Iqtisod va qurilish


Download 283.64 Kb.
bet2/6
Sana24.12.2022
Hajmi283.64 Kb.
#1063388
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Narx

2. Monopol hokimiyat sharoitida narx belgilashda iste′molchi
ortiqchaligini egallash

Monopol yoki bozor hokimiyatiga ega bo`lgan firmalar rahbarlari oldida turadigan asosiy masalalardan biri - bu qanday qilib bozor hokimiyatidan samarali foydalanishdir. Ular oldida narxlarni qanday belgilash, qancha ishlab chiqarish omillari olish kerak, uzoq va qisqa muddatli oraliqlarda ishlab chiqarish hajmini qancha qilib belgilash kabi masalalarni echish turadi.
Raqobatlashgan bozordagi firmalarni boshqarishga qaraganda bozor hokimiyatiga ega bo`lgan firmalarni boshqarish qiyinroq. Raqobatlashgan bozorda narx berilgani uchun firma rahbarlari o`z e`tiborlarini ko`proq xarajatlarni kamaytirishga va sotish bilan bog`liq masalalarni echishga qaratadi. Ishlab chiqarish hajmini esa narxni chekli xarajatlarga tenglashtiradigan hajmda belgilaydi. Monopol hokimiyatga ega firmalar ishlab chiqarish hajmini va mahsulot narxini aniqlashi uchun hech bo`lmaganda talab elastikligining taqribiy qiymatini bilishlari kerak bo`ladi.
Monopol hokimiyatga ega bo`lgan firmalarning narxni belgilash strategiyasining asosini iste′molchi ortiqchaligini egallash orqali qo`shimcha foyda olish usullari tashkil qiladi.
Faraz qilaylik, firma barcha ishlab chiqargan mahsulotlarini bir narxda sotsin (2-rasm).

Q
Qm Qe
2-rasm. Iste′molchi ortiqchaligining narx va ishlab chiqarish hajmiga bog`liqligi

U foydasini maksimallashtirish uchun narx Pm ni unga mos keluvchi ishlab chiqarish hajmi Qm ni chekli xarajat chizig`i bilan chekli daromad chizig`i kesishgan nuqtaga ko`ra belgilaydi. Firma Qm ishlab chiqarish hajmida maksimal foyda bilan ishlaydi, lekin firma rahbarlari foydani yanada oshirish to`g`risida o`ylaydi. Iste′molchi ortiqchaligi sohasida ko`rish mumkinki (NM oraliqda) ba`zi bir iste′molchilar tovarni Pm narxdan yuqori narxda ham sotib olishi mumkin. Lekin, narx Pm dan yuqori qilib qo`yilsa, sotish hajmi kamayadi, bir qator iste′molchilar yo`qotiladi va olinadigan foyda kamayadi. Narx monopol Pm bo`lganda ham iste′molchilarning bir qismi tovarni sotib olaolmaydi, lekin ular narx
Pm dan kichik (ammo chekli xarajatdan yuqori bo`lgan) bo`lgan holda tovarni sotib oladilar. Bunday xaridorlar ME sohaga qarashli bo`lib, ularning ortiqchaligi DME soha yuzasiga teng. Firma narxni tushirsa, u ME oraliqqa qarashli xaridorlarga ham tovarni sotishi mumkin. Biroq, bu holda uning daromadi va shu bilan birga foydasi ham kamayib ketadi.
Firma NM oraliqqa qarashli iste′molchilar ortiqchaligini (PmMN yuzaga teng ortiqchalikni) va ME oraliqdagi iste′molchilar ortiqchaligini (DME yuzaga teng ortiqchalikni) qo`lga kiritish uchun har xil guruhdagi iste′molchilarning talab chizig`ida joylashuviga qarab har xil narx belgilashi mumkin. Yuqorida ko`rdikki, bu ortiqchaliklarni bir xil narx belgilash orqali egallash mumkin emas.
Masalan, firma NM oraliqdagi iste′molchilar uchun P1 (P1 Pm) narx, ME oraliqdagilar uchun P2 (P2 < Pm) va ikkala guruh orasidagilar uchun Pm narxni belgilashi mumkin. Narxlarni bunday qo`yilishiga, ya`ni har xil guruhdagi iste′molchilar uchun har xil darajadagi narxlarning qo`yilishiga narx diversifikatsiyasi (differentsiatsiyasi yoki diskriminatsiyasi) deyiladi. Masalaning muhim tomoni shundaki, xaridorlarni topib, ularni har xil narxlarda xaridorlar guruhiga bo`lib chiqish, ya`ni bozorni segmentlashtirish kerak bo`ladi.

3. Narxlar diversifikatsiyasi

Narxlar diversifikatsiyasi (narxlarni iste′molchilarning imkoniyatiga qarab har xil darajalarda belgilash) uch xil bo`lishi mumkin: iste′molchi daromadiga ko`ra, iste`mol hajmiga va tovarlar turiga ko`ra.

Download 283.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling