Iqtisodiy bilim asoslari


BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!


Download 3.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/119
Sana31.01.2024
Hajmi3.95 Kb.
#1817569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   119
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb

BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
Moliyaviy tadbirkorlik
 — pul va qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi 
bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyati.
Sug‘urta
— turli xil kutilmagan holatlar natijasida yuzaga 
keladigan moliyaviy muammolardan muhofaza qilish faoliyati.
Buni yodda tuting!
• 
Tadbirkorlik faoliyati foyda olishga qaratilgan bo‘lib, u 
tavakkalchilikni taqozo qiladi.
http:eduportal.uz


12
2- MAVZU
FIRMA VA UNING TURLARI
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Rasmlarda tasvirlangan tadbirkorlik faoliyatlaridan qaysilarini tashkil 
qilish qiyinroq? Nima sababdan?
2. Ularning qaysilarini bitta odam o‘zi tashkil qilishi va yuritishi unchalik 
qiyin emas?
3. Qaysilarini sherik bilan hamkorlikda tashkil qilgan ma’qul? 
4. Rasmlardagi korxonalarni yuritish uchun qanday tashkiliy ishlarni 
amalga oshirish zarur, deb o‘ylaysiz?
Ma’lumki, tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayoni korxonalarda 
amalga oshiriladi. Davlat mulki asosida tashkil qilingan korxonalar — davlat 
korxonalari, xususiy mulk asosida tashkil qilingan korxonalar esa xususiy 
korxonalar deb yuritiladi. Shuningdek, davlat va xususiy mulkka asoslangan 
aralash turdagi korxonalar ham bo‘lishi mumkin. 
3
2
1
5
4
6
http:eduportal.uz


13
Tadbirkorlik faoliyati amalga oshiriladigan korxona firma deb ata-
ladi. Firma turli xil tovar va xizmatlarni foyda olish uchun ishlab 
chiqaradi. Firmalar, ko‘pincha, xususiy mulk asosida tashkil qilinadi. 
Firmalar qanday mulk asosida tashkil qilinishi, kim tomonidan qanday 
boshqarilishi, firma foydasi qanday taqsimlanishi va firma faoliyatining 
natijasiga kim va qanday javob berishiga qarab turli shakllarda bo‘ladi.
Xususiy firmaning mulkdori yakka shaxs bo‘lib, firma uning mulki 
va mablag‘i asosida tashkil qilinadi va bevosita shu mulkdor tomonidan 
boshqariladi. Firma faoliyatidan olingan foyda ham, zarar ham faqat 
firma egasiga taalluqli. Firma egasi firma faoliyatining natijasiga to‘la 
javobgar bo‘ladi. 
Ikki va undan ortiq kishilar mulki asosida, birgalikda faoliyat ko‘rsatish 
maqsadida tashkil qilingan firma — shirkat deb ataladi. Shirkat uning 
a’zolari manfaatlariga xizmat qiladi. Shirkatda uni ta’sis etgan a’zolarning 
ishlashlari shart bo‘lib, umumiy faoliyat natijasi — foyda ular orasida 
o‘zaro kelishuvga ko‘ra taqsimlanadi. Shu bilan birga, shirkat a’zolari 
shirkat majburiyatlariga to‘liq javobgar bo‘ladilar. Bu, agar shirkat ishi 
yurishmay, qarzga botib sinsa, qarzni shirkat a’zolari uni tashkil qilish 

Download 3.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling