Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’yin tafsiloti
2-tarqatma material Mulk huquqining aniq belgilangan sifatlari: *Universalligi. *Xamma tovarlar, xizmatlar va resurslar mulk hisoblanadi. Ulardan foydalanish, imtiyoz va cheklashlarning barchasi belgilangan. *Uning faqat mulk egasiga tegishli bo’lishi. *Mulkka egalik qilish va foydalanishdagi xarajatlar va olingan foyda, natija mulk egasiga qarashli bo’ladi. Ulardan boshqalarning foydalanishi, sotish yoki ijaraga berish orqali amalga oshishi mumkin. *Mulkni qo’lma-qo’l o’tishi. *Mulkchilik huquqi bir mulk egasidan boshqasiga o’tishi mumkin. Bunda mulkni merosga qoldirish, sotish, hadya qilish, qarzni to’lash kabilar orqali mulk qo’lma-qo’l o’tishi mumkin. *Xuquqiy ta’minlanganligi. *Mulkchilikning barcha huquqlari qonuniy yo’l bilan himoya qilingan. Boshqa kishilar tomonidan sanktsiyasiz birovning mulkini egallab olish, yoki nazorat qilish ma’n qilingan. Bu tarqatiladigan materiallardan talabalar tadqiqot o’tkazish jarayonida foydalanadilar. Shunday qilib tadqiqotni amaliy o’yin o’tkazish bilan boshlaymiz. O’yin tafsiloti. Ixtiyoriy ravishda o’yinda ishtirok qilish uchun 10 talabani doska oldiga chiqishini so’rab o’qituvchi talabalarga murojaat qiladi. Ularga aylana shaklida yonma-yon turishlari kerakligi aytiladi. Aylananing diametri 2 metrdan kam bo’lmasligi kerak. Ana shu aylanaga o’qituvchi gugurt cho’pi, skrepka, yoki boshka narsani (biz gugurt cho’pini tanladik) sochib tashlaydi. Doskaga o’yinda qatnashayotgan talabalarning ismi yoziladi. O’yin 1 minutdan 2 raund bo’lishini tushuntirasiz. Erga o’qituvchi gugurt cho’plarni sochib tashlab, talabalarga birinchi raundda erdan olgan gugurt cho’pi uchun 0,1 ball, ikkinchi raundda esa 0,2 ball berishni alohida ta’kidlanadi. Gugurt cho’plarni har bir raundda alohida topshiriladi. O’yinning shartlari hammaga tushunarlimi yoki yo’qligini yana bir so’raysiz. Avvaliga talabalar o’zaro kelishishga harakat qilishi mumkin. Ikkinchi raundda teramiz deb. Lekin baribir biron talaba gugurt cho’pini terishni boshlaydi. Unda qolganlar ham yoppasiga terishga tushadilar, natijada birinchi raunddayoq gugurt cho’plar terib bo’linadi. Yordamchi talaba doskaga har bir talabani tergan skrepkasi miqdorini yozib qo’yadi. 2. Navbatdagi raundda skoch bilan polni 10 ta kvadrat bo’lakka bo’linadi. Xar bir talaba o’z kvadrati yonida tursin. Talabalarga har kim faqat o’z kvadratidagi gugurt cho’pini terishi mumkin. Boshqalarnikini olish mumkin emas deb tushuntirasiz. O’qituvchi gugurt cho’pini hamma kvadratlarga tushadigan qilib sochadi. Agar gugurt cho’plari lentani ustiga tushgan bo’lsa uni kvadratlarga olib tashlanadi. Shart xuddi birinchidagidek. O’yin ikki raundda bo’ladi. Birinchi raundda har bir gugurt cho’pi uchun 0,1 ball, ikkinchisida 0,2 ball beriladi. 3. Bunda birinchi raundda poldan bir dona ham gugurt cho’pini ko’tarilmasligi aniq. Sababi, ikkinchi raundda talabalar avvalgiga, bir-biridan qizg’anib, shoshib terganiga o’xshamagan holda shoshmay erdan gugurt cho’plarni terishadi. Raund tugagach talabalar tergan gugurt cho’plar miqdori va ballar doskaga yoziladi. 1 - o’yin 2- o’yin Talabalar dona dona ball dona dona ball Odiljon 10 0 1,0 0 10 2,0 Olimjon 8 0 0,8 0 9 1,8 Erkinjon 9 0 0,9 0 10 2,0 Nuriddin 8 0 0,8 0 7 1,4 Xusniddin 5 0 0,5 0 4 0,8 Azmiddin 4 0 0,4 0 6 1,2 Abduxalim 3 0 0,3 0 4 0,8 Abduxamid 6 0 0,6 0 6 1,2 Abduxolik 6 0 0,6 0 2 0,4 Anvar 7 0 0,7 0 2 0,4 O’qituvchi talabalarni o’yinda qatnashgani uchun minnatdorchilik bildirib, hammalarini o’tirishga taklif etadi. So’ngra o’qituvchi talabalarga savol bilan murojaat qiladi. Jamiyatni maqsadi o’z cheklangan resurslaridan samarali foydalanish. O’yinimiz bo’yicha eng ko’p foyda olish uchun gugurt cho’plarni qachon terishni boshlash kerak (ya’ni resurslarni samarali joylashtirish uchun)? Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling