Iqtisodiy bilim asoslari
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
33
7- MAVZU IQTISODIY FAOLIYAT TAHLILI FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR Poyabzal sexi 2012- yilda 20 mln so‘m foyda olgan edi. U 2015- yilda 23 mln so‘m, 2018- yilda esa 30 mln so‘m foyda oldi. Narxlar 2012- yilga nisbatan 2015- yilda 18 % ga, 2018- yilda esa 30 % ga qimmatlashgan. 1. 2015- yilda 23 mln so‘m pulga tadbirkor 2012- yilda 20 mln so‘m pulga olganchalik tovar va xizmatlar sotib ola oladimi? Nega bunday? 2. 2018- yilda 30 mln so‘m pulga 2012- yilda 20 mln so‘m pulga olganchalik tovar va xizmatlar sotib ola oladimi? 2015- yilda 23 mln so‘mga olganchalik tovar va xizmatlarni-chi? 3. Shularni e’tiborga olgan holda, 2015- yilda firma foydasi haqiqatan ham ko‘paygan deb ayta olamizmi? 2018- yilda-chi? Firmaning tovarni sotishdan olgan kirimini hisoblashda sotilgan tovar miqdori tovar sotilayotgan paytdagi bozor narxiga ko‘paytiriladi. Firmaning yillik daromadi esa uning mana shunday kirimlarining yig‘indisidan iboratdir. Firmaning joriy yildagi daromadini uning oldingi yillardagi daromadlari bilan solishtirmoqchi bo‘lsak, biz qanday yo‘l tutishimiz kerak bo‘ladi? Inflatsiya natijasida tovarning narxi o‘zgargan. Bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarilgan tovar miqdori o‘zgarmagan taqdirda ham firma daromadining o‘zgarishiga olib keladi. Natijada firma foydasining ham o‘zgarishiga olib keladi. Shuning uchun ham real daromad va real foyda tushunchalarini kiritishimizga to‘g‘ri keladi. Firmaning joriy narx- lardagi daromadi yoki foydasi firmaning nominal daromadi yoki nominal foydasi deb ataladi. Firma daromadi yoki foydasining narxlar o‘zgarishini inobatga olgandagi qiymatlari firmaning, mos ravishda, real daromadi yoki real foydasi bo‘ladi. Narxlarning o‘zgarishi darajasini aniqlovchi ko‘rsatkich — bu narxlarning o‘zgarish indeksidir. Bu indeks joriy yildagi o‘rtacha narxlarning taqqoslash uchun olingan yildagi o‘rtacha narxlarga 3 – E. Sariqov, B. Xaydarov http:eduportal.uz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling