Iqtisod moliya


boylik)ni belgilangan tartib asosida o’zlashtirish tushuniladi


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

boylik)ni belgilangan tartib asosida o’zlashtirish tushuniladi. 


 Ma’lumki, kishilar iqtisodiy munosabatlarga biron-bir manfaatdan kelib chiqib 
kirishadilar. Iqtisodiy manfaatlar kishilarni harakatga keltiruvchi, ularning xatti-
harakatini, intilishini, xulq-atvorini belgilovchi kuchdir. 
 Manfaatlar — bu odamlar ehtiyojini munosabatlar orqali ifodalanishidir. Mulkchilik ham 
kishilarning iqtisodiy manfaatlarini aks ettiradi. Mulkning qanday doirada alohidalashuviga 
qarab, manfaatlar ham alohidalashadi: shaxsiy manfaat, oilaviy manfaat, jamoa manfaati, jamiyat 
manfaati va boshqalar. 
Xar bir kishi o’z shaxsiy manfaatiga, oila a’zosi sifatida oilaviy, mehnat qilayotgan 
jamoasi miqyosida manfaatga, yashayotgan yurtida shu yurtning fuqarosi, jamiyat a’zosi sifatida 
manfaatga ega. 
Xar bir kishining inson sifatida ehtiyojlari mavjud. Uning ehtiyoji, jamiyatda tutgan o’rni, 
uning shaxsiy manfaatini yuzaga keltiradi. U o’z ehtiyojini qondirish uchun harakat qilib 
manfaatni yuzaga chiqaradi. Buning uchun u o’z oilasida yashaydi, jamoada mehnat qiladi. Xar 
bir firma, jamoa, korxona boshqalaridan alohidalashgan holda xo’jalik yuritar ekan, shu 
jamoaning umumiy ishlovchilarini birlashtiradi. Xar bir inson o’z yurtining fuqarosi sifatida 
umumdavlat manfaatini ifodalaydi. Umumdavlat manfaati butun xalq maqsadining 
umumiyligidan dalolat beradi. 
Manfaatlar ob’ektiv hamda sub’ektivdir. Ob’ektivligiga sabab ehtiyojlarning ob’ektivligi, 
ikkinchi tomondan, manfaat har bir sub’ektning manfaati sifatida yuzaga chiqadi. 
Manfaatlar shuningdek, bir tomondan umumiy, ikkinchi tomondan xususiydir. 
Manfaatlarning umumiy bo’lishiga sabab shuki, avvalo, har bir inson ma’lum bir oilada, 
mamlakatda, qolaversa, Er sharida yashaydi, mehnat qiladi. Insonlar uchun shunday 
umumbashariy qadriyatlar mavjudki, ular umumiy manfaat tarzida namoyon bo’ladi. Masalan: 
atrof-muhitni muhofaza qilish, tarixiy yodgorliklarni asrash va boshqalar. 
Manfaatlarning xususiyligi har bir sub’ektning o’z manfaati borligidan kelib chiqadi. Bu 
manfaat aynan uning maqsadini ifodalaydi, boshqalarning manfaatidan ajralib turadi hamda 
boshqalarning manfaatlariga mos tushavermaydi. 
Insonning shaxs sifatida hamda mulk egasi sifatida manfaatlari bo’lib, ular bir-biridan 
farqlanadi. Shuning uchun mulkdor bilan mulksizning manfaati keskin farq qiladi. 
Xar bir shaxsning inson sifatida manfaati uning hayotiy ehtiyojlarini ifodalasa, mulkdor 
sifatida o’z mulkidan foydalanib daromad topishini ifodalaydi. 
Manfaatlarga turli jihatdan yondashish, har bir insonning manfaatlarini o’zida 
mujassamlashtiruvchi sub’ekt sifatida iqtisodiy faoliyat jarayonida, o’zini qanday tutishi 
mumkinligini avvaldan taxmin qilishga yordam beradi. 
Bozor iqtisodiyotining muhim tomoni, afzalligi ham shundaki, bozor ishtirokchilari bozor 
munosabatlariga o’z manfaatlaridan kelib chiqib kirishadilar. O’z manfaatlarini ko’zlash, amalga 
oshirish uchun harakat boshqalarning manfaatini ham o’ylashga majbur qiladi. Biror turdagi 
tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi o’z manfaatini ko’zlab biron tovar ishlab 
chiqarar ekan, uni sotish uchun ilojsiz ravishda xaridor manfaatini ham o’ylashga majbur. 
Chunki uning nafliligi, ya’ni iste’mol qiymati, narxi xaridorni qoniqtirmasa xaridor tovarni sotib 
olmaydi. U xaridor manfaatiga moslashadi. Bu esa boshqalarning ham manfaatini ta’minlashga 
olib keladi. 
Mulk egasining maqsadini amalga oshirish natijasida mulk iqtisodiy realizatsiya qilinadi. 
Mulkning iqtisodiy realizatsiya qilinishi mulk egasining manfaati amalga oshganida ifodalanadi. 
Mulkchilik real bo’lishi uchun mulkdorning iqtisodiy manfaati amalga oshuvi shart, ya’ni o’z 
manfaati yo’lida ishlata olish imkoniga ega bo’lishi kerak. Masalan, avtomobil egasi o’z 
mashinasini ijaraga berish, garovga qo’yish, o’zi minishi va boshqa imkoniyatlarga ega bo’lishi 
kerak. Agar shunday imkoniyatlar bo’lmasa mulk formal bo’ladi. 
Mulkning shakli hamda miqyosiga qarab uning realizatsiyasi ham har xil usullar orqali 
yuzaga chiqadi: o’z mulkini kapital sifatida ishlatib boshqalar mehnatini qo’llab yoki o’z 
mehnati bilan tadbirkorlik qilib daromad olish; o’z mulkini ijaraga berib ijara haqi, pul 


shaklidagi mulkini qarzga berib foiz, mulkini qimmatga sotib daromad olishi; yollanib ishlash 
orqali o’z mulki bo’lgan ish kuchidan daromad, ya’ni ish haqi olish. 
Shunday qilib, turli iqtisodiy faoliyat orqali mulk yuzaga chiqib, o’z egasiga daromad — 
naf keltiradi. O’z mulkini ishlatib qanday daromad topish mulk egasining salohiyatiga ko’p 
jihatdan bog’liq. 
Mulk tejamkorlikni yuzaga keltiradi. Mulk egasi o’z mulkini asraydi, avaylaydi, tejab-
tergab ishlatadi. Agarda mulk egasi uchun o’z qadrini yo’qotsa, uni zarur bo’lgan boshqa kishiga 
sotib yuboradi. Ko’pchilik mulk sohibi bo’lgandagina jamiyat boyligini saqlashi va ko’paytirishi 
mumkin. 
Mulkka ega bo’lishning quyidagi asosiy yo’llari bor: 
a) mulkni ishlab topilgan daromad evaziga sotib olish; 
b) mulkni daromad topish uchun ishlatish, ya’ni aktsiya olib dividend olish, kapital 
sifatida ishlatib foyda, pul shaklida bankka qo’yib foiz, ijaraga berib haq olish tufayli mulkni 
ko’paytirish; 
v) meros olish. 
Mulkdorlarning ko’payishi mulkka ega bo’lishnigina emas, balki mulk shakllarining ham 
har xil bo’lishiga olib keladi. 
Iqtisodiy manfaatlarning har bir mulk doirasida yuzaga chiqishi va uni amalga oshirish 
uchun iqtisodiy sharoit mavjud bo’lishi kerak. Buning uchun qaysi mulk shaklidan qat’i nazar, 
qonun bilan himoyalanishi va har bir mulk shaklini rivojlantirish uchun keng huquqiy-iqtisodiy 
sharoitlar yaratish kerak. 
Aynan bozor iqtisodiyoti ana shunday sharoit yaratish imkoniga ega. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling