Iqtisodiy bilim asoslari


Download 3.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/119
Sana31.01.2024
Hajmi3.95 Kb.
#1817569
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   119
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb

Firma nizomi
— firmaning ichki va tashqi faoliyatini tartibga 
soluvchi, huquqiy kuchga ega bo‘lgan me’yoriy hujjat.
Firmaning ta’sis shartnomasi
– firma ta’sischilari o‘rtasida
o‘zaro faoliyat yuritish bo‘yicha tuziladigan kelishuv hujjati.
Ta’sis shartnomasi firma ta’sischilari ikki yoki undan ortiq shaxsdan 
iborat bo‘lganda tuziladi. Firmaning ta’sis shartnomasida firmani tashkil 
qilish, faoliyat yurgizish, firmani boshqarish tamoyili va mexanizmlari, 
nizom jamg‘armasining tarkibi va unga qo‘shiladigan ulushlar, firma 
foydasini ta’sischilar o‘rtasida taqsimlash qoidalari, firmaning ichki 
boshqaruv tuzilmalari, firma maqomini o‘zgartirish va uni tugatish bilan 
bog‘liq yo‘l-yo‘riqlar va o‘zaro kelishuvlar o‘z aksini topgan bo‘lishi 
kerak. 
http:eduportal.uz


23
xizmati yo‘lga qo‘yildi. Ushbu xizmat vositasida tadbirkorlarni ro‘yxatga 
olish vaqti 30 minut deb belgilandi. 
Firmaning nomi, tamg‘asi yoki tovar belgisi uning taniqlilik belgilari 
hisoblanadi. Ularni tanlashda firmaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga 
olish lozim. Firmaning tamg‘asi yoki tovar belgisi uning mahsulotlari 
boshqa firma mahsulotlaridan ajralib turishi uchun xizmat qiladi. 
Firmaning tovar belgisi iste’molchilar uchun ham qulaylik yaratadi. Ular 
peshtaxtalardan, reklama va e’lonlardan u yoki bu firmaning mahsulotlarini 
tovar belgilariga qarab tezda ajratib olishadi. Shuningdek, firma o‘z nomi, 
tovar belgisini ham belgilangan tartibda tegishli tashkilotlarda ro‘yxatdan 
o‘tkazishi lozim. Chunki boshqa mavjud firmalarning nomini qo‘yish, 
tovar belgilaridan foydalanish dunyo bo‘yicha taqiqlangan.
Firma ochmoqchi bo‘lgan shaxs Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy 
saytiga kirib o‘zi tanlagan firma nomini zaxiralashtirishi mumkin.
O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishning huquqiy
asoslari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘z aksini topgan. 
Xususan, Konstitutsiyamizning 53- moddasida “Davlat iste’molchilarning 
huquqiy ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat 
qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy 
jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi” deb ta’kidlangan. 
Mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlarga 
yanada ko‘proq imkoniyatlar yaratish, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni rag‘batlantirish maqsadida mamlaktimizda keng qamrovli 
islohotlar amalga oshirilmoqda. So‘nggi yillarda bu borada qator qonunlar, 
Prezidentimizning o‘nlab farmon va qarorlari qabul qilindi. Bular ham 
tadbirkorlikni rivojlantirish uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Respublikamizda ro‘yxatga olingan korxonalar va tashkilotlar soni 
2019- yil 1- yanvar holatiga ko‘ra, qariyb 323.5 mingtani tashkil qildi. 
Bu o‘tgan yilga nisbatan 38 mingtaga (13.3 % ga) ko‘pdir. Shuningdek, 
mamlakatimizdagi chet el kapitali qatnashuvi bilan tashkil qilingan 
korxonalar soni bir yilda 39,3% ga ko‘paygan va 7,8 mingtani tashkil 
qilgan. Bunda eng ko‘p korxonalar Rossiya, Xitoy, Turkiya, Janubiy 
Koreya va Qozog‘iston mamlakatlari kapitali qatnashuvida tashkil 
qilingan.

Download 3.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling