Iqtisodiy bilim asoslari
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- FIRMA TASHKIL QILISH 4- MAVZU FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
http:eduportal.uz 21 Shirkat Aksiyadorlik jamiyati Xususiy firma Mas’uliyati cheklanmagan jamiyat Yakka tartibdagi tadbirkorlik Mas’uliyati cheklangan jamiyat FIRMA TASHKIL QILISH 4- MAVZU FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. “Firma mavjudligi va faoliyat yuritayotganligi, albatta, qandaydir hujjatlarda aks etib turishi shart” degan fikrga o‘z munosabatingizni bildiring. 2. Aks holda qanday salbiy oqibatlar yuz berishi mumkin? 3. Sizningcha, yuqoridagi firmalarning qaysi birini tashkil qilish, hujjatlarini rasmiylashtirish qiyinroq? Qaysilariniki, aksincha, nisbatan osonroq? Firma ochish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi. Eng avvalo, firmaning nizomi va ta’sis shartnomasini tayyorlash zarur. Firma nizomida firmaning nomi, manzili, firma ochishdan ko‘zlangan maqsad, firmaning qanday faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi, firma kimlar — qaysi ta’sischilar tomonidan tashkil qilinayotgani, firmaning http:eduportal.uz 22 tashkiliy shakli, firma faoliyatini yuritish uchun dastlab qancha miqdorda boshlang‘ich mablag‘ — nizom jamg‘armasi safarbar qilinayotgani, firma ta’sischilarining nizom jamg‘armasiga qo‘shgan hissasi, firma mol- mulklarining tarkibi va uni hosil qilish tartiblari kabi ma’lumotlar o‘z aksini topishi zarur. Firmaning nizomida ko‘zda tutilgan har bir band tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha amaldagi qonunlarga zid bo‘lmasligi lozim. Firma nizomi, odatda, tadbirkorlikning shu firmaga xos yo‘l-yo‘riq va qonun-qoidalari majmuidan iborat bo‘lib, kelajakda firma unga rioya qilgan holda faoliyat yuritishi shart bo‘ladi. Firmaning o‘z nomi, muhri belgilari bo‘lib, ular firmani davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi va firmaga iqtisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida yuridik shaxs maqomi beriladi. Firma nomi tushirilgan dumaloq va burchakli muhrlari, ish qog‘ozlarini tayyorlatib, to‘la ma’noda o‘z faoliyatini amalga oshirishga kirishadi. Firmaning pul bilan bog‘liq barcha ishlari bank orqali amalga oshiriladi. Prezident farmoniga muvofiq, tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha “yagona darcha” markazlari 2018- yil 1- yanvardan boshlab Davlat xizmatlari markazlariga aylantirildi. Firmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar ham mana shu markaz orqali amalga oshiriladigan bo‘ldi. 2017- yil 1- apreldan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali tadbirkorlik subyektlarini onlayn tarzda ro‘yxatga olish Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling