Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
Ikkinchi raundda. Sababi, ikkinchi raundda ular uchun (ularning qadri) jamiyat ikki
barobar yuqori to’lashga tayyor. Savol: -Nima sababdan hamma talabalar birinchi o’yinda, birinchi raunddayoq hamma gugurt cho’plarni terib bo’lishdi? Vaholanki ikkinchi raundda ikki barobar qimmat to’lanardi? Nima farqi bor? Talabalar turlicha fikr bildirishi mumkin. Birinchi raundda gugurt cho’plar umumiy, hech kimga tegishli emas, Kim birinchi bo’lib ko’proq terishga ulgursa, shuncha ko’p ball yig’adi (pul oladi). Oldinrok harakat qilsa ko’proq yig’ishi mumkin. Boshqalarni qancha gugurt cho’pi terishini hech kim nazorat qilmaydi. Ikkinchi raundgacha nima qoladi noaniq. Xar bir talaba o’z manfaatidan kelib chiqib, ikkinchi raundni kutishdan voz kechishadi. Chunki bu kutish tufayli, ikkinchi raundda qancha gugurt cho’pi terish mumkin, umuman qanchasi koladi, yoki qolmaydi noaniq. Shuning uchun ham hech bo’lmaganda bir talaba terishni boshlaydi. Bir talaba gugurt cho’pini terishni boshlagach, qolganlar ham shosha-pisha gugurt cho’pi terishga kirishib ketadi. Ikkinchi o’yinda esa talabalar vaqtni nazorat qilish imkoniga ega. Shuning uchun hamma ikkinchi raundni kutdi. Chunki endi ular faqat o’z kvadratlariga to’g’ri kelgan gugurt cho’plarnigina terishlari mumkin, ya’ni gugurt cho’plarga mulk huquqi belgilangan. Savol: - Mulk huquqini belgilanishi talabalar hatti-harakatiga qanday ta’sir qildi? Ikkinchi o’yinning 2 raundida talabalar kutishlari evaziga foyda ko’rishdi. Mulkdan samarali foydalanildi. O’yinda yuz bergan munosabatlarga ikki jihatdan yondashish mumkin: 1.Talabalarni, ya’ni jamiyatni mulkka (gugurt cho’pga) munosabati; 2.Jamiyat a’zolari (talabalarni) mulk (gugurt cho’pi yuzasidan o’zaro munosabatlari. Gugurt cho’plar(mulk) poldan terib olingach, uni tergan hohlaganini qilishi mumkin, Bizni o’yinimizda gugurt cho’pini sotayapti. Shuning uchun birinchi o’yinda gugurt cho’plarni hamma uchun bir xil olish imkoniyati bo’lganda, biri-biriga qaramay shosha-pisha terishga tushishdi. Ikkinchisida esa aksincha. Demak bundan qanday xulosa chiqarish mumkin? Resurslar hamma uchun teng umumiy bo’lsa, ulardan foydalanish yuzasidan hech qanday cheklash bo’lmasa, ulardan: 1) samarasiz foydalaniladi; 2) ularni tezda tugatib, yo’q qilinishigacha olib kelish mumkin; 3) ularni o’zlashtirib, ya’ni o’ziniki qilib olish jarayonida turli konfliktlar chiqishi mumkin. Savol: - Kishilik jamiyati taraqqiyoti natijasida qanday ob’ektiv zaruriyat kelib chiqdi va bu muammo qanday tarzda hal etildi? Albatta, bunda ham turli-tuman javoblar bo’ladi. O’qituvchi uning qaysi biri haqiqatga yaqinligiga qarab baho berishi kerak. Dastlabki insonga hamma tabiatdagi ne’matlar birday qarashli bo’lgan paytda, bor ne’matlarni iste’mol qilishi oqibatida ochlikka mahkum bo’lishdan dehqonchilikni o’rganish, ya’ni ishlab chiqarishni boshlash bilan yo’l topgan bo’lsa, tabiatda resurslarni cheklanganligi, ularni pala-partish, samarasiz ishlatishdan mulkchilik munosabatlari kelib chiqishi, muvofiq ravishda mulk huquqlarini belgilash bilan yo’l topdi. Xususiy mulkchilik resurslardan eng samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi. Shunday kilib, avvaldan ilgari surgan gipotezamiz, birinchi sharoitga to’g’ri kelmas ekan, lekin ikkinchi sharoit uchun mos tushar ekan. O’yinni muhokama qilish jarayonida tadqiqotni yanada chuqurlashtirish uchun qo’shimcha: Manfaat o’zi nima, uni mulk bilan qanday bog’liqligi bor? Nima sababdan manfaat bir tomondan ob’ektiv, ikkinchi tomovdan sub’ektiv, bir tomondan umumiy, ikkinchi tomondan xususiy? degan savollar bilan murojaat qilish mumkin. Bunda talabalarni diqqatini ehtiyojlarning ob’ektivligi, ya’ni insonning yashashi uchun ehtiyojlarini qondirish zarurligi, ikkinchi tomondan u har bir insonning sub’ektiv ehtiyoji tarzida namoyon bo’lishi, ehtiyojlarni qondirish uchun ne’matlar unga tegishli bo’lishi, ya’ni o’zlashtirilishi lozimligi haqidagi fikrlarga diqqat qaratish kerak. Inson o’z manfaatini o’ylovchi egoist ekanligi, shuning uchun ham xususiy manfaat umumiy manfaat bilan mos tushavermasligi, natijada umum manfaatiga zid bo’lsa ham resurslardan samarasiz foydalanishga olib kelishini ko’ramiz. Real hayotdan qanday misollar keltirish mumkin? Xozirda hech kimniki bo’lmagan ne’matlar bormi? Misol qilib, kitlar, ilonlar, turli hayvonlar, suv, havo kabilarni, natijada qanday muammolar vujudga kelayotganiga qator misollar keltirish mumkin. Darsda yana shuni ham ta’kidlash kerakki, talabalar o’yinda o’zlarining huquqlari (o’yindan avval o’qituvchi tomonidan e’lon qilingan shartlar bo’yicha) o’qituvchi tomonidan ta’minlanishini ko’zda tutgan holda qatnashishgan. Mulk huquqini ta’minlashning sharoitlari, kim tomonidan, qanday tarzda amalga oshirilishi haqida birgalikda tadqiqotni yana davom ettirish mumkin. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling