Iqtisodiy bilim asoslari


Download 3.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet106/119
Sana31.01.2024
Hajmi3.95 Kb.
#1817569
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   119
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb

VALUTA KURSI 
XORIJIY DAVLATLAR VALUTALARI KURSI
2019- yil 7- iyul 
Xorijiy valuta nomi
1 AQSH dollari 
 
 
8550 
8600
1 YEVRO
 
9660 9840 
1 ingliz funt sterlingi
10780 
10990
1 rossiya rubli 
108 
 
136 
Sotib olish, so‘mda
Sotish, so‘mda
Har bir davlat ichki bozorida savdo-sotiqni amalga oshirish uchun 
muomalaga o‘z pul birligi — milliy valutasini chiqaradi. Davlat hududida 
milliy valutada savdo-sotiq qilinadi. O‘zbekistonga Germaniyadan asbob-
uskunalarni sotib olish uchun yevro kerak. Germaniyaga O‘zbekistondan 
paxta tolasi sotib olish uchun esa o‘zbek so‘mi kerak bo‘ladi. Demak, 
xalqaro bozorda savdo-sotiqni turli xil davlatlarning valutalarida olib 
borishga to‘g‘ri keladi. Natijada bir davlat valutasini ikkinchi davlat 
valutasiga almashtirishga ehtiyoj tug‘iladi.
Bir davlat pul birligining boshqa davlat pul birligidagi narxi valutaning 
ayirboshlov kursi deb ataladi. O‘zbekistonda chet el valutasining 
ayirboshlov kursi — uning bir birligini sotib olish uchun to‘lash lozim 
bo‘lgan so‘m miqdoriga teng bo‘ladi. Masalan, Xalq bankida 2019- yill 
5- fevralda 1 AQSH dollarining sotib olish kursi 8380 so‘mni, yevroning 
kursi 8800 so‘mni tashkil qilgan. Odatda, bir davlat valutasining 
kursi ikkinchi davlat valutasining kursi bilan taqqoslanayotganda, bu 
valutalarning AQSH dollariga nisbatan kursidan ham foydalaniladi.
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
28- MAVZU
http:eduportal.uz


143
Ikki davlat bir-biri bilan import – eksport savdo-sotiq aloqalarini 
olib borar ekan, birinchi davlatning ikkinchi davlat valutasiga, ikkinchi 
davlatning birinchi davlat valutasiga ehtiyoji paydo bo‘ladi. Bu esa har bir 
davlat valutasiga nisbatan, xuddi tovarlarga bo‘lganidek, talab va taklifini 
keltirib chiqaradi. Davlat valutasining kursi unga bo‘lgan talab va taklifga 
nisbatan shakllanadi. Davlatdan eksport qilinadigan tovarlar hajmiga 
qarab, davlat valutasiga bo‘lgan talab shakllanadi. Davlatdan ko‘p tovar 
eksport qilinsa, davlatning valutasiga bo‘lgan talab ham oshadi. Davlat 
valutasining taklifi esa bu davlatning boshqa davlatdan sotib olmoqchi 
bo‘lgan import tovarlarining hajmidan kelib chiqib shakllanadi. Davlat 
uchun qancha ko‘p import tovarlari kerak bo‘lsa, davlat valutasining 
taklifi ham shuncha ko‘p bo‘ladi.
Valuta kursining o‘zgarishiga, odatda, unga bo‘lgan talab va taklifning 
o‘zgarishi sabab bo‘ladi. Agar Rossiyaning O‘zbekiston tovarlariga bo‘lgan 
talabi O‘zbekistonning Rossiya tovarlariga bo‘lgan talabidan kamaysa, 
Rossiya rublining O‘zbekiston so‘miga nisbatan kursi ko‘tariladi. Ya’ni 
Bilasizmi?
O‘zbekiston Respublikasida xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan 
kursini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilab beradi. 
Tijorat banklari esa Markaziy bank belgilagan kursdan kelib chiqib 
jismoniy yoki yuridik shaxslardan valutani sotib olish va sotish kursini 
belgilashadi. Shuning uchun ham turli tijorat banklardagi valutani 
sotib olish yoki sotish kurslari farqlanishi mumkin. Masalan, 2019- yil 
7- iyul kuni Turonbank 1 AQSH dollarini 8430 so‘mdan sotib olib
8480 so‘mdan sotsa, Uzkomstroybank 8560 so‘mdan sotib olib, 8600 
so‘mdan sotgan.

Download 3.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling