Iqtisodiy bilim asoslari
— iste’molchilarga sotuvga chiqarilgan tovar haqida xabar berish; —
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu haqda o ‘ylab ko ‘ring!
— iste’molchilarga sotuvga chiqarilgan tovar haqida xabar berish;
— tovar iste’molchining qaysi ehtiyojlarini qondirishini yetkazish; — iste’molchilarni tovarni sotib olishga undash, moyilligini oshirish. Reklama – iste’molchilarga tovar haqida ma’lumot berish orqali ularning tovarga bo‘lgan talabini oshirishga qaratilgan tashviqot tadbiri. Bozorda o‘rnashish bosqichida tovarni sotish uchun ham sotuvchiga, ham xaridorga qulay bo‘lgan joy va vaqt tanlanadi. Shu bilan birga, bozorda firma o‘z o‘rnini topib, o‘rnashib olishiga qaratilgan uzoqni ko‘zlovchi tadbirlar amalga oshiriladi. Tovarni bozorga yetkazish, uni saqlash va sotish joylari aniqlanadi. Xaridorlarni jalb etish va ularning tovarni sotib olishga bo‘lgan moyilligini oshirish yoki saqlab turish maqsadida tovarni sotishdan oldingi va sotishdan keyingi servis xizmati turlari ko‘rsatiladi. Zamonaviy axborot texnologiyalarining, xususan, internet tarmog‘ining jadal sur’atlar bilan kengayib borishi marketing rivojiga katta turtki berdi. Endilikda, marketing faoliyati jadallashib, uning samaradorligi oshib bormoqda. Tovarni sotish bo‘yicha sotuvchi korxona, odatda, ikki xil strategiya – yo‘lni qo‘llaydi. Ularning birinchisi - bu PUSH - strategiya (PUSH - inglizcha surish ma’nosini anglatadi). PUSH marketingda http:eduportal.uz 43 Televideniyedan berilayotgan reklamalarni tomosha qilasizmi? Ularning sifati haqida nima deya olasiz? Reklamalar yaqin o‘tgan kunlarda qaysi tovarni sotib olishingizga sababchi bo‘ldi? Bu haqda o‘ylab ko‘ring! PUSH marketingda tovarni ishlab chiqaruvchidan xaridorga yetkazish ishi bilan vositachi savdo tashkilotlari ham shug‘ullanadi. Tovarni ishlab chiqaruvchidan sotib olib, katta-katta hajmda sotuvchilar ulgurji savdo tashkilotlari deb ataladi. Ular tovarni ulgurji narxda sotishadi. Tovarni donalab yoki kichik hajmlarda iste‘molchilarga sotuvchilar chakana savdo tashkilotlari deb ataladi. Savdo do‘konlari chakana savdo tashkilotlaridir. Ishlab chiqaruvchi mahsulotini bevosita iste’molchiga yoki ulgurji savdogarga sotganida u tovarning tannarxiga o‘z ustamasini qo‘shadi va ishlab chiqarish narxida sotadi. Ulgurji savdogar esa bu narxga o‘zining ustamasini qo‘shadi va uni ulgurji narxda sotadi. Chakana savdogar bu narxga yana o‘zining ustamasini qo‘shadi va chakana narxda sotadi. Shunday qilib narx oshib boraveradi. Odatda, tovarning chakana narxi ulgurji narxidan, ulgurji narxi esa ishlab chiqarish narxidan baland bo‘ladi. Sotuvni tashkil qilish bo‘yicha ikkinchi xil strategiya (yo‘l) - bu PULL - marketingdir (PULL - inglizcha tortish ma’nosini anglatadi). PULL - marketingning asosiy maqsadi iste’molchini sotuvchi oldiga kelishga undashdir. Siz televideniye orqali tovarlar maqtalib, ularning sifatlari tavsiflanganini ko‘p ko‘rgansiz. Masalan, bolalar tagliklari, parfyumeriya va kosmetika mahsulotlari. Bunday ma’lumotlarni o‘rgangan iste’molchida ushbu mahsulotni sotib olish istagi paydo bo‘ladi va u ushbu tovar sotiladigan joyga borishga oshiqadi. Iste’molchi bu tovardan foydalangandan va uning nafini his qilganidan keyin ushbu tovar markasiga - brendiga bog‘lana boshlaydi. Ya’ni u keyingi safar aynan shu tovar belgisi ostidagi mahsulotlarni sotib olishga intiladi. Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling