24
•
Firma ochish uning turi va nomini tanlashdan boshlanadi.
•
Firma
nizomida uning faoliyat turi,
firma ochishdan maqsad,
uning manzili, ta’sischilari va nizom jamg‘armasi haqida ma’lumotlar
keltiriladi.
•
Ta’sis shartnomasi ta’sischilarning munosabatlarini aniqlashtiradi.
•
Taniqlilik belgilari firmaning nomi va uning tovar belgisi kabilardir.
Buni yodda tuting!
1. Firma ochish tartibini tushuntirib bering.
2. Firma nizomi nima uchun kerak va nizomda nimalar aks ettiriladi?
3. Firma nizomida ko‘rsatilmagan faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi
mumkinmi?
4. Firmaning ta’sis shartnomasi nimalarni o‘z ichiga oladi?
5. Firma qayerda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi?
6. Firmaga tovar belgisi nima uchun kerak?
7. Nima sababdan firmalarga bir-birining taniqlilik
belgilaridan foydala-
nishga ruxsat berilmaydi?
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
1. Biror yangi biznes g‘oya o‘ylab toping. U
asosida firma shakllaridan
birini tanlab, yakka o‘zingiz yoki o‘rtoqlaringiz
bilan birgalikda
shartli firma tashkil qiling.
2. Firmaga mos nom qo‘ying.
3. Firma nizomini tuzing. Nizomda firmani ochishdan ko‘zlangan
maqsad,
tashkiliy-huquqiy shakli, ta’sischilari nima bilan shug‘ulla-
nishi, nizom jamg‘armasi miqdori, joylashgan manzil kabi ma’lu-
motlarni keltiring.
4. Firma tashkilotchilari o‘rtasida ta’sis shartnomasi tuzing va imzolang.
Buning uchun, avval kim nima bilan shug‘ullanishi,
firmani kim
boshqarishi, nizom jamg‘armasining
miqdori va unga kim qancha
ulush qo‘shishi, foyda qanday taqsimlanishi kabi masalalarni o‘zaro
muhokama qiling va shartnomada ko‘rsating.
5. Firmaning tovar belgisini chizing va sharhlang.
F I R M A O C H A M I Z
Do'stlaringiz bilan baham: