Iqtisod-qurulish fakulteti iqtisodiyot yo’nalishi


Boshkarishning sotsial-ruxiy usullari


Download 212.16 Kb.
bet13/15
Sana21.04.2023
Hajmi212.16 Kb.
#1370028
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
203-guruh5

4. Boshkarishning sotsial-ruxiy usullari
Sotsial-ruxiy usullarning asosiy maksadi jamoalarda soglom ijtimoiy-ruxiy muxitni yaratishdir. Bu usulda ijtimoiy–ma‘naviy vaziyatga ta‘sir etish yo’li bilan kishilarning fe‘l-atvori, ruxiyatni xisobga olib ularning ijtimoiy (sotsial) talablarini kondirish orkali boshkarishni bildiradi.
Boshkacha kilib aytganda, sotsial-ruxiy usullar bu ishlab chikarish jamoalarini, ulardagi «psixologik vaziyatni», xar xodimning shaxsiy xususiyatlarini o’rganishga asoslangan usullardir.
Boshkarishning sotsial-ruxiy usullari kuyidagi muammolarni xal kilishga karatilgan:

1.

Kishilarning sotsial-ruxiy xususiyatlari, chunonchi, kobiyatlari, mijozlari, xarkatlari va xokozolarni xisobga olgan xolda mexnat jamoalarini tashkil toptirish. Buning natijasida jamoani rivojlantirish, ishlab chikarish samaradorligini oshirish maksadida xamkorlikda ishlash uchun ko’lay shart-sharoitlar yaratiladi.

2.

Sotsial yurish–turish me‘yorlarini o’rnatish va rivojlantirishga yaxshi va namunali an‘analarni ko’llab-kuvvatlash va milliy urf-odatlarni joriy etish xamda jamoa ongini ustirishga yordam beradi.

3.

Sotsial rivojlantirishni va kishilarning intilishini, tashabbusini ragbatlantirish, umumiy ta‘lim darajasini oshirish, madaniy, ma‘naviy va ma‘rifiy o’sish, malaka oshirish, estetik ravnak va mexnatga ijodiy munosabatni ta‘minlaydi.

4.

Kishilarning madaniy va sotsial-maishiy extiyojlarini kondirish, chunonchi, uy-joylar, bolalar bogchalari, klublar, prafilaktoriylar, sport ishootlari va xakozolarni kurishga sharoit to’gdiradi.




Mexnat jamoalarda talabchanlik, o’zaro yordam, intizomni buzuvchilarga murosasizlikdan iborat soglom sotsial-psixologik muxitni vujudga keltirish va uni ko’llab-kuvvatlashga sharoit tugdiradi.

6.

Odamlarning o’z mexnatidan, tanlangan mutaxassisligi va kasbidan konikishlari uchun, ishlab chikarish samaradorligi va ish sifatini oshirish uchun shart-sharoitlarini vujudga keltiradi.

Bu muammolarni yechimi boshkarishning yanada yumshok, samarali bo’lishini talab kiladi. Boshqaruv vakolati va ma’suliyati bir-biri bilan hamohang bo’lishi kerak. Aks holda korxona va uning xodimlari uchun kutilmagan noxushliklar paydo bo’lishi hech gap emas. Masalan, topshirilgan vakolatning ma’suliyatdan baland bo’lishi ma’muriy beboshlikka, dabdababozlikka yo’l ochadi. Chunki bunday sharoitda rahbarlarni xatti-harakati jazolanmasdan qolishi mumkin.


Buning teskarisi esa, ya’ni ma’suliyatning vakolatdan baland kelishi holatlari faol harakatni shol(falaj) qilishgacha olib keladi. Chunki bunday sharoitda kishilar o’zlariga noxush holatlarni tug’dirib qo’yishlaridan xavotirda bo’lib, ortiqcha harakat qilishdan o’zlarini tiyadilar.
Shu sababli vakolat bilan ma’suliyatning munosibligi boshqarishning har bir bo’g’inidagi rahbar va xodimlar uchun o’ta zarurdir. Shundagina korxona faoliyati bir moromda taraqqiy etishi mumkin. Bu nisbatlarni quyidagicha tasvirlash mumkin(24-chizma).
Darhaqiqat korxonadagi mavjud va paydo bo’ladigan muammolarning barchasini faqat bitta rahbarning o’zi yechishga qodir emas. Yumushlarning ko’plagi, rahbar vaqtining yetishmasligi, muammolarning turli-tumanligi tufayli ularni bajarish uchun malakali shaxslar qarorlarini zrurligi kabilar lavozimli shaxslarga vakolat berish zaruriyatini tug’diradi
Vakolat berish bilan rahbar, bir tomondan ikkinchi darajali ishlardan o’zini ozod etsa, ikkinchi tomondan qabul qilinganqarorlar ijrosini ta’minlash joyini yaqinlashtiradi. Boshqarishning u yoki bu bo’g’iniga topshiriladigan vakolat miqyosi yechiladigan muammolarning:

  • murakkabligiga;

  • muhimligiga;

  • turli-tumanligi kabi omillarga bog’liq. Qanchalik shu jihatlar mavjud bo’lsa, shunchalik vakolat miqyosi, ko’lami kengayadi.

Farmoyishli vakolatning mohiyati shundan iboratki, bu vakolatga ega bo’lgan shaxs kimga taalluqli bo’lsa o’shalarning ijro etishi uchun zarur bo’lgan qarorlarni qabul qilishga haqlidir. Bu vakolatlar ikki turga bo’linadi:

  • chiziqli vakolatlar;

  • funksional vakolatlar.

Chiziqli vakolat turlarining eng asosiysi bo’lib, tashkilotlarning ierarxik tuzilishining paydo bo’lishi bilaniq vujudga kelgan. U yakka hokimlik tarzda rahbarlik qilishga, ya’ni qonun doirasida:

  • buyruq va farmoyishlar berishga;

  • barcha masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilishga asoslangan.

Chiziqli vakolatli rahbarni odatda, chiziqli rahbar deb ataladi.
Funksional vakolatlar, odatda bilvosita aloqa sharoitida amalga oshiriladi. Bunda vakolatlar ma’lum doirada cheklangan bo’ladi. Chunki har bir boshqaruv bo’g’inidagi rahbarga muayyan funksiyalar biriqtirib qo’yiladi. Masalan, biri marketingni, ikkinchisi ishlab chiqarishni, uchinchisi esa moliyani boshqarish bilan shug’ullanadi.
Idoraviy vakolatlarni korxonalardagi funksiyalarning murakkablashib, ubilan bog’liq bo’lgan boshqarish jarayonining qiyinlashib borishi vujudga keladi.
Maslahat beruvchi apparat. Bir yo’nalishdagi rahbar biror-bir muammoga duch kelib uning yechimi uchun mahsus malakaga ega bo’lgan mutaxasislarga zaruriyat tug’ilsa, bunday hollarda korxona qoshida vaqtinchalik yoki doimiy faoliyat ko’rsatuvchi mahsus maslahat beruvchi apparat tuziladi.
Xizmat qiluvchi apparat. Bu apparatning asosiy vazifasi rahbariyatga o’z vakolati doirasida xizmat qilishdan iborat. Bunday apparatg akadrlar bo’limi misol bo’la oladi. Unga quyidagi vakolatlar beriladi:

  • xodimlarning shaxsiy xujjatlarini yurgizish;

  • ishga qabul qilish uchun potensial kadrlarni izlash va tekshirish;

  • bir yo’nalishdagi rahbarga nomzodlarni tavsiya qilish va hokazo.

Shaxsiy apparat – bu xizmat ko’rsatuvchi apparatlarning bir ko’rinishi bo’lib,bu rahbarning shaxsiy yordamchisi, yo kotibi yoki referendi bo’lishi mukin. Uning vazifasi rahbar nimani talab qilsa uni bajarishdir. Bu shaxslar hech qanday vakolatga ega bo’lmaydila . Ular faqat rahbar nomidan va uning topshirig’i bilan ish tutadilar.
Tavsiyali vakolatlar – faqat tavsiya xarakteriga ega. Bu vakolatga ega bo’lgan shaxslar rahbarlarga yoki bajaruvchilarga u yoki bu murakkab masalalar yechimi bo’yicha o’z takliflarini, zaruriyat tug’ilgam hollarda beradilar. Rahbar takliflarni qabul qilishi yoki e’tiborsiz qoldirishi ham mumkin.
Muvofiqlashtiruvchi vakolatlar hamkorlikda qarorlarni ishlab chiqish bilan bog’liq. Odatda, bunday vakolatga korxonada murakkab yoki baxsli muammolar vujudga kelib ularni yechish zarurati tug’ilgan hollarda eftiyoj tug’ildi.
Hisob va nazorat qilish vakolatiga ega bo’lgan shaxs yoki guruhlar tekshirilayotgan ob’ekt bo’yicha ularning rahbarlaridan barcha zarur ma’lumotlarni talab qilishga haqlidirlar. Tekshiruv asosida tayyorlangan materiallarni o’zlarining xulosalari bilan birga yuqori bo’g’inga taqdim etish hisob va nazorat qilish vakolatiga ega bo’lganlarning asosiy vazifasidir.
Murosaga keltiruvchi vakolatlarning mohiyati shundan iboratki, shu huquqga ega bo’lgan shaxs qabul qilinayotgan qarorlarga nisbatan dahldorlik darajasiga qarab albatta o’z fikrini bildiradi. Buni u ham chiziqli, ham funksional vakolatlar doirasida bajaradi. Bunday vakolatlar:

  • ehtiyotkorlikka da’vat etuvchi va

  • muhosara qiluvchi vakolatlar ko’rinishida bo’lishi mumkin.

Ehtiyotkorlikka da’vat etuvchi vakolatga ega bo’lgan shaxs, masalan, yurist rahbar qabul qilgan qarorlarning qonun va o’rnatilgan tartiblarga mos tushishi va tushmasligini tekshiradi va undagi kamchilik va qonuni buzganligini aytib, uni to’g’rilashga undaydi. Agar rahbar haqqoniyligini isbotlasa-yu, yurist bu bilan qoniqmasa, u holda rahbarning zimmasida mazkur qonunbuzarlikning oqibati saqlanib qoladi.

Download 212.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling