Tekshirdi: xomidov xushnudbek reja


Download 266.42 Kb.
Sana16.04.2023
Hajmi266.42 Kb.
#1359512
Bog'liq
gQyL7ikgt-Lf4snlmNsQREvmvr8VTwww (2)

O`zbekiston respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Islom karimov nomidagi Toshkent davlat texnika unversiteti Qo`qon filiali Elektronika va Elektra texnika fakulteti Mashinasozlik texnologiyasi fanidan Mustaqil ish mavzu Ishlov berilayotgan detalning yuzalari va bazalari Bajardi:3_20 MYAMT AZAMOV MAXMUDJON Tekshirdi: XOMIDOV XUSHNUDBEK

REJA: 1 Ishlov berilayotgan detalning yuzalari va bazalari 2 Yordamchi o‘rnatish bazasi 3 Bazalarning doimiylik tamoyili

Detallami dastgohlarda o‘rnatib ishlov berishda quyidagi yuzalar va bazalar mavjud: a) ishlov berilayotgan yuza, bu yuzadan ishlov berish natijasida ma’lum qatlamdagi metall olib tashlanadi; b) bazaviy yuzalar, bu yuzalar ishlov berish jarayonida detaining holatini belgilaydi; v) ishlov berishda ta’minlanadigan o‘lcham uchun o ‘lchov boshi yuzasi', g) mahkamlashda qisish kuchini qabul qiluvchi yuza; d) ishlov berilmaydigan yuza-, Baza vazifasim yuzalar chiziqlar, nuqtalar va ulaming yig'indisi bajarishi mumkin.

Bazalarning nimaga mo‘Ijallanganligiga ko‘ra quyidagicha bo‘lishi mumkin. Texnologik bazalar o‘rnatish va o‘lchov bazalariga bo‘linadi. O‘rnatish bazasi deb detaining ishlov berish uchun dastgohga yoki kesuvi asbobga nisbatan. o‘matishda foydalanilgan yuzaga aytiladi. O‘rnatish bazasi sifatida ishlov berilgan va ishlov berilmagan yuzalar qosllaniladi. Mexanik ishlov berilmagan yuza qora, ishlov berilgani esa toza baza deb yuritiladi.O‘rnatish bazalari asosiy va yordamchi bo‘ladi. Asosiy o‘rnatish bazasi deb detaining ishlov berish jarayonida o‘rnaydigan va boshqa yuzalar bilan tutash hamda tutash yuzalar bilan yig‘ilgan masbinada birgalikda xizmat bajaruvchi detallar yuzasiga aytiladi. Masalan, tishli g‘ildirakni markaziy teshigi.

Yordamchi o‘rnatish bazasi deb faqatgina detalga ishlov berish jarayonida o‘rnatish yuzasi bo‘lib xizmat qiladigan va uni boshqa yuzalari bilan birgalikda yig‘ilgan mashina bajarmaydigan yuzasiga aytiladi. Bunday o'rnatish bazasi ham deb yuritiladi.Mexanik ishlov berishda o‘z vazifasini bajargandan so‘ng bu yuzalar qirqib yuboriladi. O‘lchov bazasi deb Detalning boshqa yuzasini joylashishini ifodalovchi o`lcham uchun o`lchov boshi bo‘lib xizmat qiluvchi yuzaga aytiladi. Yig‘ish bazasi deb - detaining yig‘ilgan mashinada boshqa detallarga nisbatan holatini belgilovchi yuzasiga (yuzalar, chiziqlar, nuqtalar yig‘indisi) aytiladi


Bazalar va ulami ko'rinishlari.
a - shesternaning asosiy bazalari I, II, HI; b - shponkali valning
yordamchi bazalari 1, II, III, 1-qo‘shiladigan detal; v - detalningng
o ‘lchov bazasi A; g — juft yo‘na!tiruvchi baza I; d - jult tayanch baza
I; 1- detal: ye — o‘rnatish aniq (ayon) baza I, yo‘naltiruvchi ko‘rinmas
baza II, zagotovkaning tayanch ko‘rinmas bazasi 111, 1...6 - tayanch
nuqtalar, 7 - zagotovka, 8 - o ‘zi markazlovchi iskanja qisqichlari.
Konstruktiv (tuzilishni ifodalovchi) baza deb konsiruksiyani (tuzilmani) ishlab chiqishda boshqa detallarni o‘lchamlarini va holatlarini belgilovchi yuzasiga (yuzalar, chiziqlar, nuqtalar yig‘indisi) aytiladi. Konstruktiv yuza real, agarda u material yuzani ifodalasa, yoki geometrik, agarda u geometrik o‘qdan iborat bo‘lsa, ko‘rinishda bo‘ladi.
Bazalarning erkinlik darajasini yo‘qotish bo‘yicha quyidagi ko'rinishlari bo`lishi mumkin.
O‘rnatish bazasi - zagotovkani uchta erkinlik darajasitb bitta koordinata o‘qi bo‘yicha harakatlanish va boshqa o‘q bo‘yicha aylanishi yo‘qotiladi.
Tayanch bazasi - zagotovkani bitta erkinlik darajasini - bitta koordinata o‘qi bo‘yicha harakat yoki 111 — o‘q atrofick aylanishini yo‘qotiladi.
Bazalar ko‘rinishi bo‘yicha quyidagi bazalar bo‘ladi.
Ko‘rinmas - (berkitilgan) baza - bunda zagotovka bazasi ko‘zda tutilgan yuza, o‘q yoki nuqta ko‘rinishida bo‘ladi.
Aniq (ayon) baza — bunda zagotovkani baza real tekislik belgilangan nuqta yoki belgilar kesishgan nuqta ko'rinishida bomadi.
Bazalarni doimiylik va qo ‘shilish tamoyillan Detallarga mexanik ishlov berish usullari bilan tayyorlashda yuqori aniqlikka erishish uchun ulaming bitta yuzasini doim:>v ravishda o‘matish bazasi sifatida foydalanilsa maqsadga muvofiq bo ladi. Chunki o‘rnatish bazasi almashishi bilan ishlov berish aniqligi pasaydi. Buni asosiy sababi har bir o‘rnatishda Detalning yuzalarini o‘zaro joylashuvini ifodalovchi o‘qlar siljib qoladi. Tabiiyki, qator amallami bajarishda faqat bitta yuzadan
o‘rnatish bazasi sifatida foydalanish mumkin emas.
Bazalarning doimiylik tamoyili deb texnologik jaiayonning barcha amallarini bajarishda detalning bitta yuzasidan o‘rnatish bazasi sifatida foydalanishga aytiladi.Agar da yuqoridagi tamoyilga amal qilish qiyin bo`lsa, u holda о‘rnatish bazasi sifatida boshqa yuzalarga nisbatan aniq o`lcham bilan belgilanuvchi xizmat vazifasiga bevosita ta’sir etuvchi yuza olinadi.Xuddi shuningdek, bitta yuza turli xil baza vazifasini bajara oladigan qilib tanlab olish kerak, chunki bu ham detalning tayyorlashda yuqori aniqlikni ta’minlaydi.Shu maqsadda bitta yuzani ham oichov, ham o‘matish bazasi sifatida foydalanish maqsadga muvofiq boiadi. Agarda bu juftlikka yigish bazasi ham qo‘shilsa yanada yuqori mexanik ishlov berish aniqligiga erishish mumkin.Xuddi shu yondashish bazalami qo‘shilish tamoyili deb yuritiladi.O`lchov bazasini о‘rnatish bazasi sifatida foydalanish to‘g‘risidagi qaror detaining qaysi oichami aniq ta’minlanishi va qaysi yuzani oichov boshi sifatida qabul qilish kerakligiga bog`liq bo`ladi.
O‘rnatish va o`lchash bazalari
Masalan, rasmda ko‘rsatilgan holat uchun X o`lcham aniq ta’minlanishi kerak, bu o`lcham uchun o`lchov boshi A-A yuza. Ushbu yuza bir vaqtda ham o`lchov ham o‘matish bazasi bo`lib xizmat qiladi. l,b- rasmda Y oicham aniq ta’minlanishi kerak, uning uchun o`lchov boshi yuza B-B, qaysiki B-B yuza shu holat uchun oichov bazasi, A-A yuza esa o‘rnatish bazasidir. Bundan ko‘rinib turibdiki, ikkinchi tnisolda bazalari qo‘shilish tamoyili amal qilmaydi.
Download 266.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling