Iqtisod va hayot


Download 25.72 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi25.72 Kb.
#1125152
Bog'liq
iqtisod va hayot


Iqtisod va hayot
Koʻpchilikdan “Iqtisod qanday soha?” deb soʻrasam, “Hisob-kitob qiladigan soha” degan javob olaman. Albatta, iqtisodni hisob-kitobsiz tasavvur qilish qiyin. Lekin iqtisod – ijtimoiy fan. U jamiyatshunoslikning bir qismi.
Iqtisod faniga darsliklarda keltirilgan taʼrifni chetda qoldirib, keling, unga oddiy tavsif berishga urinib koʻramiz.
Iqtisod – jamiyatning hamma aʼzolari uchun farovon hayot yaratish usul va vositalarini oʻrganadigan va amalda qoʻllaydigan soha. Iqtisodning yagona maqsadi – jamiyatning har bir aʼzosi uchun yaxshi turmush tarzini yaratish. Ana shu asosiy maqsaddan boshqa ikkilamchi maqsadlar kelib chiqadi: iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash, ishlab chiqarishni rivojlantirish, barchani ish bilan taʼminlash va hokazo.
Bugun oliygohlarda iqtisod yoʻnalishi boʻyicha tahsil olayotgan koʻpchilik talabalar iqtisodni nazariy jihatdan chuqur oʻrganib, shu bilimlarni amalda qoʻllashga kelganda ozgina qiynalishadi. Ushbu turkum maqolalarda men qoʻldan kelgancha va oʻz bilimlarim doirasida iqtisodiy nazariya va amaliy iqtisod oʻrtasida bogʻliqlikni koʻrsatishga harakat qilaman.
Koʻpchilik orasida yana bir xato tushuncha bor: iqtisod asosida pul turadi. Yoʻq – iqtisod asosida manbalar (resurslar) turadi – pul ularning harakatini taʼminlovchi vosita, xolos. Savdo – iqtisodning katta qismi, lekin u iqtisodning asosi emas. Ibtidoiy jamoada savdo boʻlmagan. Odamlar oʻz ehtiyojlarini qoplash uchungina mehnat qilishgan. Jamoa orasida shu jamoa ehtiyojlarini qondirish uchun mehnat taqsimoti boʻlgan: Ayollar nasl tarbiyasi va termachilik bilan mashgʻul boʻlsa, erkaklar ov va jamoa xavfsizligini taʼminlash bilan band boʻlgan. Bunday iqtisodda pul kerak boʻlmagan va iqtisod tabiiy qonunlar asosida qurilgan.
Yuqoridagi misoldan birlamchi ehtiyojlar nima ekani yaqqol tushunarli. Oziq-ovqat, boshpana va yashab nasl qoldirish uchun xavfsiz sharoit – bizning birlamchi (tabiiy) ehtiyojlarimizdir. Faqatgina tabiiy ehtiyojlarni qondirish uchun ishlaydigan iqtisod – tabiiy iqtisoddir (tabiiy fenomen).
Pulga (yoki uning oʻrnini bosadigan narsaga) zarurat mehnat natijasida topilgan mahsulotlar birlamchi ehtiyojlarni qondirib, ortib qolganda paydo boʻlgan. Qishloq xoʻjaligi rivojlangani sayin, yetishtirilayotgan mahsulot koʻpayib borgan. Bir qabilada ortiqcha bugʻdoy toʻplanib qolsa, boshqasida ortiqcha meva-sabzavotlar yigʻilgan. Ikki qabila oʻrtasida shu mollarni ayirboshlash (barter) boshlangan.
Bu jarayon jamoa oʻrtasida ijtimoiy tabaqalanishga olib kelgan. Endi savdo orqali boshqalarga nisbatan koʻproq manbaga (resursga) ega boʻladigan odamlar paydo boʻlgan. Bunda tabiiy resurslar odamlarning nafaqat tabiiy ehtiyojlarini – balki ijtimoiy talablarini ham qondirishga safarbar qilingan. Mana shu bosqichda ijtimoiy iqtisod (sotsial fenomen) yuzaga kelgan.
Siz bilan biz oʻrganadigan iqtisod – ijtimoiy iqtisod. Toʻgʻri, bugungi iqtisod ibtidoiy tuzum iqtisodidan ancha murakkab. Lekin uning asosida oʻsha minglab yillar avvalgi iqtisodni boshqargan qonuniyatlar va tamoyillar yotadi. Shunday ekan, iqtisodni tushunish uchun biz juda oddiy tushunchalar va misollardan foydalanamiz.

HAYOT— hayotning mazmuni, maqsadi, qadr-qimmati haqidagi muammolarni tadqiq va talqin etuvchi falsafiy oqim. 19-a. oxiri — 20a. boshlarida Germaniya va Fransiyada paydo boʻlgan. Hayot falsafasining ibtidosida A. Shopengauer turadi, asoschisi esa F. Nisshe hisoblanadi. Oqim vakillari fikricha, hayot — birinchi oʻrindagi voqelik, keyinchalik maʼnaviyat va moddiyatga, ong va borliqqa boʻlinadigan uzviy yaxlitlik. Hayot Hayot falsafasining asosiy tushunchasi hisoblanadi. Hayot falsafasi hayotning mohiyatini uning oʻzidan anglab olishga intiladi. U his-tuygʻular va instinktlarni ulugʻlaydi, aqlni tanqid va inkor qiladi. Hayot falsafasi tarafdorlariga koʻra, hayot tushunchasi murakkab, koʻp maʼnoli, oʻzining aniq talqiniga ega emas. Shu sababli uni tabiiy-biologik (F. Nisshe, A. Klages), madaniy-tarixiy (V. Diltey, G. Zimmel, O. Shpengler, X. Ortega-i-Gaset) tushunish mavjud. Tabiiy-biologik talqinda qayot biologik maʼnoda tushunilib, biologik xossalar butun voqelikka tatbiq qilinadi. Hayot tabiiylik bilan qiyoslanadi va har qanday sunʼiylikka qarshi qoʻyiladi. Bu yoʻnalish tarafdorlari kuch-qudratni ulugʻlaydilar, har qanday gʻoyaning roʻyobga chiqishini kishilar yoki ijtimoiy guruhlarning manfaatlari bilan bogʻlaydilar. K. Bergson fikricha, hayot — fazoviy hayotiy shiddat, u dastlab yagona markazda tugʻilib, koʻp jihatlardan bir-biridan farqlanadigan qator portlashlar, sifatli sakrashlar orqali parallel ravishda rivojlanib boradi. Uning mohiyati ichki kechin-malardan kelib chiqadigan, qalbdagi jarayonlar vositasida fahmlab olinadigan ong yoki aʼlo ong. Diltey, Zimmel hayotning mohiyatni ichki ruhiy kechinmalardan izlaydi. Ortega-i-Gaset inson hayotini tabiatga qiyos-lab oʻrganishga intilgan aqlning bunlay tadqiqot uchun zaiflik qilishini taʼkidlaydi. U ham inson bilan olam yaxlitligini, inson hayotining tashqi taʼsirlardan xoli, oʻz-oʻzicha ibtidoga ega ekanini hisobga oladigan, aklning nisbatan keng maʼnodagi tushunchasini ishlab chiqishga urinadi. Nuqtai nazardagi bunday fikrlarga qaramay, ularda hayot mexanik, tartibsiz tuzilmalarga. Barcha qatʼiy belgilab qoʻyishlarga, qotib qolishlarga qarshi turadigan ijodiy shakllanishning uzviy jarayoni sifatida namoyon boʻladi.
Ijod, ayniqsa, badiiy ijod H. f. uchun nihoyatda muhim, u hatto hayotning oʻzi. Shu nuqtada Hayot falsafasi noratsi-onal intuitivizmga, uning bilish nazariyasiga yaqinlashadi. Chunonchi hayot dinamikasini, narsa-hodisaning individual tabiatini umumiy tushunchalarda ifodalab boʻlmasligi, uni bevosita fahmlash, intuitsiya orqali angʻlash mumkinligi har ikkala oqimga xos. Hayot falsafasi fan bilan falsafaning olamga yondashuvidagi keskin farqni koʻradi. Fan olamni egallash va oʻziga boʻysundirishga harakat qiladi, falsafaga esa mushohadakorlik xos, shu xususiyati bilan u sanʼatga yaqin. Aql oʻz tabia-tiga koʻra hayotdan uzilib qolgan; aqliy bilish va unga asoslanadigan fan narsalarni emas, narsalar oʻrtasidagi munosabatlarnigina ang-lab yetishi mumkin. Ratsional bilish sof amaliy manfaatlarni qondirishga, foyda keltiradigan maqsadga muvofiqlikka qaratilgan. Ilmiy bilishga nointellektual, intuitiv, hayotni anglab yetishning timsolli-ramziy usullari qarama-qarshi qoʻyiladi. Sanʼat asari, ayniqsa, sheʼriyat, musiqa hayotni anglash va nisbatan aynan ifodalash vositasidir.
Hayot falsafasi uchun zamon — ijod, taraqqiyot va tashkil topishning mohiyati sifatida muhim ahamiyatga ega. Tarix esa Hayot falsafasida tugʻilishdan to oʻlimgacha boʻladigan biologik davriylikka oʻxshash jarayonlarni boshidan kechiradigan noyob va takrorlanmas «madaniy organizmlar» sifatida namoyon boʻladi. Tarixiy jarayon, sababiyat qonuni hukmronlik qilgan tabiatdan farqli oʻlaroq, taqdirga boʻysunadi. Tarix faqat tabiat dunyosidagina hara-kat qiladigan obyektiv qonuniyatlar iskanjasidan chiqib ketadi. Hayot falsafasi tarafdorlari (ayniqsa Nisshe) til muammosiga katta ahamiyat beradi. Ularning fikricha, til real hayotni izohlab berishga ojizlik qiladi, chunki til istioralar va timsollar shaklida asl, kelib chiqish jarayonidagi maʼnolarini yoʻqotadi: indivi-dual iboralar umumiy tushunchalarga aylanadi, bu tushunchalar orqali ifodalangan olam asl olamga mos kelmaydi. Hayot falsafasida keyinchalik «omma jamiyati» tushunchasi paydo boʻldi; u individni erksizlikka, ijoddan mahrumlikka, begonalashuvga olib keladi. Bu qarashlar oʻsha paytlarda paydo boʻlayotgan demokratiya, tenglashtiruvchilik gʻoyalaridan «sara odamlar» madaniyatini himoya qilishga daʼvat sifatida oʻzini koʻrsatadi. Shu sabablar tufayli Nisshe umum qabul qilingan qadriyatlarni, meʼyorlarni «tabiiy» hayot nuqtayi nazaridan qayta baholashga, asl «hayotiy» qadriyatlarning ifodachisi boʻlmish komil odamga ergashishga chorlaydi. Shpengler fikricha, madaniyat gullab-yashnagan davrdan keyin, madaniy organizmlarning asta-sekin tanazzulga uchrashi roʻy beradi, unda xalqlar oʻz xulq-atvori va faoliyatiga koʻra ommaga aylanadi. Hayot falsafasi 20-a. boshida Bergson, Zimmel, Diltey, Keyzerling va Klages timsolida oʻzining yuksak choʻqqisiga yetdi. Hayot falsafasining ayrim gʻoyalari keyinchalik personalizm, ekzis-tensializm, falsafiy antropologiya tomonidan oʻzlashtirildi.
Download 25.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling