Iqtisodiy bilim asoslari
Topshiriq http:eduportal.uz 25
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR DO‘KON MABLAG‘LAR BOZOR ISHLAB CHIQARISH TOVAR
- Asosiy mablag‘
Topshiriq
http:eduportal.uz 25 5- MAVZU FIRMA MABLAG‘LARI VA XARAJATLARI 1. Yuqoridagi rasmda firma mablag‘larining aylanishi tasvirlangan. Uni diqqat bilan ko‘zdan kechiring va sharhlang. 2. Firmaning mablag‘lari aylanish bosqichlarining har birida qanday ko‘rinishda bo‘lishini tahlil qiling va o‘z fikringizni bildiring. FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR DO‘KON MABLAG‘LAR BOZOR ISHLAB CHIQARISH TOVAR Ma’lumki, har qanday firma uchun iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda mablag‘ kerak bo‘ladi. Odatda, firmaning mablag‘i firma egalarining pul mablag‘laridan tarkib topadi. Firma mablag‘lari ishlatilishiga, nimalar sotib olinishiga qarab ikki turga bo‘linadi. Bino va inshootlar, asbob va uskunalar sotib olishga sarflangan mablag‘lar asosiy mablag‘lar (asosiy kapital) deb yuritiladi. Asosiy mablag‘ — ishlab chiqarishda uzoq yil va ko‘p marta ishlatiladigan asosiy ishlab chiqarish vositalarini sotib olishga mo‘ljallangan mablag‘. Masalan, fermerning traktor, kombayn sotib olish uchun yoki dala shiyponi qurish uchun ajratgan mablag‘lari asosiy mablag‘larga misol bo‘la oladi. Xom ashyo, yoqilg‘i, energiya, har xil materiallar sotib olishga va ishchi kuchini yollashga sarflanadigan mablag‘lar aylanma mablag‘lar (aylanma kapital) deb yuritiladi. Aylanma mablag‘ ishlab chiqarishda ishlatiladigan resurslar sotib olish uchun mo‘ljallangan mablag‘lardan iborat bo‘ladi. Firma aylanma mablag‘iga resurslar bozoridan xom ashyo, turli xil materiallar sotib oladi va ishchi kuchini yollaydi. Bu bilan firmaning aylanma mablag‘i pul ko‘rinishidagi shakldan moddiy http:eduportal.uz 26 ko‘rinishdagi shaklga o‘tadi. Bu resurslardan firmada tovarlar ishlab chiqariladi. Ular sotilgach, yana pul shaklidagi mablag‘ga aylanib, firmaga qaytib keladi. Shu tariqa firmaning aylanma mablag‘lari iqtisodiy faoliyat natijasida aylanib turadi. Shu xususiyati bois, bu mablag‘lar aylanma mablag‘lar deb ataladi. Firmaning aylanma mablag‘lariga misol qilib fermerning urug‘, mineral o‘g‘itlar, yonilg‘i va moylovchi mahsulotlarni keltirish mumkin. Asosiy mablag‘lar ham “aylanadi”. Ularning aylanish davri asosiy ishlab chiqarish vositalarining qancha vaqt ishlatilishiga, xizmat ko‘rsatish muddatiga bog‘liq bo‘ladi. Odatda, bino va inshootlarning ishlatilish muddati 20 yil, asbob-uskunalarniki esa 5—7 yil qilib belgilanadi. Bu muddat davomida ular eskirib, har yili boshlang‘ich narxining ma’lum bir qismi yaratilgan mahsulot narxiga o‘tib, arzonlashib boradi. Mana shu arzonlashish qiymati amortizatsiya qiymati deb ataladi. Mana shu arzonlashish qiymati mahsulot sotilgach, firmaga pul kirimi tarkibida qaytadi va firmadagi maxsus jamg‘armaga – amortizatsiya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. Firmaning umumiy pul kirimidan amortizatsiya jamg‘ar- masiga yo‘naltirilgan pul amortizatsiya ajratmasi deb ataladi. Odatda, yillik amortizatsiya ajratmasi bino yoki dastgohlar narxining ularni ishlatilish muddatiga bo‘lib topiladi. Asosiy mablag‘ — ishlab chiqarishda uzoq yil va ko‘p marta ishlatiladigan asosiy ishlab chiqarish vositalarini sotib olishga mo‘ljallangan mablag‘. Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling