Iqtisodiy bilim asoslari
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sherikchilik firmasi
Korxona
– tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish amalga oshiriladigan xo‘jalik tashkiloti. Firma – tadbirkorlik faoliyati amalga oshiriladigan korxona. Xususiy firma – yakka shaxs mulki asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan firma. Buyuk olim va mutafakkir Abu Rayhon Beruniyning ko‘p sonli asarlarida uning iqtisodiy qarashlari o‘z aksini topgan. U iqtisodiy faoliyat — mehnat, bunyodkorlik, yaratuvchanlik asosida odamning ehtiyojini qondirishga bo‘lgan intilishi yotadi, deb hisoblagan. U o‘zining asarlarida jismoniy mehnat bilan bir paytda aqliy mehnat ham muhim ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha ish haqi mehnatning og‘irligiga va unumdorligiga bog‘liq bo‘lishi kerak. Olimning asarlaridan mehnat taqsimotiga oid fikrlar ham joy olgan. Olim o‘sha davrdayoq iqtisodiyot sohasidagi inson omilining ahamiyati haqida qimmatli fikrlarni bildirgan. Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy (973 – 1048) http:eduportal.uz 14 uchun qo‘shgan mol-mulki va mablag‘i evaziga, u ham yetmasa, o‘z shaxsiy mulki evaziga qoplashga majbur deganidir. Shirkatga qishloq xo‘jaligidagi fermer xo‘jaliklarini misol qilib keltirish mumkin. Sherikchilik firmasi – ikki va undan ortiq shaxslarning (odam yoki korxonalarning) mablag‘lari asosida tashkil qilingan va ma’lum kelishuv shartlari asosida egalik qilinadigan, boshqariladigan va faoliyat natijasiga javob beriladigan firma. Firmaning nizom jamg‘armasi — firma faoliyatini yuritish uchun uning tashkilotchilari tomonidan qo‘shiladigan hissa — mol-mulk va mablag‘. Shirkat – birgalikda faoliyat ko‘rsatish maqsadida ikki va undan ortiq kishilarning mulki asosida tashkil qilingan va faoliyat natijasiga birgalikda to‘la javob beriladigan firma. Ma’lumki, kattaroq miqyosdagi tadbirkorlikni tashkil qilish katta boshlang‘ich mablag‘ni talab qiladi. Buning uchun bir necha shaxslar yoki korxonalarning sherikchilikda ish ko‘rib, mol-mulklarini birlash- tirishlariga to‘g‘ri keladi. Shu maqsadda sherikchilik firmalari tashkil qilinadi. Sherikchilik asosida tuzilgan firmaning tashkilotchilari uning ta’sischilari deb ataladi. Ta’sischilar firmaning boshlang‘ich kapitaliga — nizom jamg‘armasiga o‘z pul mablag‘i va mol-mulki bilan hissa qo‘shadilar. Ta’sischilar firmaning egalari hisoblanib, firmaning kundalik faoliyatida va uni boshqarishda bevosita qatnashmasliklari ham mumkin. Bunday faoliyat natijasidan olinadigan foyda ham, ko‘riladigan zarar ham ta’sischilar o‘rtasida ta’sis shartnomasida ko‘zda tutilgan, ma’lum kelishilgan qoidaga ko‘ra taqsimlanadi. Sherikchilik asosida tuzilgan firmalar faoliyatidan ko‘rilgan zarar ta’sischilar tomonidan qanday qoplanishiga qarab turli xil nomlar bilan yuritiladi. Bunday firmalarning eng ko‘p tarqalgan turi – bu mas’uliyati cheklangan jamiyat ko‘rinishidagi sherikchilik firmasidir. Agar ta’sischi- lar ko‘rilgan zararni faqat firmani tashkil qilishda qo‘shgan hissalari hajmidagina qoplasalar, bunday firma – mas’uliyati cheklangan jamiyat deb ataladi. “Ltd” qo‘shimchasi, inglizcha “limited” (cheklangan) so‘zining qisqartmasi bo‘lib, odatda, mas’uliyati cheklangan jamiyat nomiga qo‘shib yuritiladi. Mas’uliyati cheklanmagan jamiyatning ta’sischi- lari esa ko‘rilgan zararni to‘la hajmda birgalashib qoplashadi. Hatto zarurat tug‘ilganida, o‘z shaxsiy mulklarini sotib bo‘lsa-da, firma zararini qoplaydilar. http:eduportal.uz 15 1. Firmalar qaysi xususiyatlariga qarab turlarga bo‘linadi? 2. Firmaning har bir turiga yashayotgan hududingizdan misol keltiring. 3. Har bir firma turining afzallik va kamchilik tomonlarini sanang. 4. Shirkat va sherikchilik firmasining qanday o‘xshashlik va farqli tomonlari bor? 5. Davlat korxonalari va xususiy firmalar nimasi bilan bir-biridan farq qiladi? 6. Mas’uliyati cheklangan va cheklanmagan firmalar o‘rtasidagi farqni ayting. Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling