Iqtisodiy bilim asoslari
O‘rtacha xarajat: AC = TC : q
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
O‘rtacha xarajat: AC = TC : q AC — o‘rtacha xarajat; q —
mahsulot miqdori. Ko‘pchilik hollarda, ishlab chiqaruvchini, tadbirkorni ma’lum vaqt davomida ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy miqdori emas, balki bir birlik mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan o‘rtacha xarajat (inglizcha — average cost) qiziqtiradi va u AC harflari bilan belgilanadi. Bu miqdorni ba’zida mahsulotning tannarxi deb ham atashadi. O‘rtacha xarajat miqdori umumiy xarajat miqdorini jami ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bo‘lib topiladi: Masalan, firma bir oy davomida 5000 dona mahsulot ishlab chiqarish uchun 350 000 000 so‘m miqdorida umumiy xarajat qilishni rejalashtirgan bo‘lsin. Unda bir dona mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan o‘rtacha umumiy xarajat 70 000 so‘mni tashkil qiladi.(AC = TC : q = 350 000 000 so‘m : 5000 dona = 70 000 so‘m) Bu ko‘rsatkich tadbirkorga, mazkur holatda mahsulotini 70 000 so‘mdan kam bo‘lmagan narxda sotgan taqdirdagina foyda olib kelishi mumkinligini ko‘rsatib turadi. Ya’ni mahsulotning shartli, ishlab chiqarish narxi 70 000 so‘mga muayyan foyda qo‘shilgandan hosil bo‘lgan miqdorga teng bo‘ladi. Ba’zi hollarda birlik mahsulotga sarflangan o‘rtacha xarajatni, ko‘proq miqdorda mahsulot ishlab chiqarish hisobiga kamaytirishning imkoni topiladi. Lekin mahsulot ishlab chiqarish hajmi ma’lum miqdordan oshgandan so‘ng, har qancha ko‘p ishlab chiqarilmasin, o‘rtacha xarajat pasayish o‘rniga yana orta boradi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmining xuddi shu miqdori firma uchun eng ma’qul ko‘rsatkich hisoblanadi. 1. Firmaning asosiy va aylanma mablag‘larini ta’riflang. 2. Firmaning ichki va tashqi moliyalashtirish manbalarini sanang. 3. Amortizatsiya ajratmasi nima? 4. Xarajat qanday xususiyatiga ko‘ra doimiy yoki o‘zgaruvchan deb ataladi? 5. Novvoyxonaning qanday o‘zgaruvchan va doimiy xarajatlari bor? 6. O‘rtacha xarajat qanday hisoblanadi? 7. Masala: Korxona 400 000 000 so‘m umumiy xarajat qilgan. Uning 38%i o‘zgaruvchan xarajatlardir. Doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarini toping. Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling