Iqtisodiy bilim asoslari


BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!


Download 3.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet103/119
Sana31.01.2024
Hajmi3.95 Kb.
#1817569
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   119
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb

BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
Buni yodda tuting!
• 
Barcha mamlakatlar jahon bozoridan foydalanishdan manfaatdor.
• 
Jahon bozorida mamlakatlarning ayrimlari boshqalaridan ustunlikka 
ega bo‘ladi.
• 
Mamlakat doimo o‘z eksportini importidan ko‘proq bo‘lishiga intiladi.
http:eduportal.uz


138
27 MAVZU
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR
Xalqaro biznes markazda iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha o‘zbek-koreys 
yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yigi‘lish davomida tomonlar Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik 
jamg‘armasining 2018-2020- yillarga mo‘ljallangan kreditlari bo‘yicha 
loyihalarni amalga oshirish haqida fikr almashdilar. Loyihalar dasturining 
umumiy miqdori 500 mln. dollarga teng.
Tomonlar Toshkentda Koreya ilg‘or texnologiyalar instituti bilan 
birgalikda o‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparkini tashkil qilish 
loyihasini o‘z vaqtida amalga oshirish, o‘zbek-koreys biznes markazini 
tashkil qilish bo‘yicha masalararni muhokama qildilar. 
Shuningdek, tomonlar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiy markazini yaratish 
loyihasini ko‘rib chiqdilar.
Majlisda yana O‘zbekistonda Koreys madaniyati va san’at uyini 
tashkil qilish masalasini ham muhokama qildilar.
1. Koreya Respublikasi O‘zbekistonda yuqorida keltirilgan loyihalarni 
amalga oshirishdan qanday manfaat topadi, deb o‘ylaysiz?
2. O‘zbekiston Respublikasi bu loyihalarni qanday maqsadlarni ko‘zlab 
amalga oshirmoqda?
3. Kichik biznes subyektlari darajasidagi o‘zaro aloqalarning qanday 
o‘ziga xos afzalliklari bor?
4. Yuqorida keltirilgan munosabatlar xalqaro o‘zaro manfaatli iqtisodiy 
munosabatlarga misol bo‘la oladimi? Javobingizni asoslang.
http:eduportal.uz


139
Hozirgi globallashgan dunyoda xalqaro iqtisodiy munosabatlarni 
yo‘lga qo‘ymasdan taraqqiyotga erishishning iloji yo‘q. Jahonda 
globallashuv darajasi ortib borar ekan xalqaro iqtisodiy hamkorlikning 
ahamiyati ham ortib boraveradi. Mamlakatdan mamlakatga nafaqat 
tovarlar, balki ishchi kuchi, kapital va texnologiyalar oqib o‘tishi tobora 
kuchayib bormoqda. Yirik kompaniyalarga bitta mamlakat hududi 
torlik qilib qolmoqda va ular transmilliy korporatsiyalarga aylanmoqda.
Xalqaro iqtisodiy hamkorlikni o‘z vaqtida va oqilona yo‘lga qo‘yib 
olish har qanday mamlakat uchun eng kuchli zaruratga aylanib qoldi.
O‘zbekistonda ham jahondagi eng rivojlangan mamlakatlar bilan ikki 
taraflama va ko‘p taraflama iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash borasida 
ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa o‘z navbatida mamlakatimizga 
katta hajmdagi investitsiyalar kirib kelishiga, yangi zavod, fabrika va 
yirik inshootlar qurilishiga imkoniyat yaratmoqda.
Umuman olganda, jahon bozorlari ham davlatlardagi ichki bozorlar 
kabi hamma uchun ochiq raqobat bozori bo‘lishi lozim. Lekin, afsuski, 
amalda jahon bozorlarida ahvol boshqacha. Ba’zi davlatlar o‘z ichki 
bozorlarini, o‘z ishlab chiqaruvchilarini chet el firmalari bilan bo‘ladigan 
raqobatdan himoya qilish maqsadida tashqi savdo-sotiqqa to‘siqlar, 
cheklashlarni joriy etadi. Bunday savdo to‘siqlariga quyidagilar kiradi:

Download 3.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling