35
Firma faoliyatining samaradorligi
— firmaning muayyan davrda
olgan foydasi miqdorining shu davrda sarflangan jami xarajatlari
miqdoriga nisbati.
Ma’lumki, korxona mahsulot ishlab chiqaradimi, yo‘qmi, u ma’lum
xarajatlar uchun mablag‘ sarflashga majbur. Shu bois, korxonada ishlab
chiqarish jarayonining to‘xtashi vaqt o‘tgan sari uning qarzga botishiga
olib keladi. Qarzlar o‘sib shu darajaga boradiki, natijada, korxona bu
qarzlarni to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmay qoladi. Bunday holatlarda
korxona bankrot (“sindi”) deb e’lon qilinadi. Korxonaga tegishli mol-
mulk sotuvga, odatda, kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Sotishdan tushgan
pullar davlat va boshqa firmalar oldidagi qarzlarni qoplashga ishlatiladi.
Respublikamizda “Bankrotlik to‘g‘risida”gi qonun 1994- yilda qabul
qilingan va unga bir necha marta o‘zgartirishlar kiritilgan. Unda qarzlarini
to‘lashga qodir bo‘lmagan korxonalarni “bankrot” deb e’lon qilish yo‘l-
yo‘riqlari belgilangan.
Korxonalar, firmalar ta’sischilar kengashi qaroriga ko‘ra yoki bankrot
deb e’lon qilingan taqdirda tugatilishi mumkin. Firmalarni tugatish
firma nizomida va amaldagi qonunlarda ko‘zda tutilgan yo‘l-yo‘riqlar
asosida amalga oshiriladi. Korxona tugatilayotgan paytda, uning davlat
va boshqa firmalar hamda tashkilotlar oldidagi qarzlari to‘langandan
so‘ng, qolgan mol-mulk va pul mablag‘lari ta’sischilar o‘rtasida korxona
nizomida ko‘zda tutilgan tartibda taqsimlanadi. Korxona shahar (tuman)
hokimligi tomonidan tugatilishi haqidagi qaror chiqqandan keyingina
tugatilgan hisoblanadi.
Bankrotlik
– firmaning o‘z xodimlari, boshqa fuqarolar, firmalar
va davlat oldidagi qarzlarini to‘lay olmaslik holati.
1. Firma foydasining real miqdori nima? U qanday hisoblanadi?
2. Firma faoliyati natijasining tahlili nima uchun kerak bo‘ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |