Iqtisod va qurilish


Iste′molchilar daromadiga ko`ra narxlarni belgilashning


Download 283,64 Kb.
bet3/6
Sana24.12.2022
Hajmi283,64 Kb.
#1063388
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Narx

Iste′molchilar daromadiga ko`ra narxlarni belgilashning ideal varianti har bir xaridorning imkoniyatidan kelib chiqib, u sotib oladigan har bir tovarga maksimal narx belgilashdir. Ushbu maksimal narxni xaridorning rezerv narxi deb qaraladi. Har bir xaridor uchun rezerv narx belgilashga iste′molchilarning daromadiga ko`ra narxlarni ideal diversifikatsiyalash deyiladi.
Ideal diversifikatsiyalashda firma daromadi qanday bo`lishini ko`rib chiqamiz. Birinchi navbatda firma monopol narx Pm da qancha foyda olishni aniqlaymiz (3-rasm).

0 Qm Qe Q
3-rasm. Narxlar diversifikatsiyalanmagandagi foydani ifodalovchi grafik

Buning uchun umumiy ishlab chiqarilgan va sotilgan tovar hajmi Qm ning har bir qo`shimcha ishlab chiqarilgan va sotilgan birlik mahsulotdan olinadigan qo`shimcha foydani qo`shib chiqamiz. Bu qo`shimcha foyda
 har bir birlik mahsulot uchun = MRMC ga teng. Ushbu chekli daromad MR birinchi mahsulot uchun maksimal bo`lib, uning chekli xarajati MC eng minimaldir. Keyingi har bir qo`shimcha mahsulot uchun chekli daromad kamayib boradi, chekli xarajat esa ortib boradi. Firmaning ishlab chiqarish hajmi Qm ga teng bo`lganda oxirgi Qm-mahsulotdan olinadigan foyda Qm = MRMC = 0 bo`ladi va MR= MC.
Qm hajmdan ko`p ishlab chiqarilgan har qanday mahsulot hajmidagi chekli xarajat uning chekli daromadidan yuqori bo`ladi va bu firma foydasini kamaytiradi. Umumiy foyda har bir sotilgan mahsulotdan tushadigan foydalarning yig`indisiga teng. Rasmda umumiy foyda chekli daromad chizig`i bilan chekli xarajat o`rtasidagi (NDF) shtirxlangan yuza bilan ifodalangan.
Endi firma ideal diversifikatsiyadan foydalanadi deylik. U mahsulot narxini har bir xaridor uchun u to`lashi mumkin bo`lgan maksimal darajada qilib belgilaydi va natijada chekli daromad chizig`i firma foydasini maksimallashtiradigan ishlab chiqarish hajmi bilan bog`liq bo`lmay qoladi. Har bir birlik qo`shimcha mahsulotni sotishdan tushadigan qo`shimcha foyda tovarga to`lanadigan narxga bog`liq funktsiya bo`lib, chekli daromad chizig`i talab chizig`i bilan ustma-ust tushadi
(D = MR) (3-rasm).
Masalan, agar har bir xaridor bittadan mahsulot sotib olsa, birinchi ishlab chiqarilgan tovardan olinadigan daromad TR1 = P1 1= P1 ga, ikkita tovardan tushadigan umumiy daromad TR2 = R1 + P2 1= P1 + P2ga, uchta tovardan TR3 = P1 + P2 + P3 ga teng. Har bir tovar uchun alohida narx belgilangani uchun umumiy daromad har bir sotilgan tovarlar narxlarining yig`indisi bilan aniqlanadi. Chekli daromadni quyidagicha topamiz:
MR1 =P1; MR2 =R2 R1 =P1 +P2 P1 =P2;
MR3 = R3 R2 = P1 + P2 + P3 P1 P2 = P3,
Demak, har bir qo`shimcha sotilgan tovarning chekli daromadi ideal diversifikatsiyalashda ushbu tovar uchun belgilangan narxga teng.
Ko`rinib turibdiki, narx diversifikatsiyasi firmaning xarajatlari tarkibiga ta`sir qilmaydi. Shunday qilib, har bir birlik qo`shimcha ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotdan tushadigan qo`shimcha foyda talabdan chekli xarajatni ayrilganiga teng. Masalan, agar yuqoridagi misolni qarasak, uchinchi qo`shimcha mahsulotni sotishdan olinadigan qo`shimcha foydani 3 deb belgilasak, 3 = MR3 MC3 = P3 MC3 ko`rinishida aniqlanadi.
Talab (MR) chekli xarajatdan ustun bo`lganda firma ishlab chiqarish hajmini oshirib o`z foydasini orttiradi. Ishlab chiqarishni kengaytirish ishlab chiqarish hajmi Qe* hajmga etguncha davom ettiriladi. Qe* hajmda chekli daromad, ya`ni talab chekli xarajatga teng bo`ladi va ishlab chiqarish yanada oshirilsa chekli xarajat talabdan, ya`ni MR dan yuqori bo`lgani uchun firma foydasi qisqaradi. Umumiy foydaga endi chekli xarajat chizig`i bilan talab chizig`i o`rtasidagi shtrixlangan FEN yuzaga teng bo`ladi. Har bir iste′molchi uchun u to`lashi mumkin bo`lgan narxni o`rnatilishi firma tomonidan iste′molchi ortiqchaligining hammasini egallashga imkon beradi. Bu o`z navbatida ishlab chiqaruvchi daromadini oshiradi. 4-rasmdan ko`rish mumkinki, firma daromadi ancha oshgan.

Q e* Q
4-rasm. Ideal diversifikatsiyalashda foydani ifodalovchi grafik

Ammo, xaridorlar juda ko`p bo`lsa, firma ularning har biri uchun alohida narx belgilashi qiyin. Bu erda asosiy muammo, xaridorlar sotib olishi mumkin bo`lgan narxni aniqlashdir. Firma xaridorlar bilan so`rov o`tkazishi mumkin, lekin xaridor ushbu sotib olishi mumkin bo`lgan maksimal narxni to`g`ri aytadi deb hech kim kafolat bera olmaydi. Shunga qaramasdan, xaridorlar kamroq bo`lganda, real hayotda narx differentsiatsiyasidan foydalanuvchi firmalar ham yo`q emas. Masalan, gazga, elektroenergiyaga aholi va korxonalar to`laydigan narxlar, hayvonot bog`iga, muzeyga kirish chiptalarining yosh bolalarga, katta yoshdagilarga va guruhlarga har xil narxlarda bo`lishi. Bunday hollarda narxni differetsiatsiyalovchi firma iste′molchi ortiqchaligining bir qismini o`zlashtiradi.
Yana bir misol tariqasida poyafzal sotuvchi firmani ko`rib chiqaylik. Sotuvchi har bir poyafzal sotilishidan 20 foiz foyda oladi deylik. Sotuvchi ba`zi bir xaridorlarga tovarni o`z narxida sotsa, boshqa biriga sotganda o`z ulushining bir qismidan voz kechadi, nima uchun deganda, foyda olmagandan ko`ra har bir poyafzaldan 10 foizdan (20 foiz o`rniga) foyda olish uning uchun afzalroq.
Agar narxlar differentsiatsiyasi xaridorlar sonini oshishiga olib kelsa, bundan sotuvchilar ham, xaridorlar ham manfaat ko`radi. Demak, umumiy farovonlik oshadi. Quyidagi 11.5-rasmda ana shu vaziyat tasvirlangan (5-rasm).

Q3 Qm Q2 Q 1 Q
11.5-rasm. Daromadga bog`liq narxlar differentsiatsiyasi

Rasmdan ko`rish mumkinki, monopol narx Pm va undan yuqori bo`lgan narxlarda tovar sotib olishga qurbi etmagan xaridorlar Pm dan kichik bo`lgan P1 va P2 narxlarda tovarni sotib olishi mumkin bo`ladi va ma`lum iste′molchi ortiqchaligiga ega bo`ladilar.

Download 283,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling