Iqtisodiy bilim asoslari
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriq http:eduportal.uz 20 FOND BOZORI INDEKSLARI MUSTAQIL FAOLIYAT
Buni yodda tuting!
“Ziyo” aksiyadorlik jamiyati Nizom jamg‘armasi – 40 000 000 000 so‘m. Aksiyalar turi – oddiy. Aksiyalar nominal qiymati – 10 000 so‘m. Aksiyalar soni – 4 000 000 dona. Aksiyadorlari: – Dilorom – 10 % aksiya egasi; – Dilshod – 20 % aksiya egasi; – Botir – 35 % aksiya egasi; – boshqalar (20 kishi) – 35 % aksiya egasi. Bir yillik sof foyda – 5 000 000 000 so‘m. “Ziyo” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari yillik sof foydani taqsimlash masalasini muhokama qilishmoqda. Diloromning fikricha, foydaning hammasini dividend sifatida taqsimlash kerak. Dilshod ham shu fikrda. Botirning fikricha, foydaning yarmini ishlab chiqarishni kengaytirishga yo‘naltirib, yarmini esa aksiyadorlar o‘rtasida taqsim- lash kerak. 1. Sizningcha, kimning fikri muhimroq deb o‘ylaysiz? Nega? 2. Foydaning hammasi taqsimlansa, jamiyat asosiy aksiyadorlarining har biri qanchadan dividend oladi? 3. Har bir aksiya qanchadan dividend ko‘rinishdagi daromadni olib keladi? 4. Bu korxona aksiyalarining bozor narxi haqida nima deya olasiz? Topshiriq http:eduportal.uz 20 FOND BOZORI INDEKSLARI MUSTAQIL FAOLIYAT Fond bozori (ingl. “stock market”) – bu moliya bozorining qimmatli qog‘ozlar sotiladigan turi bo‘lib, bunday qimmatli qog‘ozlarning eng ko‘p tarqalgani aksiyalardir. Fond bozorining eng muhim institutlari – fond birjalaridir. Ommaviy axborot vositalaridan “Nyu-York fond birjasida indekslar keskin ko‘tarildi”, yoki aksincha, “tushdi” degan xabarlarni eshitganmiz. Bunda ko‘pincha Dou-Jons, Nikkey, Daks, Xang Seng kabi indekslar nomlari tilga olinadi. Bu indekslar nimani ifodalaydi? Birinchi indeksni amerikalik Edvard Jons va Charlz Dou o‘ylab topishgan. Ular Nyu-York fond birjasida AQSHning eng yirik 12 ta korxonasi aksiyalari narxlarining o‘rta arifmetik qiymatidan indeks hisoblab chiqarishgan va buni Dou Jons (Dow Jones) indeksi deb atashgan. O‘shandan buyon bu indeksni hisoblash tartibi ancha o‘zgardi, mukammallashdi. Hozir bu indeksga kiradigan korxonalar soni 30 taga yetdi. Bu indeksga eng mashhur Coca-Cola, IBM, Intel, General Motors kabi kompaniyalar kiradi. Iqtisodiy vaziyatni tahlil qilish uchun birja indeksi ko‘rsatkichining o‘zi muhim emas, balki bu ko‘rsatkichning o‘zgarishi muhimdir. Masalan, birja indeksi o‘sayotgan bo‘lsa, demak, bu indeksga taalluqli korxonalar aksiyalari qimmatlashayotgan, ya’ni iqtisodiyotning shu sohasida o‘sish ro‘y berayotgan bo‘ladi. Agar, aksincha, indeks pasaysa, ushbu sohada ham pasayish yuz berayotgan bo‘ladi. Shunday indekslar borki, ular nafaqat iqtisodiyotning muayyan sohasini, balki butun mamlakat iqtisodiyotining ahvolini aks ettirib turadi. Masalan, S&P 500 indeksiga AQSHning eng yirik 500 ta kompaniyalari kiradi va ular iqtisodiyotning barcha sohalarini qamrab olgan. Demak, bu indeksning o‘zgarishi butun AQSH iqtisodiyotidagi o‘zgarishlarni o‘zida aks ettiradi. Internetdan: 1. Muayyan kompaniya aksiyalarining joriy qiymatini va uning kunlik o‘zgarishini aniqlang. 2. Yuqorida nomlari aytilgan indekslarning joriy qiymatini va bir kunlik o‘zgarishini aniqlang. 3. Toshkent Respublika fond birjasida muayyan korxona aksiyasining joriy qiymatini va uning kunlik o‘zgarishini aniqlang. Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling