Iqtisodiy bilim asoslari


— iste’molchilarga sotuvga chiqarilgan tovar haqida xabar berish; —


Download 3.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/119
Sana31.01.2024
Hajmi3.95 Kb.
#1817569
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   119
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb

 iste’molchilarga sotuvga chiqarilgan tovar haqida xabar berish;
 tovar iste’molchining qaysi ehtiyojlarini qondirishini yetkazish;
iste’molchilarni tovarni sotib olishga undash, moyilligini oshirish.
Reklama
– iste’molchilarga tovar haqida ma’lumot berish orqali 
ularning tovarga bo‘lgan talabini oshirishga qaratilgan tashviqot 
tadbiri.
Bozorda o‘rnashish bosqichida tovarni sotish uchun ham sotuvchiga
ham xaridorga qulay bo‘lgan joy va vaqt tanlanadi. Shu bilan birga, 
bozorda firma o‘z o‘rnini topib, o‘rnashib olishiga qaratilgan uzoqni 
ko‘zlovchi tadbirlar amalga oshiriladi. Tovarni bozorga yetkazish, uni 
saqlash va sotish joylari aniqlanadi. Xaridorlarni jalb etish va ularning 
tovarni sotib olishga bo‘lgan moyilligini oshirish yoki saqlab turish 
maqsadida tovarni sotishdan oldingi va sotishdan keyingi servis xizmati 
turlari ko‘rsatiladi. Zamonaviy axborot texnologiyalarining, xususan, 
internet tarmog‘ining jadal sur’atlar bilan kengayib borishi marketing
rivojiga katta turtki berdi. Endilikda, marketing faoliyati jadallashib, 
uning samaradorligi oshib bormoqda.
Tovarni sotish bo‘yicha sotuvchi korxona, odatda, ikki xil strategiya 
– yo‘lni qo‘llaydi. Ularning birinchisi - bu PUSH - strategiya 
(PUSH - inglizcha surish ma’nosini anglatadi). PUSH marketingda 
http:eduportal.uz


43
Televideniyedan berilayotgan reklamalarni tomosha qilasizmi? 
Ularning sifati haqida nima deya olasiz? Reklamalar yaqin o‘tgan 
kunlarda qaysi tovarni sotib olishingizga sababchi bo‘ldi?
Bu haqda oylab koring!
PUSH marketingda tovarni ishlab chiqaruvchidan xaridorga yetkazish 
ishi bilan vositachi savdo tashkilotlari ham shug‘ullanadi. Tovarni ishlab 
chiqaruvchidan sotib olib, katta-katta hajmda sotuvchilar ulgurji savdo 
tashkilotlari deb ataladi. Ular tovarni ulgurji narxda sotishadi. Tovarni 
donalab yoki kichik hajmlarda iste‘molchilarga sotuvchilar chakana savdo 
tashkilotlari deb ataladi. Savdo do‘konlari chakana savdo tashkilotlaridir. 
Ishlab chiqaruvchi mahsulotini bevosita iste’molchiga yoki ulgurji 
savdogarga sotganida u tovarning tannarxiga o‘z ustamasini qo‘shadi va 
ishlab chiqarish narxida sotadi. Ulgurji savdogar esa bu narxga o‘zining 
ustamasini qo‘shadi va uni ulgurji narxda sotadi. Chakana savdogar bu 
narxga yana o‘zining ustamasini qo‘shadi va chakana narxda sotadi. 
Shunday qilib narx oshib boraveradi. Odatda, tovarning chakana narxi 
ulgurji narxidan, ulgurji narxi esa ishlab chiqarish narxidan baland bo‘ladi. 
Sotuvni tashkil qilish bo‘yicha ikkinchi xil strategiya (yo‘l) - bu 
PULL - marketingdir (PULL - inglizcha tortish ma’nosini anglatadi). 
PULL - marketingning asosiy maqsadi iste’molchini sotuvchi oldiga 
kelishga undashdir. Siz televideniye orqali tovarlar maqtalib, ularning 
sifatlari tavsiflanganini ko‘p ko‘rgansiz. Masalan, bolalar tagliklari, 
parfyumeriya va kosmetika mahsulotlari. Bunday ma’lumotlarni o‘rgangan 
iste’molchida ushbu mahsulotni sotib olish istagi paydo bo‘ladi va u 
ushbu tovar sotiladigan joyga borishga oshiqadi. Iste’molchi bu tovardan
foydalangandan va uning nafini his qilganidan keyin ushbu tovar 
markasiga - brendiga bog‘lana boshlaydi. Ya’ni u keyingi safar aynan 
shu tovar belgisi ostidagi mahsulotlarni sotib olishga intiladi. 

Download 3.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling