Iqtisod va qurilish
Iste`mol hajmiga ko`ra narxlar diversifikatsiyasi
Download 283.64 Kb.
|
Narx
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-rasm. Elektroenergiyani iste`mol qilish hajmiga ko`ra narxni differentsiatsiyalash
Iste`mol hajmiga ko`ra narxlar diversifikatsiyasi. Ba′zi bir tovarlarga bo`lgan talab u tovarni ishlab chiqarish va sotish oshgan sari kamayib boradi. Bunday tovarga elektr energiyasi misol bo`la oladi. Har bir iste′molchi bir oyda ma`lum miqdordagi (kilovatt/soat) elektroenergiyaga pul to`lab, undan ortiqchasiga to`lash qobiliyati pasayib boradi.
Iste′molchi mablag`i etmagani uchun eng kerakli miqdordagi (uyni minimal yoritish uchun, muzlatgich, televizor ishlashi uchun zarur bo`lgan) elektroenergiyaga pul to`laydi, lekin bu miqdordagi minimal elektroenergiyaning qimmati qushimcha olishi mumkin bo`lgan elektroenergiya qiymatidan ancha yuqori bo`ladi. Musbat masshtab samarasi bo`lganda elektroenergiya ishlab chiqarish hajmining oshishi uni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan o`rtacha va chekli xarajatlarni kamayishiga olib keladi. Bunday holatda elektroenergiya narxini differentsiatsiya qilinishi maqsadga muvofiqdir. Ya`ni, har xil miqdorda iste`mol qilingan bir xil tovarga (elektroenergiyaga) xar xil narx belgilash. Birinchi bosqichda ma`lum miqdorgacha iste`mol qilingan elektroenergiyaga alohida narx, ikkinchi bosqichda qo`shimcha miqdordagi iste`mol qilingan elektroenergiyaga oldingi bosqichdagiga nisbatan kamroq narx belgilanadi. Ushbu vaziyat quyidagi 6-rasmda ifodalangan. 0 Q1 Qe Q 2 Q3 Q6-rasm. Elektroenergiyani iste`mol qilish hajmiga ko`ra narxni differentsiatsiyalashHaqiqatan ham, elektroenergiyani ishlab chiqarish hajmini oshirganda (agar masshtab samarasi yuqori bo`lsa) uning xarajatlari kamayadi va narxlar differentsiatsiyasi bir tomondan iste′molchilarning turmush farovonligini oshirsa (ular ko`proq elektroenergiyadan foydalanish imkoniyatiga ega bo`ladilar), ikkinchi tomondan elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi kompaniyaning umumiy foydasini oshiradi. Rasmdan ko`rish mumkinki, elektroenergiya ishlab chiqarish hajmi oshganda ATC va MC lar kamaymoqda. Birinchi bosqichda Q1 hajmdagi elektroenergiya eng yuqori P1 narxda iste`mol qilinadi. Ikkinchi bosqichda qo`shimcha (Q2 Q1) miqdordagi elektroenergiya P2 narxda (P2 <P1) iste`mol qilinadi. Agar elektroenergiyaga bir xil Pe narx o`rnatilganda Qe hajmda elektroenergiya ishlab chiqarilgan bo`lar edi. Narx differentsiatsiyasida ishlab chiqarish hajmi Q3 ga oshadi. Download 283.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling