Iqtisodiy bilim asoslari


Download 3.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet105/119
Sana31.01.2024
Hajmi3.95 Kb.
#1817569
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   119
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb

Tarif (bojxona boji)
— mamlakat chegarasini kesib o‘tayotganda 
olib kirilayotgan tovar uchun to‘lash lozim bo‘lgan soliq to‘lovi.
Kvota
— mamlakatga chetdan keltirilayotgan yoki chetga olib 
chiqib ketilayotgan tovar va xizmatlar hajmiga o‘rnatilgan yuqori 
chegara.
Tashqi savdo litsenziyasi
— tovar va xizmatlarni mamlakatga 
olib kirish yoki undan olib chiqib ketish uchun beriladigan maxsus 
ruxsatnoma.
Proteksionizm
 — davlat tomonidan tashqi savdoni cheklashga 
qaratilgan chora-tadbirlar.
Tashqi savdoni erkinlashtirish
— unga qo‘yilgan cheklovlarni 
yengillashtirish yoki umuman olib tashlash.
http:eduportal.uz


141
1. Mamlakatlar tashqi savdoni nima sababdan cheklashga majbur 
bo‘ladilar?
2. Tashqi savdoni qanday usullar bilan cheklash mumkin?
3. Tashqi savdoni cheklashga qaratilgan har bir chora-tadbirning ijobiy 
va salbiy tomonlarini tahlil qiling.
4. Tashqi savdoni cheklashdan kim zarar va kim foyda ko‘radi?
5. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar nima maqsadda tuziladi?
6. Qanday xalqaro iqtisodiy tashkilotlarni bilasiz?
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
Topshiriq
Taxminan bir xil sifatdagi tovar birinchi mamlakatda 1000 AQSH 
dollari, ikkinchi mamlakatda esa 800 AQSH dollari tannarxida ishlab 
chiqarilsin.
1. birinchi mamlakat va ikkinchi mamlakat o‘rtasidagi erkin savdo-
sotiqdan: a) ikkinchi mamlakat fuqarolari; b) birinchi mamlakat 
hukumati; d) ikkinchi mamlakat ishlab chiqarish kompaniyalari; 
e) birinchi mamlakat ishlab chiqarish kompaniyalaridan qaysi biri 
ko‘proq manfaatdor bo‘ladi? Nega?
2. birinchi mamlakat hukumati bu sharoitda, sizningcha, qanday 
chora-tadbirlarni ko‘rishi lozim?
3. Faraz qilaylik, birinchi mamlakat hukumati ikkinchi mamlakatning 
har bir tovariga 300 AQSH dollari soliq belgiladi. birinchi mamlakat 
bozorida qanday o‘zgarishlar yuz berishi mumkin? Bu qarordan:
a) birinchi mamlakat iste’molchilari; b) birinchi mamlakat 
hukumati; d) birinchi mamlakat ishlab chiqarish kompaniyalari; 
e) ikkinchi mamlakat ishlab chiqarish kompaniyalaridan qaysi biri 
ko‘proq zarar ko‘radi? Javobingizni asoslang.
birlashishgan. XX asrda xalqaro savdo-sotiqning rivojlanishi qator 
davlatlar iqtisodiyotining keskin o‘sishiga olib keldi. Shu tufayli Yevropa 
davlatlari Yevropa Ittifoqini tuzishdi. Hozirda Yevropa Ittifoqiga 
ko‘pchilik Yevropa davlatlari a’zo bo‘lib, ular o‘rtasidagi barcha savdo 
to‘siqlari olib tashlangan. 2002- yil yanvaridan boshlab, bu davlatlarda 
umumiy pul birligi — yevro muomalaga kiritildi. Janubiy-Sharqiy Osiyo 
mamlakatlari assotsiatsiyasi (ACEAN) ham iqtisodiy hamkorlik tashkiloti 
bo‘lib, unga Indoneziya, Malayziya, Filippin, Singapur, Tailand va 
Bruney davlatlari kiradi.
http:eduportal.uz


142
Aytaylik, tadbirkor Yevropa davlatlari bo‘ylab xizmat safariga otlandi. 
Albatta, unga safar xarajatlari uchun xorijiy davlat valutasi — yevro kerak 
bo‘ladi. Tadbirkor O‘zbekiston so‘mini yevroga almashtirish uchun Milliy 
bankning valuta ayirboshlash shoxobchalaridan biriga bordi va devorga 
osig‘liq turgan, yuqorida tasvirlangan jadvalga ko‘zi tushdi.
1. Agar u yigirma million so‘mni: a) yevroga; b) AQSH dollariga; 
d) ingliz funt sterlingiga almashtirmoqchi bo‘lsa, unga qancha chet 
el valutasini berishadi?
2. Agar u safardan qaytib kelib, ortib qolgan 200 yevroni so‘mga 
almashtirmoqchi bo‘lsa, unga bankda qancha so‘m berishadi?

Download 3.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling