Iqtisodiy bilim asoslari


Download 3.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet102/119
Sana31.01.2024
Hajmi3.95 Kb.
#1817569
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   119
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb

137
Eksport
 — mamlakatda ishlab chiqarilgan va chet mamlakatlarga 
sotilgan tovar va xizmatlar.
Import
— chet mamlakatlardan sotib olingan tovar va xizmatlar.
Tashqi savdo hajmi
 — mamlakat import va eksportini tashkil 
etuvchi tovar va xizmatlarining jami qiymati.
Tashqi savdo balansi (saldosi)
 — mamlakatning eksport va import 
hajmlari orasidagi farq.
Mamlakatda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni chet mamlakatlarga 
sotish eksport deb ataladi. Tovar va xizmatlarni chet mamlakatlardan sotib 
olishga esa import deyiladi. Mamlakatning import va eksport qilgan tovar 
va xizmatlari qiymatlarining yig‘indisi tashqi savdo hajmini aniqlaydi. 
Tashqi savdo hajmi mamlakatning xalqaro savdo-sotiq jarayonida 
qanchalik ishtirok etayotganini bildiradi. Mamlakatning xalqaro savdo-
sotiqdagi ishtirokining samaradorligini import va eksport hajmlarini 
taqqoslash yordamida aniqlash mumkin. Mamlakatning eksporti va 
importi hajmlari orasidagi farq tashqi savdo balansi (saldosi)ni aniqlaydi. 
Agar mamlakatning chetga sotayotgan eksport tovar va xizmatlari hajmi 
mamlakatga keltirilayotgan import tovar va xizmatlari hajmidan ko‘p 
bo‘lsa, tashqi savdo balansi (saldosi) musbat bo‘ladi. Aks holda esa tashqi 
savdo balansi (saldosi) manfiy bo‘lib, xalqaro savdo-sotiqda muammolar 
paydo bo‘ladi. Chunki tovarlarni chetga sotishdan tushgan chet el valutasi 
miqdori chetdan olib kelinayotgan tovarlarni sotib olishga yetmay qoladi. 
Natijada tashqi savdoda valuta tanqisligi vujudga keladi.
1. Davlatlar o‘rtasidagi savdo-sotiqning ahamiyati nimada?
2. Mutlaq va nisbiy ustunlik tamoyillarining bir-biridan farqi nimada? 
3. Mamlakatimiz qanday tovarlar ishlab chiqarish bo‘yicha MDH 
mamlakatlariga nisbatan mutlaq ustunlikka ega deb o‘ylaysiz?
4. Import va eksportning bir-biridan farqi nimada? 
5. Mamlakatning tashqi savdo hajmi nimadan tashkil topadi?
6. Mamlakatning tashqi savdo saldosi qachon manfiy va qachon musbat 
bo‘ladi? Bularning qay biri mamlakat uchun foydali?

Download 3.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling