Iqtisodiy bilim asoslari
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati
Aksiyadorlik jamiyati
— nizom jamg‘armasi aksiyalarini sotish yo‘li bilan shakllanadigan, mas’uliyati cheklangan yirik firma. Aksiya — firma nizom jamg‘armasiga hissa qo‘shilganini tasdiq- lovchi va egasiga firma foydasidan ma’lum daromad olish huquqini beruvchi hujjat — qimmatbaho qog‘oz. Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati — aksiyalari istalgan shaxsga sotiladigan jamiyat. Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati — aksiyalari faqat oldindan belgilab qo‘yilgan shaxslar guruhiga sotiladigan jamiyat. 2 – E. Sariqov, B. Xaydarov ta’sischilari yoki xodimlariga) sotilsa, u yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati deb ataladi. Birinchi aksiyadorlik jamiyati XVI asrda Niderlandiyada tashkil qilingan “Ost-Ind” kompaniyasi bo‘lib, u Hindiston bilan Yevropa o‘rtasida savdo-sotiq ishlarini olib borgan. Aksiyador sotib olgan aksiyalari soniga qarab, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ovoz berish yo‘li bilan qatnashishi mumkin. U qancha aksiya sotib olgan bo‘lsa, aksiyadorlik jamiyati umumiy majlisida shuncha ovozga ega bo‘lib, u yoki bu qarorni qabul qilishda, jamiyat rahbarlarini saylashda o‘z ovozi bilan ta’sir etishi mumkin. Shu sabab, aksiyadorda aksiya qancha ko‘p bo‘lsa, u korxonani boshqarish masalalariga shuncha ko‘proq ta’sir o‘tkaza oladi. Agar aksiyador aksiyalarning yarmidan ko‘pini, ya’ni aksiyalar nazorat paketini qo‘lga kiritsa, u korxonaning yakka xo‘jayiniga aylanadi. Chunki, aksiyadorlar umumiy majlisida har qanday qarorning qabul qilinishida uning fikri — ovozi hal qiluvchi bo‘lib qoladi. Aksiya — qimmatli qog‘oz bo‘lib, uning ustiga bahosi — nominal qiymati yozib qo‘yilgan bo‘ladi. Aksiyani aksiyador boshqa kishiga http:eduportal.uz 18 1. Aksiyadorlik jamiyatini tavsiflab bering. 2. Ochiq va yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarining bir-biridan farqi nimada? 3. Oddiy va imtiyozli aksiyalarning qanday afzallik va kamchilik tomonlari bor? 4. Aksiyadorlik jamiyatining mas’uliyati cheklangan sherikchilik firmasi- dan qanday afzalliklari va kamchiliklari bor? 5. Hududingizdagi qanday aksiyadorlik jamiyatlarini bilasiz? 6. Aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini davlat yoki chet el firmalari sotib olishi mumkinmi? 7. Aksiyador jamiyatni boshqarishga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin? 8. Aksiyadorlik jamiyatining katta foyda ko‘rishidan kim ko‘proq manfaatdor: oddiy aksiya egasimi yoki imtiyozli aksiya egasimi? 9. Aksiyadorlik jamiyatining sinishidan kim ko‘proq zarar ko‘radi: oddiy aksiya egasimi yoki imtiyozli aksiya egasimi? Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling