Iqtisodiy bilim asoslari


Download 3.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet108/119
Sana31.01.2024
Hajmi3.95 Kb.
#1817569
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   119
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb

145
Buni yodda tuting!

Xalqaro savdo bir davlat pul birligini ikkinchi davlat pul birligiga 
ayirboshlashni taqozo etadi.

Valuta kursining o‘zgarishi xalqaro savdoga va mamlakatlar 
iqtisodiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.

Kriptovaluta bu - raqamli texnologiyalarga asoslangan pul bo‘lib, 
u internet tarmog‘i orqali muomalaga kiritiladi.
Bilasizmi?
So‘nggi yillarda bitkoin atamasi tez-tez quloqqa 
chalinadigan bo‘lib qoldi. Bitkoinning kursi, ya’ni 
har xil valutalardagi (ayniqsa, AQSH dollaridagi) 
kursining so‘nggi yillardagi o‘zgarishini butun dunyo 
kuzatib turdi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Bitkoin – 
bu kriptovaluta deb atalmish o‘ziga hos valutaning 
bir turi. Xo‘sh, kriptovaluta o‘zi nima? Bu sodda qilib aytganda, 
raqamli puldir. O‘z mohiyatiga ko‘ra kriptovaluta Internet orqali 
turli kompyuterlarga maxsus uslub va qoidalar asosida taqsimlangan 
ma’lumotlar bloki(to‘plami)dir.
Kriptovalutaning dunyoning boshqa valutalari bilan asosiy o‘xshash-
ligi uning ishlash tamoyillaridadir. U orqali sotib olish, sotish, saqlash 
va o‘tkazish mumkin. Faqat va faqat Internet tarmog‘i orqali.
Kriptovalutani mutaxassislar yaqindagina – bir necha yil oldin 
o‘ylab topishgan va u hali hayotimizda o‘zining aniq o‘rnini egallab 
olganicha yo‘q.
Hozirgi paytda dunyoda kriptovalutaning yuzlab turlari mavjud 
bo‘lib, ulardan eng dastlabkisi va eng mashhuri bitkoindir. Bitkoin 
2009- yilda ixtiro qilinganligiga qaramasdan, o‘tgan o‘n yil ichida 
o‘z qiymatini bir necha marta oshirishga va tushirishga ulgurdi. Ya’ni 
uning tebranuvchanlik xususiyati juda ham yuqori.
Bitkoindan tashqari yana quyidagi kriptovalutalar nomlarini keltirsak 
bo‘ladi: Efirium, Ripl, Yota, Laytkoin, Neo, Nem, Dash va boshqalar.
9. Faraz qilaylik, kecha Amerika banki 14 mln yevroni 16 mln AQSH 
dollarga, bugun esa 20 mln AQSH dollarni 18 mln yevroga almashtirdi. 
Buning natijasida, dollarning yevroga nisbatan kursi bugun kechagiga 
qaraganda oshdimi yoki kamaydimi? Qanchaga?
10. Kriptovaluta nima? Bitkoin-chi?
10 – E. Sariqov, B. Xaydarov
http:eduportal.uz



Download 3.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling