Iqtisodiy bilim asoslari
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
37
8- MAVZU FIRMANI BOSHQARISH — MENEJMENT Ma’lumki, har bir firma faoliyati ma’lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratiladi. Bu maqsadga erishish uchun esa firmani boshqarish lozim bo‘ladi. Boshqaruv jarayoni menejment deb ham yuritiladi (inglizcha “management” so‘zi “boshqarish” degan ma’noni anglatadi). Boshqaruv haqidagi fan ham menejment deb ataladi va u boshqaruv usullari, shakllari va vositalarini o‘rganadi. Firmani yuritish ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, uning har bir jabhasi boshqarishni talab qiladi. Masalan, ishchi-xizmatchilarni boshqarish, ishlab chiqarish vositalarini boshqarish, moddiy resurslarni boshqarish, ma’lumotlarni boshqarish, moliyaviy mablag‘larni boshqarish va boshqalar. FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1- rasmdagi qandolatchilik sexida 6 nafar ishchi, 2- rasmdagi bankda 35 nafar xodim, 3- rasmdagi to‘qimachilik fabrikasida 300 nafar xodim, 4- rasmdagi zavodda esa 2 000 nafar ishchi ishlaydi. 1. Bu korxonalar qay tariqa boshqariladi, deb o‘ylaysiz? 2. Ularda ishchilarni boshqarish bilan shug‘ullanadigan xodimlar soni nimaga bog‘liq bo‘lishi mumkin, deb o‘ylaysiz? 3. Menejment va menejer atamalarining ma’nosini bilasizmi? 4. Korxona uchun boshqaruv tizimining mavjudligi qanchalik muhim? 3 2 1 4 http:eduportal.uz 38 Boshqaruv bevosita inson tomonidan amalga oshiriladi. Firmada ishlaydigan, maxsus boshqaruv ilmini egallagan, ish yurituvchi va boshqaruvchi menejer deb ataladi. Har qanday rahbar xodim yoki menejer ish vaqtining 70 — 80 foizini odamlar bilan muloqot qilishga sarflaydi. Shu bois, menejmentni tom ma’noda qo‘l ostida ishlayotgan xodimlar faoliyatini o‘zaro muloqot orqali boshqarish deb ham aytish mumkin. Menejer oldida turgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni ketma-ket bajarishi kerak bo‘ladi: 1. Rejalashtirish; 2. Tashkil qilish; 3. Rahbarlik qilish; 4. Nazorat qilish. Rejalashtirish bosqichida menejerlar korxona maqsadidan kelib chiqib, istiqbolli rejalar va dasturlarni ishlab chiqadilar. Rejani amalga oshirish uchun korxonaning hamma bo‘limlari ishini o‘zaro muvofiqlashtiradilar. Ularning ishini tashkil qiladilar, bevosita rahbarlik qilib, ishning bajarili- shini nazoratga oladilar. Menejerlar xodimlarni korxona oldida turgan ma’lum maqsadga erishishiga chorlovchi va jamoani bunga otlantiruvchi, safarbar qiluvchi kishilardir. Firmani boshqarishda menejerlarning yuqori salohiyatga egaligi, iqtisodiy bilimlarni chuqur bilishi, o‘zining imidjiga ega bo‘lishi, ma’naviy jihatdan yetukligi, muomala, so‘zlashuv madaniyatining yuksakligi katta ahamiyat kasb etadi. Firmaning katta-kichikligiga qarab, boshqaruvning turli xil tashkiliy tizimlari tuziladi. Faraz qilaylik, kichik do‘konda uning egasi va yana bir kishi ishlaydi. Bu holatda, boshqaruvchi va boshqariluvchi orasidagi o‘zaro munosabat 8.1- chizmadagidek bo‘ladi. Bu tizim sodda tashkiliy tizim deyiladi. Bir nechta bo‘limlardan tashkil topgan supermarketdagi boshqaruv tuzilmasini ko‘z oldimizga keltiradigan bo‘lsak, uning tuzilmasi (boshqaruv bo‘g‘inlari) birmuncha murakkabroq bo‘ladi. Uni sxema tarzida 8.2- chizmadagidek tasvirlash mumkin. Yangi tizimning avvalgisidan asosiy farqi faqat xizmatchilar sonining ko‘pligidagina bo‘lmay, balki bir necha quyi darajali qismlardan tashkil topganligidadir. Endi ishchi va xodimlarning bir qismi bevosita do‘kon egasiga emas, balki kichik bo‘limlarni boshqaruvchi menejerlarga bo‘ysunadi. Agarda firma savdo-sotiqdan tashqari ishlab chiqarish bilan ham shug‘ullansa, uning tashkiliy tizimi yanada murakkabroq bo‘ladi. Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling