Iqtisodiy bilim asoslari


Download 3.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/119
Sana31.01.2024
Hajmi3.95 Kb.
#1817569
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   119
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb

Aylanma mablag‘
 — xom ashyo, har xil materiallarni sotib olishga 
va ishchi kuchini yollashga sarflanadigan mablag‘lar.
Amortizatsiya ajratmasi
 — asosiy ishlab chiqarish vositalarining 
eskirishi natijasida ular narxining ishlab chiqarilgan mahsulot narxiga 
o‘tgan qismi.
Masalan, korxona binosining narxi 160 mln so‘m bo‘lib, undan 
foydalanish muddati 20 yil qilib belgilangan. Demak, har yili bino narxi 
160 mln : 20 = 8 mln so‘mga arzonlashib, bu pul mahsulot narxiga o‘tadi 
va mahsulot sotilgach, amortizatsiya jamg‘armasida jamlab boriladi.
Firma faoliyati uchun pul mablag‘larini jalb etish biznesni moliyalash-
tirish deb ham ataladi. Firmaning ichki va tashqi moliyaviy mablag‘ 
manbalari bo‘ladi. Ichki moliyaviy mablag‘ manbalari:
A = 
p
A – yillik amortizatsiya ajratmasi;
p – asosiy ishlab chiqarish vositasi narxi;
n – foydalanish muddati.
n
http:eduportal.uz


27
1. Firmaning sof foydasi. Firma foydasining barcha soliq va to‘lovlar 
to‘langanidan so‘ng qolgan qismi firmaning sof foydasi deb ataladi. 
Firmaning sof foydasi, odatda, uning ta’sischilari o‘rtasida taqsimlanadi. 
Lekin firma ta’sischilari sof foydaning hammasini o‘zaro taqsimlamasdan, 
uning ma’lum qismini firmaning keyingi faoliyatini pul mablag‘lari bilan 
ta’minlashga sarflashi mumkin.
2. Amortizatsiya jamg‘armasi. Bu jamg‘arma mablag‘lari faqat asosiy 
vositalar sotib olishga sarflanadi.
3. Nizom jamg‘armasi. U firma faoliyatining boshlang‘ich davrida 
ishlatiladi.
Firmaning ichki mablag‘lari yetarli bo‘lmaganda, tashqi moliyaviy 
mablag‘larni topish kerak bo‘ladi. Tashqi manbalarga quyidagilar kiradi:
1. Firma egalarining firmaning ustav kapitalini ko‘paytirish uchun 

Download 3.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling