pul, qimmatbaho qog’ozlar, axborot, intellektual g’oyalar, ish kuchi va hokazolardan iborat. Ko’pgina iqtisodchilarning fikricha, mulk munosabatlarining mavjud bo’lishiga sabab ana shu ob’ektlarning, umuman olganda, resurslarning cheklanganligidir. Ne’matlar mulkka aylangandan so’ng o’zlashtiriladi. Mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy mazmuni o’zaro bog’liq va bir-birini taqozo qiladi. Mulkchilik jamiyatdagi huquqiy hamda iqtisodiy munosabatlarni bir butun holda ifodalaydi. Shuning uchun ham mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy kategoriya, ham huquqiy kategoriya hisoblanadi. Mulk munosabatlarining sub’ekti: mulk ob’ektini o’zlashtirishda qatnashuvchilar, ya’ni shu munosabat ishtirokchilaridir. Bularga ayrim kishilar, oila, sotsial guruh, har xil jamoa tashkilotlari, qolaversa, davlat kiradi. Sub’ektlarning alohidalashuviga qarab o’zlashtirish individual, oilaviy, guruhiy, hududiy, umummilliy tus oladi. Mulk munosabatlari bir tomondan, mulk sub’ektlarining mulk ob’ektiga munosabati tarzida namoyon bo’lsa, ikkinchi tomondan, sub’ektlar o’rtasidagi munosabat tarzida yuz beradi. Mulk — bu turli-tuman ob’ektlarning sub’ektga mansubligini bildiradi. Bu mansublik esa aynan boshqa sub’ektlarga nisbatan ekanligi tufayli yuz beradi. Bu erda mulk bir tomondan, insonning narsalarga munosabati tarzida, ikkinchi tomondan, boshqa kishilarga nisbatan munosabat tarzida yuzaga chiqyapti. Narsa meniki, bu bilan hamma gap aytildi. «Meniki» deyish bilan mulkka nisbatan o’zining boshqalarga va boshqalarning o’ziga nisbatan munosabatini ifodaladi: mazkur narsa sizniki ham, bizniki ham emas, balki unikidir. Mulk odamlar o’rtasidagi munosabatlardan tashqarida emas. Mulk huquqiy kategoriya sifatida kishilarning narsalarga munosabati, ya’ni mulk sub’ektining ob’ektiga nisbatan munosabati nuqtai nazaridan o’rganilsa, iqtisodiyot nazariyasi esa odamlar o’rtasidagi munosabat, ya’ni sub’ektlar o’rtasidagi ob’ektga bo’lgan munosabat nuqtai nazaridan o’rganadi. Mulk vujudga kelgandan odamlar o’rtasidagi mulkiy munosabatlarni tartibga solish ob’ektiv zaruriyat bo’lib, uni ma’lum qonun-qoidalar orqali amalga oshirilgan. Yuz ming yillar davomida mulkiy munosabatlarni tartibga solishda biror boylikka egalik qilish, uni boshqarishda yuridik aktlar katta ahamiyatga ega bo’lgan. Masalan, Eshnuni, Xammurapi qonunlarini ko’rsatish mumkin. Shunday qilib, mulk iqtisodiy va huquqiy kategoriya sifatida bir butunlikdan iborat bo’lib, har ikki jihatdan bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Mulkchilik huquqi va iqtisodiy mazmuni o’zaro bog’liq, bir-birini taqozo qiladi. Shu sababli mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy kategoriya ham huquqiy kategoriya. Bu birlikda hal qiluvchi rolni mulkchilikni iqtisodiy tomoni egallaydi. Agar mulk iqtisodiy jihatdan ro’yobga chiqarilmasa, ya’ni ishlab chiqarishda foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa bunda u huquqiy kategoriya sifatida qoladi. Agar birov Vatan nima, u nimadan boshlanadi, degan savol bersa, unga iqtisodiy nuqtai nazardan oddiygina qilib, «Vatan — bu mulk, u har bir insonning mulkidan, uning mulkiga bo’lgan munosabatidan boshlanadi» deb aytish mumkin. Umuman olganda, qonunlar mulkchilik munosabatlarini yaratmaydi. Aksincha, jamiyatdagi real tarkib topgan munosabatlarni mustahkamlaydi, xolos. Mulkchilik yuridik jihatdan ob’ektiv tarzda tarkib topgan o’zlashtirish munosabatlarini sub’ektiv ifodalanishi, boshqacha aytganda bu munosabatlarni jamiyat tomonidan mustahkamlash zaruriyatining namoyon bo’lishi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik ishlab chiqarishning moddiy omili bilan mehnat omilini, ya’ni ishlab chiqarish omillarining tengligini ta’minlaydi. Bu omillar esa ishlab chiqarish jarayonida biri ikkinchisisiz faoliyat yurita olmaydi. Xo’jalik aloqalarining keng doirasi huquqiy munosabatlar xarakterini oladi. Bu munosabat qatnashchilari yuridik huquq va majburiyatlarni eltuvchi sifatida gavdalanadi. Xar qanday mulkning asosiy xususiyati: 1) uning albatta kimgadir tegishli bo’lishi; 2) egasining mulkni asrab-avaylashga, undan samarali foydalanishga intilishidir. Mulkchilik munosabatlarining sub’ektlari (fuqaro, oila, korxona, firma, tashkilot, muassasa va boshqalar) mulkiy huquq va majburiyatlarning sub’ekti sifatida jismoniy va yuridik shaxslarga bo’linadi. Jismoniy shaxs — fuqarolardan iborat bo’lsa, yuridik shaxs esa korxona, firma, muassasa, tashkilot, qolaversa, davlat bo’lib, xo’jalik aloqalarida mustaqil bir butun holda o’z nomidan faoliyat yuritadi. Mulkchilikni har tomonlama o’rganish uchta bosh sotsial-iqtisodiy masalani aniqlashga imkon beradi: 1. Iqtisodiy hukmronlik kim (qaysi xo’jalik yurituvchi sub’ekt) ning qo’lida. Ishlab chiqarish omillari va natijasi qanday o’zlashtiriladi? 2. Qanday iqtisodiy aloqalar, o’zlashtirish, resurslardan samarali foydalanish imkonini yaratadi? 3. Xo’jalik faoliyati yuritishdan olinadigan daromad kimga tegishli bo’ladi? Bularga muvofiq ravishda mulkchilik iqtisodiy munosabatlarning yagona tizimi sifatida: a) ishlab chiqarish omillarini va natijalarini o’zlashtirish; b) iqtisodiy resurslardan xo’jalik yuritishda foydalanish; v) mulkchilikni iqtisodiy realizatsiya qilish amalga oshiriladi. O’zlashtirish o’zining ildizi bilan ishlab chiqarish jarayoniga kirib boradi. Chunki har qanday ishlab chiqarish o’z ma’nosi bilan tabiat ne’matlari va energiyasini o’zlashtirishdir. Boshqacha aytganda, tabiat ne’matlarini ehtiyojlarni qondirishga moslashtirishdir. Ishlab chiqarish omillarini o’zlashtirish moddiy va mehnat resurslari ishlab chiqarish sohibining mulkiga aylangandan so’ng yuz beradi. Ishlab chiqarish jarayonida omillar birikib, mahsulotlar yaratiladi, xizmatlar ko’rsatiladi. Mana shu omillarning o’zlashtirilishiga qarab ishlab chiqarish natijalari o’zlashtiriladi. Ishlab chiqarish natijalarini o’zlashtirish yaratilgan mahsulot va xizmatlarni, ularni sotishdan kelgan daromad kimning mulkiga aylanishini bildiradi. Resurslar kimning mulki bo’lishiga qarab natija ham resurs egasiniki bo’ladi. Bu qoida egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish, yaxlit holda bir sub’ekt ixtiyorida bo’lganda yuz beradi. Agarda mulkka egalik va mulkdan foydalanish ajralgan holda bo’lsa, natijani o’zlashtirish mulkdor va mulkni ishlatuvchi o’rtasida yuz beradi. Bu erda shunday xulosaga kelish mumkinki, o’zlashtirish ishlab chiqarishsiz bo’lmaydi, ishlab chiqarish esa doimo ma’lum mulk doirasida yuz beradi. Iqtisodiy resurslar egalarining o’zlari yaratuvchilik faoliyati bilan shug’ullanishlari yoki ma’lum shartlar bilan o’z mulklarini xo’jalik yuritish uchun boshqalarga berib turishlari mumkin. Bunda mulk egalari bilan uni ishlatib turish uchun olgan kishilar o’rtasida mulkdan xo’jalik yuritishda foydalanishga oid munosabatlar vujudga keladi. Ijaraga oluvchi, ya’ni mulkni vaqtincha ishlatib turishga oluvchi, birovning mulkiga vaqtincha egalik qilish va foydalanish imkoniga ega bo’ladi. Birovning mulkidan foydalanib turgani uchun egasiga olgan daromadining bir qismini kelishgan muddat va shart bo’yicha beradi. Masalan, birovning avtomobili bor, undan yo’lovchilarga xizmat ko’rsatishda foydalaniladi deylik. Mashinani ishlatib 500 ming so’m daromad olish mumkin. Agar avtomobilni mulk egasining o’zi ishlatsa, daromadning hammasini o’zi oladi. Agarda uni ijaraga bersa, ya’ni avtomobilni ishlatish o’zga qo’lga o’tsa, 500 ming so’m daromadni shart bo’yicha 100 ming so’mini mashina egasi, 400 ming so’mini ijarachi o’zlashtiradi. Mulkchilik o’zlashtirishning iqtisodiy usullarini anglatadi. Davlat ham o’z mulkini huquqiy shaxslarga, chet el firmalariga ma’lum bir muddatga, ma’lum shart bilan, sanoat korxonalari yoki er uchastkalarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanishiga berishi mumkin. O’zlashtirish qarama-qarshi tomon, begonalashtirish, ya’ni boshqaning ixtiyoriga o’tish bilan to’g’ridan-to’g’ri birgalikda yuz beradi. Masalan, resurslarni bir tabaqa o’zlashtirsa, ikkinchisi muvofiq ravishda undan mahrum bo’ladi. Mulkchilik o’zlashtirishni g’ayri iqtisodiy usullarini ham ifodalashi mumkin. Bunda boylik mulk egasidan zo’rlik bilan tortib olinishi yoki uning o’z egasi tomonidan ixtiyoriy ravishda umummilliy maqsad yo’lida savob-xayriya ishlari uchun boshqa sub’ektlarga berilishi mumkin. Mol-mulkni zo’rlik bilan tortib olish ekspropriatsiya, ya’ni musodara deyiladi. Mulk egasi bilan kelishgan holda haqini to’lash sharti bilan majburiy ravishda davlatning ixtiyoriga o’tkazish esa rekvizitsiya deyiladi. Mulkiy munosabatlar doimo yuridik qonunlarda qayd etiladi. Busiz mulkchilik bo’lmaydi. Qonunlar orqali mulkiy aloqalar boshqariladi, tartibga solinadi. Respublikamizda ham mulkchilik munosabatlari eng avvalo asosiy qonun Konstitutsiya hamda qator qabul qilingan mulkchilikka taalluqli boshqa qonunlar orqali tartibga solinadi. Mulkchilik iqtisodiy hukmronlik bilan chambarchas bog’langan. Ishlab chiqarishni boshqarish mulkchilikning funktsiyasi. Ma’lumki, ishlab chiqarishni mulk egasi boshqaradi. Mulkchilik iqtisodiy hukmronlikning asosiy (yagona bo’lmasa-da) manbaidir. Mulkchilikning mazmunini o’zlashtirish ifodalaydi. O’zlashtirishning o’zi egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish yaxlitligidan iborat. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling