Iste′molchilar daromadiga ko`ra narxlarni belgilashning ideal varianti har bir xaridorning imkoniyatidan kelib chiqib, u sotib oladigan har bir tovarga maksimal narx belgilashdir. Ushbu maksimal narxni xaridorning rezerv narxi deb qaraladi. Har bir xaridor uchun rezerv narx belgilashga iste′molchilarning daromadiga ko`ra narxlarni ideal diversifikatsiyalash deyiladi.
Iste`mol hajmiga ko`ra narxlar diversifikatsiyasi. Ba′zi bir tovarlarga bo`lgan talab u tovarni ishlab chiqarish va sotish oshgan sari kamayib boradi. Bunday tovarga elektr energiyasi misol bo`la oladi. Har bir iste′molchi bir oyda ma`lum miqdordagi (kilovatt/soat) elektroenergiyaga pul to`lab, undan ortiqchasiga to`lash qobiliyati pasayib boradi.
Tovarlar kategoriyasiga ko`ra narx differentsiasiyasi. Ushbu turdagi narx differentsiatsiyasi xaridorlarni ularning talab chizig`iga ko`ra ikki yoki undan ortiq guruhlarga bo`ladi, demak, har bir guruhning o`z talab chizig`i bo`lib, bu talab chizig`i boshqa guruhlarnikiga qaraganda yotiqligi bilan farq qiladi.
Campbell R. McConnel, Stanley L. Brue, Sean M. Flynn. Microeconomics: Principles, Problems and Policies. -19 th ed. – New York. The McGraw-Hill Companies, Inc., 20 P. 604.
Пиндайк Р., Рубинфильд Д. икрэкономика. / Пер. с англ. – СПб.: Питер, 2011. - с. 608.
Нуриев Р. . Курс микроэкономики: учебник/ 2-е изд. – .:
Норма, 2012. –с. 576.
Гальперин В. ., Игнатьев С. ., оргунов В.И. икроэкономика. Учебник, том 1,2. – С. Пб.: Экономическая школа, 2010. - с. 350.
Sаlimov B.T., Muхitdinovа U.S., Mustаfаkulov Sh.I., Sаlimov B.B. Mikroiqtisodiyot. Dаrslik. – T.: TDIU, 2005. - 230 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |