Iqtisodiy bilim asoslari
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buni yodda tuting! http:eduportal.uz 29 6- MAVZU
- FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR http:eduportal.uz 30
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
• Firmaning asosiy va aylanma mablag‘lari mavjud. • Firma mablag‘larining ichki va tashqi manbalari bor. • Firma asosiy vositalarni yangilash va asosiy mablag‘larni to‘ldirish uchun firma amortizatsiya jamg‘armasini tashkil qiladi. Buni yodda tuting! http:eduportal.uz 29 6- MAVZU YALPI DAROMAD, FOYDA VA ZARAR Anvar aka va Jamila opa shug‘ullanish uchun tadbirkorlik turini tanlash maqsadida tadbirkorlik shoxobchalarining faoliyat natijalarini o‘rganib chiqdilar va ularni o‘zaro taqqoslamoqdalar. Anvar aka: “Fotostudiya kamroq daromad keltiribdi, lekin olgan foydasi ancha yaxshi, qandolatchilik sexining daromadi ancha ko‘p, lekin shunga yarasha xarajatlari ham ko‘p ekan” dedi. Jamila opa esa: “To‘y liboslari salonining xarajatlari ko‘p, lekin daromadi ham shunga yarasha ko‘p bo‘lar ekan. Go‘zallik salonining xarajati kam, lekin foydasi ancha yaxshi” deb muhokamaga qo‘shildi. 1. Siz ularning suhbatidan nimani tushundingiz? Daromadi ko‘p, lekin xarajati ham katta tadbirkorlik turi yaxshimi yoki xarajati kam, lekin daromadi ham kichikroq tadbirkorlik turimi? 2. Nima uchun ular ayrim tadbirkorlik turlarini daromadliroq, ayrimlarini esa foydaliroq deb ta’kidlamoqdalar? 3. Ayrim tadbirkorlik turlari haqida odamlar “egasiga zarar keltirdi” deb ta’kidlashlari nimani anglatishini bilasizmi? 4. O‘zingiz yashaydigan joyning sharoitidan kelib chiqib, Anvar aka va Jamila opaga qanday maslahat bergan bo‘lar edingiz? FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR http:eduportal.uz 30 Bozor iqtisodiyoti sharoitida foyda firma faoliyatini baholovchi va o‘lchovchi muhim iqtisodiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanishning asosiy maqsadlaridan biri — bu foyda olish ekanligini eslatishning o‘zi kifoya. Foydani tadbirkorning tavakkalchilik qilib, o‘z mablag‘ini ishga solgani uchun berilgan mukofot deb atash mumkin. Ikkinchi tomondan, foyda korxonaning o‘ziga xos “termometri” vazifasini o‘taydi. Korxona katta miqdorda foyda olyaptimi, demak, korxona “sog‘lom”, yaxshi ishlayapti. Korxona zarar ko‘ryaptimi, demak, Korxonaning yoki biror shaxsning ma’lum vaqt davomida tovar va xizmatlarini sotishdan qo‘lga kiritgan jami pul tushumi — yalpi daromad deb yuritiladi va TR harflari (inglizcha “total revenue” (yalpi daromad) iborasining bosh harflari) bilan belgilanadi. Agar sotilgan tovar miqdori (q) va bitta tovarning o‘rtacha sotuv narxi (p) ma’lum bo‘lsa, yalpi daromad quyidagicha topiladi: Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling