Iqtisodiy bilim asoslari


BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!


Download 3.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/119
Sana31.01.2024
Hajmi3.95 Kb.
#1817569
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   119
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb

BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
1. Jadvalni daftaringizga ko‘chiring va uning birinchi ustunidagi 
savollarga javoblar asosida jadvalning bo‘sh kataklarini to‘ldiring.
2. a) do‘kon; b) kichik novvoyxona; d) katta qandolat sexi; e) katta 
un zavodini ochmoqchi bo‘lsangiz, firmaning qaysi turini tanlagan 
bo‘lar edingiz?
Firma haqida savollar
Xususiy 
firma
Shirkat
Sherikchilik 
firmasi
a) kim egalik qiladi?
b) mulki qanday shakllanadi?
d) qanday boshqariladi? 
e) foyda qanday taqsimlanadi?
f) faoliyat natijasiga 
javobgarlik mas’uliyati 
qanday?
Topshiriq
Tadbirkorlik faoliyati bilan firma ochmasdan turib ham shug‘ullanish 
mumkin. Buning uchun “Yakka tartibdagi xususiy tadbirkor” degan 
maqomni olish va belgilangan tartibda soliqlarni to‘lab turish kifoya.
Mamlakat iqtisodiyotida boshqa turdagi firmalar ham bo‘lishi mumkin. 
Iqtisodiy shart-sharoitlardan kelib chiqib firma turlari takomillashib
iqtisodiyotga moslashib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotiga 
ko‘ra mamlakatimizda 2019- yil 1- yanvar holatiga ko‘ra faoliyat 
yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 323 mingtani tashkil qiladi. 
Ulardan 72,4 mingtasi xususiy korxonalar, 15,5 mingtasi oilaviy 
korxonalar, 170,2 mingtasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar va 64,9 
mingtasi boshqa korxona va tashkilotlardir. 
http:eduportal.uz


16
AKSIYADORLIK JAMIYATI 
3- MAVZU
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. 1- rasmda aksiyalar tasvirlangan. Ular qanday qog‘ozlar? Bilganlaringizni 
sinfdoshlaringiz bilan o‘rtoqlashing.
2. 2- rasmdagi fond indekslari haqida televideniye orqali berilgan 
ma’lumotlarni eslay olasizmi? Ularning qaysi birini bilasiz va u haqida 
nimalarni ayta olasiz?
3. 3- rasmdagi zavod, 4- rasmdagi bank kabi yirik kompaniyalar faoliyatini 
tashkil qilish va boshqarishda tadbirkorlar qanday qiyinchiliklarga 
duch kelishi mumkin deb o‘ylaysiz?
1
2
3
4
Mas’uliyati cheklangan firmalar yirik korxonalar miqyosida — 
aksiyadorlik jamiyati ko‘rinishida tashkil qilinadi. Aksiyadorlik jamiyati 
boshlang‘ich nizom jamg‘armasi hajmiga teng miqdorda o‘z aksiyalarini 
chiqaradi va sotadi. Bu aksiyani sotib olgan har bir kishi jamiyatning 
aksiyadoriga aylanadi. Jamiyat aksiyadorga har yilgi foydasidan sotib 
olgan aksiyasiga mos ravishda haq — dividend to‘laydi. Aksiyadorlik 
jamiyatini chet ellarda aksiyadorlik kompaniyasi yoki korporatsiyalar deb 
ham atashadi. Agar aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari istalgan shaxsga 
sotilsa, bunday jamiyat ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati deb, agar faqat 
oldindan belgilab qo‘yilgan shaxslar guruhiga (masalan, jamiyatning 
http:eduportal.uz


17
Aksiyalar ikki xil — oddiy va imtiyozli bo‘ladi. Oddiy aksiyalar 
ulardan keladigan daromad — dividendni kafolatlamaydi. Lekin 
aksiyadorlik jamiyati umumiy majlisida ovoz berish huquqini, ya’ni 
boshqaruvda qatnashish huquqini beradi. Imtiyozli aksiyalar esa ulardan 
keladigan har yilgi dividendni aksiya narxining ma’lum foizi miqdorida 
kafolatlaydi. Imtiyozli aksiya egasi aksiyadorlar jamiyatini boshqarishda 
qatnasha olmaydi, chunki u aksiyadorlar umumiy majlisida ovozga ega 
bo‘lmaydi. Aksiyadorlik jamiyati faoliyati bilan bog‘liq muhim masalalarni 
aksiyadorlarning umumiy majlisida saylanadigan direktorlar kengashi hal 
qiladi. Jamiyatni boshqarish esa yollangan menejerlar tomonidan amalga 
oshiriladi.

Download 3.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling