Iqtisod va qurilish


Download 283.64 Kb.
bet1/6
Sana24.12.2022
Hajmi283.64 Kb.
#1063388
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Narx


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI

ANDIJON IQTISODIYOT VA QURILISH INSTITUTI


“IQTISOD VA QURILISH” FAKULTETI

“IJTIMOIY-IQTISODIY” FANLAR KANFEDRASI


“MOLIYA” FANIDAN

KURS ISHI

MAVZU: “BOZOR HOKIMIYATI SHAROITIDA NARX BELGILASH TAMOYILLARI ”

Bajardi:
Ilmiy rahbari:
Baxo:

ANDIJON -2022



Mundarija


  1. Kirish ……………………………………………………………..... 3

  2. Asosiy qism

    1. Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish funksiyasi …………………. 4

    2. Izokvanta va ishlab chiqarish omillarini chekli texnologik almashtirish normasi …………………………………………….. 7

    3. Izokosta va ishlab chiqarish xarajatlarini minimalashtiruvchi omillar sarfini aniqlash ………………………………………… 10

  3. Xulosa …………………………………………………………….. 23

  4. Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………………. 24


Kirish

Ishlab chiqarish — jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqtisodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayoni; ishlab chiqarish omillarini isteʼmol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. Ishlab chiqarish inson hayotining tabiiy sharoiti va boshqa faoliyat turlarining moddiy asosidan iborat. Kishilik jamiyati taraqqiyotining hamma bosqichlarida Ishlab chiqarish zarur. Uning mazmunini mehnat jarayoni belgilaydi. Ishlab chiqarish jarayoni 3 element — mehnat, mehnat ashyolari va mehnat vositalari boʻli-shini taqozo etadi. Ijtimoiy Ishlab chiqarish ishlab chiqarish vositalari Ishlab chiqarish va is-teʼmol buyumlari Ishlab chiqarishdan tashkil to-padi. Bu boʻlimlarning har biri koʻplab xoʻjalik tarmoqlaridan iborat boʻlib, ularda turli Ishlab chiqarish vositalari va isteʼ-mol buyumlari yaratiladi. Birinchi boʻlimning ikkinchi boʻlimga nisbatan ustunligi kengaytirilgan takror Ishlab chiqarish iqtisodiy qonunining ifodasidir. Ishlab chiqarish faqat mahsulot Ishlab chiqarishdan iborat boʻlmay, balki taqsimot, ayirboshlash va isteʼmolnya oʻz ichiga oladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi, avvalo, Ishlab chiqarish qurollarining oʻzgarishi va mukammallashishidan boshlanadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi jamiyat hamma aʼzolarining farovonligini muntazam oshira borish va har tomonlama rivojlantirishga imkon beradi.





1. Monopoliyaga qarshi qonunchilik

Bu yerda biz monopol hokimiyatga ega bo`lgan monopolistlar to`g`risida gap yuritamiz. Lekin, hozirgi vaqtda monopoliyaning ijobiy tomonlari borligini hech kim inkor qila olmaydi.
Yiriklashgan korxonalarda ilmiy-texnik rivojlanish imkoniyati katta bo`ladi, nima uchun deganda, bunday korxonalarning moliyaviy imkoniyatlari ham katta bo`lganligi uchun, ular ilmiy izlanishlarga ko`proq mablag` ajratishlari mumkin.
Yirik korxonalargina masshtab samarasidan yaxshiroq foydalana oladilar, chunki ularda ilmiy-tadqiqot ishlarini, tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlarni keng masshtabda yo`lga qo`yish mumkin bo`ladi. Bu o`z navbatida mahsulot tannarxini pasaytirish va sifatini oshirishga imkon yaratadi. Lekin, bozor munosabatlarining rivojlanganligi, jahon bozorining shakllanganligi, xalqaro iqtisodiy aloqalarning kengayib borishi sharoitida kuchli bozor hokimiyatiga ega monopolistni topish qiyin.
Monopolistlarning jamiyatga ta`sir qiluvchi salbiy tomonlari borligini ham esdan chiqarmaslik lozim. Yiriklashgan firmalar o`z mahsuloti sifatini oshirishga va uni tez-tez yangilashga alohida e`tibor beradi, deb bo`lmaydi. Ushbu firmalarda yaratilgan yangiliklarni ishlab chiqarishga joriy qilish ko`p hollarda to`xtab qolishi ham mumkin.
Monopolist narxni chekli xarajatdan yuqori qilib belgilaydi, ya`ni PMC. Natijada resurslarning taqsimlanishi samarali bo`lmaydi. Monopol narxning o`rnatilishi jamiyatda yo`qotishlarga olib keladi. Narx qanchalik yuqori bo`lsa, jamiyatning yo`qotishi ham shunchalik ko`p bo`ladi. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda monopoliyaga qarshi qonunlar ishlab chiqarilgan.
Monopoliyaga qarshi qonun firmalarda jamiyat uchun xavfli bo`lgan monopolistik hokimiyatni to`planishini cheklashga qaratilgan. Monopolistik hokimiyat yuqorida aytganimizdek, monopolistning bozor narxiga ta`sir qilish kuchini bildiradi. Qaysi firma bozor narxiga ko`proq ta`sir qila olsa, u ko`proq monopolistik hokimiyatga ega bo`ladi.
Ko`pchilik adabiyotlarda monopoliyaga qarshi qonunga klassik misol sifatida AQShning trestlarga qarshi qonuni keltiriladi. 1890 yilda birinchi bo`lib Sherman qonuni deb ataluvchi qonun qabul qilingan bo`lib, u asosan savdoni va tijoratni monopollashtirishga qarshi qaratilgan edi. Ushbu qonun savdo erkinligini cheklovchi har qanday kelishuvni taqiqlar edi va raqobatchilarni adolatsiz yo`l bilan yo`qotishni jinoyat deb qarar edi. Ushbu qonunni buzganlar jarima to`lashdan tortib, firmani tarqatib yuborish va hatto jinoiy javobgarlikkacha jazolanishni nazarda tutar edi.
1914 yilda Kleyton va federal savdo komissiyasi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun Sherman qonuniga qaraganda ancha mukammallashgan qonun bo`lib, u qonunni bajarilishini nazorat qilishni federal savdo komissiyasi zimmasiga yuklagan edi. Bundan tashqari ushbu qonunda monopoliyani vujudga kelishini oldini olish bo`yicha qilinadigan chora-tadbirlar belgilandi. 1938 yildagi Uiler qonuni iste′molchilar huquqini himoya qilishga qaratildi (tovar to`g`risida noto`g`ri axborot berish va noto`g`ri reklama berishga qarshi). Keyingi yillarda ham trestlarga qarshi qonunchilik AQSHda rivojlandi. AQSHning trestlarga qarshi qonuni boshqa davlatlarda monopoliyaga qarshi qonunlarni ishlab chiqishda va rivojlantirishda muhim rol o`ynadi.
Narxlarni nazorat qilish va ularni muvofiqlashtirish ko`proq tabiiy monopoliyalarga qo`llaniladi. Eslasak, raqobatlashgan bozorda narx chekli xarajatga teng bo`lar edi Pe = MC (1-rasm).

Qe Q
Qm Q1
1-rasm. Tabiiy monopoliyada narxni muvofiqlashtirish

Lekin, bunday narxni tabiiy monopoliyalarga qo`llab bo`lmaydi, chunki bu narxda bir qator ishlab chiqaruvchilar zarar bilan ishlab ishdan chiqadilar. Nima uchun deganda, ishlab chiqaruvchilarning xarajatlari har xil bo`lgani uchun narxlar ham har xil bo`ladi.
Rasmdan ko`rinib turibdiki, Pe narx raqobatlashgan bozor narxiga to`g`ri keladi va u chekli xarajat bilan o`rtacha daromad chiziqlari kesishgan nuqta bilan aniqlanadi. Narx davlat tomonidan muvofiqlashtirilmasa, monopolist narxni Pm darajada belgilab, Qm miqdorda mahsulot ishlab chiqaradi. Davlat esa narxni barcha uchun o`rtacha xarajat darajasida (o`rtacha xarajat chizig`i bilan daromad chizig`i kesishgan nuqta) belgilaydi, ya`ni P1 . Bu narxga to`g`ri keladigan ishlab chiqarish hajmi Q1 ga teng. P1 < AC bo`lishi tabiiy monopolistlarga (uzoq muddatli raqobatlashgan bozordagi firmalar kabi) normal foyda olish imkonini beradi.
P1 narxda ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori optimal hajmdan kichik Q1 < Qe bo`lsa ham iste′molchilar monopolist narxi tartiblashtirilmagandagiga qaraganda (Qm < Q1) ko`proq mahsulot sotib olish imkoniyatiga ega bo`ladi. O`rtacha xarajat darajasida o`rnatiladigan narx P1 ni ―adolatli foyda olishni ta`minlaydigan narx‖ deb ataydilar. AQShda ―adolatli‖ narxni ta`minlanishini juda ko`p federal komissiyalar kuzatib boradi.


Download 283.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling